Kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti




Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/209
Sana25.12.2023
Hajmi11,41 Mb.
#128215
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   209
Bog'liq
Internet tarmoqlari va xizmatlari (1)

16.3.4. TCP segment tuzilmasi. 
 
TCP-segmenti (
16.6-rasm
) ma’lumotlar maydoni va bir nechta bosh sarlavha 
maydonlaridan tashkil topgan. Ma’lumotlar maydoni fragment maydonini ushlab, 
jarayonlar o‘rtasida uzatiladi. Oldin ko‘rsatilganidek, ma’lumot maydoni o‘lchami 
chegaralangan kattalikdir. Qachonki, protokol katta faylni uzatayotganida (misol 
uchun, tasvir, web-sahifa qismi) qoidaga asosan ma’lumotni MSS o‘lchamida 
fragmentlarga bo‘ladi ( faqat oxirgi fragmentni emas, chunki odatda kichik 
o‘lchovda bo‘ladi). 
16.6- rasm. TCP segmentining tuzilishi. 


193 
TCP-segmenti 
(16.6-rasm
) ma’lumotlar maydoni va bir nechta bosh sarlavha 
maydonlaridan tashkil topgan. Ma’lumotlar maydoni fragment maydonini ushlab, 
jarayonlar o‘rtasida uzatiladi. 
UDP protokoliga o‘xshagan, TCP bosh sarlavhasi o‘z ichiga uzatuvchining 
porti va qabul qiluvchini raqamini olib, bu belgilangan ma’lumotni multiplekslash 
va demultiplekslash jarayoni, hamda maydon nazorat yig‘indisini o‘z ichiga oladi. 
Bundan tashqari TCP-segment ichiga ba’zi bir maydonlar kiradi bular: 

32-razryadli maydon tartib raqami va tasdiqlovchi raqamli-ma’lumotlarni 
ishonchli yuborish uchun kerak. 

16-razryadli qabul darchasi, ma’lumotlar oqimni boshqarish uchun kerak 
bo‘lib, bayt sonini ushlagan holda, qabul qiluvchi tomoni qabul qilish 
imkoniyatiga ega. 

4-razryadli maydon, , bunda bosh sarlovha uzunligi TCP-bosh sarlovhani 
uzunligini belgilaydi, 32-razryadli so‘zdan tashkil topgan. 
TCP-bosh sarlavhasi o‘zgaruvchan bo‘lib, odatda bosh sarlovha uzunligi 20 baytni 
tashkil etadi. 
Majbursiz maydon parametri shunday holatda ishlatiladiki, qachon uzatuvchi va 
qabul qiluvchi tomon “kelishilsa” segmentning maksimal o‘lchoviga, yoki yuqori 
tezlikdagi tarmoq darchasini masshtablaydi. Bayroq maydoni 6 bitdan tashkil 
topgan. Bitni tasdiqlanishi shuni ko‘rsatadiki, uning qiymati tasdiq ichida to‘g‘ri 
ekanligini. SYN va FIN bitlar ulashni o‘rnatilishi va uning tugatilishida 
foydalaniladi. O‘rnatuvchi PSH shuni ko‘rsatadiki, ushbu segment shartli ravishda 
yuqori sathda uzatilishi kerakligini, qabul qiluvchi tomon zudlik bilan qabul qilishi 
kerakligini, oxirgi, URG bit shuni ko‘rsatadiki, segmentda ma’lumot borligini va u 
yuqori sathda “tezlik” usuli bilan joylashganligini bildiradi. 
TCP-segmentining bosh sarlavhasida maydonning tartib raqami va 
tasdiqlovchi raqam eng asosiy hisoblanib, bu asosiy xizmat funksiyasini bajarish 


