Kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti




Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/209
Sana25.12.2023
Hajmi11,41 Mb.
#128215
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   209
Bog'liq
Internet tarmoqlari va xizmatlari (1)

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


230 
 
 
 
18-BOB. Uyali radio aloqa tarmog’i orqali internetga ulanish 
 
18.1. Uyali radio aloqa tarmog’i arxitekturasining tavsifi 
 
Bugungi kunda uyali telefoniya dunyoning barcha burchaklarida juda keng 
tarqalganini e’tiborga olsak, uyali tarmoqlari nafaqat tovushli telefoniyani 
ta’minlab qolmasdan, uni Internetga simsiz ulanishni ta’minlash bilan to’ldirish 
istagi tabiiy bo’ladi. Idealda, Internetga ulanishning bunday varianti yetarlicha 
yuqori tezlikli va foydalanuvchilarga kengliklarda harakatlanayotganda, masalan, 
avtobusda ketayotganda, ularga faol TCP-ulanishni saqlagan xolda, so’zsiz 
mobillikni taqdim etadi. Kirish va chiqish yo’nalishlarida ma’lumotlar uzatishning 
yuqori tezligiga ega bo’lgan bunday tarmoqlar, xattoki foydalanuvchilarning 
doimiy harakatida ham videokonferensiyani qo’llashi mumkin. Bunda ssenariy 
juda ham nozik emas. 2012 yil ma’lumotlariga ko’ra, AQSh dagi uyali aloqa 
operatorlarning ko’pchiligi o’z abonentlariga Internetga ulanish xizmatlarini 
sekundiga yuzlab kilobit tezlikda 50 dollar va undan past narxda uyali aloqa 
yordamida taqdim etmoqda. Biz bu bo’limda sekundiga bir necha megabit tezlikka 
yetishish imkoniyatini beradigan, Internetga keng polosali ulanish xizmatli uyali 
tarmoqlarni ko’rib chiqamiz, bundan tashqari, bunday tarmoqlar juda ham keng 
tarqalmoqda.
Bu bo’limda biz qisqacha uyali aloqa yordamida xozirda foydalanilayotgan 
va endi yaratilayotgan Internetga ulanish texnologiyalarini ko’rib chiqamiz. Biz 
diqqatimizni tarmoqning nafaqat birlamchi, simsiz, tranzit uchastkalariga, 
shuningdek simsiz tranzit uchastkani katta telefon tarmog’iga va/yoki uni 
Internetga ulantirilishini qaratamiz. 6.7 bo’limda biz foydalanuvchi joyini bitta 
bazaviy stansiyadan boshqasiga o’zgartirish sharoitida telefon chaqiriqlarni 


231 
marshrutlash masalalari ustida fikr yuritamiz. Bizning qisqa muhokamamiz albatta 
faqat uyali aloqa texnologiyalarning soddalashtirilgan yuqori darajadagi tavsifini 
qamraydi. Shubxasiz, zamonaviy uyali aloqa katta kenglik va chuqurlikka ega, va 
u ko’pgina universitetlarda bir nechta fanlar kesimida o’qitiladi.
Uyali aloqa tarmoqlari arxitekturasini tavsiflashda biz mobil aloqaning 
global tizimi (Global System for Mobile Communications, GSM) standartlarida 
qo’llanadigan terminologiyadan foydalanamiz. Tarixiy adolatlik maqsadida GSM 
abbreviaturasi, g’arbiy mamlakatlarda ingliz tiliga yaqin bo’lgan termin qo’llana 
boshlanishidan avval, GSM abbreviaturasidagi harflarni saqlash imkonini bergan, 
dastlab Groupe Special Mobile deb atalganini belgilash lozim. 
1980 yillarda, yevropaliklar raqamli uyali aloqaning umumevropa yagona 
tizimini yaratish zarurligini anglashdi, u bir-biri bilan qo’shila olmaydigan ko’p 
sonli analog tizimlarni almashtirishi lozim edi, bu esa xususan GSM standarti 
paydo bo’lishiga olib keldi. 1990 yillar boshida yevropaliklarga birinchi GSM 
tarmoqlarini muvaffaqiyatli ishga tushirdilar, va shu paytdan bu standart uyali 
aloqa dunyosining ko’p tonnali baxaybat King-Kongiga aylandi: unga dunyodagi 
barcha uyali aloqaning 80% dan ortiq abonentlari mansubdir. 
Uyali aloqa texnologiyasi to’g’risida gapirilganda, ularni odatda u yoki bu 
«avlod» ga tegishliligi bo’yicha taqsimlashadi. Uyali aloqa tizimining birinchi 
avlodi asosan tovush trafigini ta’minlash uchun yaratildi. Birinchi avlod (1G) 
tizimlari, faqat tovushli aloqa uchun ishlab chiqilgan FDMA tarmog’i edi. Bunday 
1G tizimlar hozirda amalda uchratilmaydi: ular raqamli tizimlarning 2G avlodi 
bilan almashtirilgan. Dastlab ikkinchi avlod uyali aloqa tizimlari ham faqat 
tovushli aloqa uchun yaratilgan, lekin keyinchalik ular tovushni uzatish 
xizmatlariga kirishni saqlagan xolda, ma’lumotlar almashinish (masalan, Internetga 
kirish) xizmatlarini taqdim etish uchun kengaytirildi (2,5G). Xozirgi kunda 
dunyoda 3G avlod tarmoqlari rivojlantirilmoqda, ular foydalanuvchilarga tovush 
va ma’lumotlar xizmatlarini taqdim etadi, lekin bunday tarmoqlarda ma’lumotlarni 


232 
uzatishning roli doimo ortib bormoqda, bu xolda radio aloqa kanallari yuqori 
yanada yuqori tezliklarni taqdim etmoqda. 
“Uyali” degan atama, uyali aloqa tarmog’i qoplaydigan soxa, sota deb 
ataladigan, yana bir nechta zonalarga ajratilishini anglatadi, -ular 18.1-rasmning 
chap tarafida oltiburchaklar ko’rinishida tasvirlangan. 802.11 Wi-Fi standartiga 
o’xshash, GSM tarmorqlarida xususiy, faqat shunday ko’rinishdagi tarmoqqa 
o’ziga mos nomenklatura mavjud. Tarmoqning har bir sotasida, sotadagi mobil 
stansiyalardan qabul qiluvchi va bu mobil stansiyalarga o’z signallarini 
yuboradigan qabul qilib uzatuvchi stansiya (BTS) mavjud. Sotaning qamrov 
maydoni juda ko’p omillar to’plamiga bog’liq, jumladan BTS uzatgichi quvvatiga, 
abonent qurilmalarining uzatgichlari quvvatiga, sotada xalaqit beradigan binolar 
mavjudligi, shuningdek bazaviy stansiya antennalarining balandligiga bog’liq. 
18.1-rasmda bazaviy transiver stansiya har bir sotaning markazida tasvirlangan 
bo’lsada, xozirgi vaqtda BTS uchta sotaning kesishida shunday joylashadiki, 
bunda yo’naltirilgan antennali bitta BTS bir vaqtda uchta sotaga xizmat ko’rsatishi 
mumkin. 
2G avlod tarmoqlarining GSM standarti xavo interfeysi uchun chastotali va 
vaqtli multipleksorlash FDM/TDM (radio) texnologiyalari birgaligini taxmin 
qiladi. 
1-bo’limdagi 
matnni esga tushiring, faqat FDM (chastotali 
multipleksorlash) texnologiyasidan foydalanishda aloqa kanali turli chastotaviy 
diapazonlarni ifodalovchi segmentlarga ajratiladi, bunda bitta tovushli chaqiruvni 
amalga oshirish uchun bitta chastota ajratiladi. Shuningdek 1-bo’limdan eslaymiz, 
faqat TDM (vaqtli multipleksorlash) texnologiyasidan foydalanishda vaqt 
freymlarga bo’linadi, har bir freymlar esa qo’shimcha xolda oraliqlarga (slotlarga) 
bo’linadi, bu xolda har amalga oshirilayotgan chaqiruvga davriy freymdan aniq 
vaqtli oraliq belgilanadi. Chastotali va vaqtli multipleksorlash texnologiyalari 
birgaligida aloqa kanali bir nechta chastotalarga bo’linadi, bu xolda kanalning har 
bir ajratilgan chastotasining vaqti ayrim freymlarga, so’ngra esa oraliqlarga 
(slotlarga) ajratiladi. Shuning uchun FDM va TDM texnologiyalari birgaligidagi 


233 
tizimlar xolatida, agar kanal F chastotalarga, vaqt esa T oraliqlarga bo’linsa, u 
xolda aloqa kanali FxT ga teng sondagi chaqiruvlarni bir vaqtda qo’llay oladi. 
Shuningdek 5.3.4-bo’limdan eslang, kabelli tarmoqlarda ham chastotali va vaqtli 
multipleksorlashga FDM/TDM birgalikda yondashish qo’llanadi. GSM tizimlarida 
200 kGs bo’yicha chastotalar ajratiladi, bunda har bir chastota vaqtli 
multipleksorlangan sakkizta chaqiruvni qo’llaydi. GSM tarmog’i bo’yicha 
uzatiladigan nutq, 13 va 12,2 kbit/s tezliklarga kodlanadi. 
18.1-rasm. 2G avlod GSM tarmog’i arxitekturasining komponentlari 
GSM tarmog’ining bazaviy stansiya kontrolleri (BSK), odatda, bir nechta 
o’nlab bazaviy transiver stansiyalarga bir vaqtda xizmat ko’rsatadi. BSK roli BTS 
radiokanalini mobil abonentlarga ajratish, pelengni bajarish (masalan, kerakli 
abonent tarmog’ining qaysi sotasida ekanligini aniqlash), shunindek mobil 
abonentning uzatishini ta’minlash (bu mavzuni biz tezda 6.7.2-bo’limda 
muxokama qilamiz). Bazaviy stansiyaning kontrollerlar to’plami va ular 
boshqaradigan bazaviy transiver stansiyalar bazaviy stansiyalar tizimini (BST) 
ifodalaydi. 


234 
Biz 
6.7-bo’limda, 

Download 11,41 Mb.
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   209




Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti

Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish