223
mansub. Bunda X1 xost BSS1 dan BSS2 ga ko’chib o’tganda o’zining
IP adresi
bilan birgalikda TCP ulanishni ham saqlab qoladi. Agar bog’lovchi qurilma
marshrutizator bo’lganda edi, boshqa tarmoq ostiga o’tganda boshqa IP adres
olgan bo’lar edi. IP adresning o’zgarishi har qanday TCP ulanishni o’z-o’zidan
uzadi.
17.8-rasm. Yagona tarmoq osti doirasida
mobillik
Xost X1 BSS1 dan BSS2 ga ko’chib o’tganda qanday jarayonlar yuz beradi?
Xost X1 BSS1 dan uzoqlasha boshlaganda signal kuchsizlanganligini sezadi va
boshqa kuchliroq signalni izlashga tushadi. X1 xost kirish nuqtasi 2 (AP 2) dan
signal kadrlarini qabul qila boshlaydi (ko’pchilik universitet va kompaniylar
tarmoqlarida AP1 va AP2 ning SSID si bir xil bo’ladi). Shundan so’ng X1 AP1
bilan bog’lanishni uzadi va AP2
ga ulanadi, bunda o’zining IP adresi va TCP
ulanishini saqlab qoladi.
Yuqorida keltirilgan misol xost va kirish nuqtasi tomondan olingan
muammoni hal qiladi. Lekin 17.8-rasmda kommutator o’rnida
marshrutizator
bo’lganda nima bo’ladi? Qanday qilib u xost bir kirish nuqtasida n boshqasiga
o’tganini aniqlaydi? 5-bobda o’rganganimizni eslaydigan bo’lsak, kommutatorlar
avtomatik ravishda peradresatsiya jadvalini tuzishi mumkinligini bilamiz. Bu
funksiya tasodifiy ko’chishlarni aniqlash imkonini beradi (masalan biror ishchi bir
224
bo’limdan boshqa bo’limga o’tgan holatda). Ammo kommutatorlar boshqa BSSga
o’tganda TCP ulanishni saqlab qoladigan yuqori mobil foydalanuvchilarni qo’llab
quvvatlay olmaydi. Muammoni hal qilishda, ko’chishni amalga oshirishdan oldin
kommutatorning pereadresatsiya jadvalida X1 ga ulanish imkonini beradigan MAC
adres bor. Agar X1 stansiya avvaldan BSS1 da bo’lgan bo’lsa, datagramma kirish
nuqtasi orqali X1 ga jo’natiladi. Ammo X1 stansiya BSS2 bilan bog’langandan
so’ng, uning hamma kadrlari kirish nuqtasi 2 ga yo’naltirilishi kerak.
Bu yerdagi
yechimlardan biri sifatida kirish nuqtasi 2 ga ulanish o’rnatilganidan keyin X1
adresi yozilgan Ethernet kadrini broadcast tarzda jo’natish bo’lishi mumkin.
Kommutator bu kadrni olganidan keyin o’zining pereadresatsiya jadvalini
yangilaydi va X1 stansiya kirish nuqtasi 2 orqali ulanish imkonini beradi. 802.11f
standarti ustida ishlayotgan guruh ulanish nuqtalarining o’zaro aloqasi orqali
mazkur muammoni hal qilish yo’llarini izlamoqda.