194 
roli bo‘lib, ma’lumotni ishonchli uzatishda qo‘llaniladi.TCP protokoli 
ma’lumotlarni tuzilmasi tashkil topmagan, tartibli baytlar oqimi deb ko‘radi. TCP- 
segmentini tartib raqamini belgilamaydi, u har bir yuborgan baytni belgilaydi. 
Bundan kelib chiqqan holda, segmentni tartib raqami bu segmentning birinchi 
baytining tartib raqami hisoblanadi. 
Endi keyingi misolni ko‘rib chiqamiz. Faraz qilaylik, “A” xost TCP-ulanish 
orqali “V” xostga ma’lumotlar oqimini yuborishni hohlaydi. TCP protokoli uzatish 
tomonida har bir bayt oqimini noaniq raqamlaydi. Misol uchun uzatilayotgan fayl 
o‘lchovi 500000 bayt bo‘lsa, MSS kattaligi 1000 bayt va oqimning birinchi bayti 
tartib raqami 0 bo‘ladi. 
16.7 rasmda 
ko‘rsatilgandek TCP ma’lumot oqimini 500 
segmentga bo‘ladi. Birinchi segmentga tartib raqami “0” belgilaydi, ikkinchi 
segmentni-1000 raqami, uchunchi segment-2000 raqam va .h.k. Har bir TCP 
segmentga maydonning tartib raqami va unga ketma-ketlik raqami kiritiladi.
16.7-rasm
. TCP-segmentida ma’lumotlar faylini bo‘linishi. 
Endi tasdiqlovchi raqamni ko‘rib chiqamiz. Yodingizda bo’lsa, TCP 
protokoli ma’lumotlarni dupleks uzatilishni ta’minlay olishini, ya’ni yagona TCP 
ulanish, ma’lumotlarni “A” va “V” xostlar orsida bir vaqtni o‘zida ikki tomonga 
uzata olishini ta’kidlab o’tgan edik.


195 
Endi keyingi misolni ko‘rib chiqamiz. Faraz qilaylik, “A” xost “V” xostdan 
yuborilgan barcha baytlarni “0” raqamidan 535 raqamigacha qabul qildi, va “V” 
xostga yuborish uchun segmentlarni tashkillashtiradi. “A” xost kutadiki, keyingi 
bayt “V” xost tomonidan yuborilgan tartib raqami 536 dan boshlanadi va 536 
raqamni maydon raqami ekanligini, o‘zining segmentiga tasdiqlaydi. 
Endi boshqa holatni ko‘ramiz. Faraz qilaylik “A” xost “V” xostdan ikkita 
segmentni qabul qildi, birinchi segment tartib raqami 0 dan 535 baytni, ikkinchi 
segment bayt raqami 900 dan 1000 gacha. Bu degani, qanday qilib bo‘lsa ham 536 
dan 899 raqamli bayt “A” xostga qabul qilinmaydi. Bu holatda “A” xost kelmagan 
baytni kutadi va o‘zining tasdiqlovchi segmentiga tartib raqami 536 baytni kiritadi. 
Chunki TCP qabul qilingan ma’lumotlar ichidan birinchi bayt yo‘qligini aniqlashi 
bilan uni tasdiqlaydi, bu esa umumiy tasdiqlanishni qo‘llab quvatlaydi. 
Oxirgi misol, TCP protokolini ishlashi juda zarur funksiya ekanligini 
bildiradi. Uchinchi segment (900-1000 baytni ushlovchi) “A” xostda oldin qabul 
qilgan, ikkinchidan oldin (536-899 baytni) aniqroq ma’lumotlar ketma-ketligini 
buzganligi. Savol tug‘iladi: bunday holda TCP protokoli bunday hatolikka qanday 
sezish (reaksiya) qiladi? Ma’lum bo‘ldiki, protokol tasnifini dasturchilar taklif etib, 
buni amalga oshiruvchi TCP, bu masalani to‘liq erkinlik bilan hal etadi. Bu 
holatda ikki xil asosiy yondashuv bo‘lib: qabul qiluvchi tomon zudlik bilan 
segmentni tan olmasligi, ma’lumotlar ketma-ketligini buzganligi uchun qabul 
qilgan segmentni saqlab turadi, qachonki kerakli ma’lumotlarni olmaguncha. 
Birinchi yondashuv dasturlashni soddalashtirib, bu vaqtda ikkinchi yondashuv
aloqa simidan foydalanish samaradorligini oshiradi. 
16.7- rasmda 
birinchi tartib raqam bilan “0” turibdi, ammo tajribada TCP 
protokol tomoni o‘zi ixtiyoriy sonni tanlaydi. Bu shuni tushuntiradiki, tarmoqda 
segmentni yurish ehtimolini juda kamaytirish kerakligini, ya’ni minimizatsiya 
holatga keltirish, qaysiki shakllashtirilgan boshqa TCP-ulanish, ya’ni bu ikki xost 
orasida, qaysi biridan biriga xatolik tegishliligini, bor TCP-ulanishiga tushunish 


196 
mumkin. Belgilash kerakki, bor ulanish bor raqamni ushbu port uchun ham 
ishlatilishi mumkinligini, yoki oldingisiga ham tegishligini bildiradi. 

Download 11,41 Mb.
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   209




Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti

Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish