228
yo’rug’ligini o’lchaydigan, xavfsizlikni ta’minlaydigan,
sikl intervali kichik
bo’lgan, energiya sarflamaydigan, oddiy qurilmalar. Shunday qilib Zigbee shunday
qurilmalarga mos keladi. Zigbee tarmog’ining ma’lumot uzatish tezligi ishchi
chastotaga bo’gliq ravishda 20, 40, 100 va 250 Kbit/s bo’lishi mumkin.
Zigbee tarmog’i uzellari 2 turga bo’linadi. “Yarim-funksional” qurilmalar
“to’liq-funksional” qurilmaning nazorati ostida ishlaydi. Bu xuddi Bluetooth
tarmog’idagiga o’xshaydi, to’liq-funksional qurilma Bluetooth tarmog’idagi
“boshlovchi” qurilmaning vazifasini bajaradi. Bundan tashqari Zigbee tarmog’iga
bir nechta to’liq-funksional qurilmalar ulanishi
va ular bir-biri bilan kadr
almashinishi mumkin. Zigbee tarmo’gida biz oldin kanal pog’onasining boshqa
protokollarida duch kelgan bir nechta mexanizmlar ishlaydi:
signal kadrlari va
kanal pog’onasi tasdig’i (802.11 tarmoqdagi), kanal holatini analiz qiluvchi va
ikkilik ekponensial kechikishli ko’p martali ixtiyoriy ulanish protokollari (Ethernet
va 802.11 tarmoqlaridagi kabi), shuningdek, vaqt oraliqlarini rezervlash (DOCSIS
texnologiyasidagi kabi) mexanizmlari.
17.10-rasm. Zigbee 802.14.4 protokoli superkadri tuzilishi
Zigbee tarmoqlarini ko’plab usulda konfigutarsiya qilish mumkin. Endi bitta
misol ko’ramiz. Tarmoqda bitta to’liq-funksional qurilma vaqt oraliqlariga bo’lish
yo’i bilan va signal kadrlari orqali bir nechta yarim-funksional qurilmalarni nazorat
qilsin. Zigbee tarmoq vaqt oralig’ini recurrent superfreymlarga bo’lib oladi (17.10-
rasm). Har bir superfreym signal kadridan boshlanadi.
Har bir signal kadri
superfreymni aktiv (bu oraliqda ma’lumot uzatishi mumkin) va aktiv bo’lmagan
(bu oraliqda hamma qurilmalar, shuningdek, kontroller ham uyqu rejimiga o’tadi)
229
oraliqlarga bo’ladi. Aktiv vaqt 16 ta vaqt oralig’iga bo’linadi, ularning bir nechtasi
CSMA/CA texnologiyasi tasodifiy ulanish uchun ishlatiladi. Boshqa vaqt oraliqlari
aniq qurilmalar uchun band qilib qo’yiladi, bu orqali qurilmalarga aloqa kanaliga
ulanishni kafolatlab qo’yadi. Zigbee tarmog’i haqidagi ko’proq ma’lumotni IEEE
802.15.4 spesifikatsiyasidan olishingiz mumkin.