802.11 da qo’shimcha funksiyalar




Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/209
Sana25.12.2023
Hajmi11,41 Mb.
#128215
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   209
Bog'liq
Internet tarmoqlari va xizmatlari (1)

17.5. 802.11 da qo’shimcha funksiyalar 
 
Biz 802.11 texnologiyasi haqidagi muhokamamizni undagi ikkita 
qo’shimcha funksiyalarni izohlash bilan tugatamiz. Bu funksiyalar 802.11 standarti 
spesifikatsiyalarida to’liq yoritilmagan, lekin ular spesifikatsiyaga qo’shilgan 
boshqa mexanizmlar sababli mavjud. Bu ishlab chiqaruvchilarga mazkur 
funksiyalarning o’zlari xohlagan usulda rivojlantirishi imkonini yaratadi, bu esa 
raqobatni oshiradi. 
Ma’lumotlar uzatish tezligini moslashtirish. Tasavvur qilaylik, 802.11 
tarmoq harakatdagi foydalanuvchisi bazaviy stansiyadan 20 metr uzoqlikda signal-
shovqin nisbati yuqori bo’lgan joyda turibdi. Yuqori signal-shovqin (SNR) 
qiymatida foydalanuvchi fizik pog’ona modulyatsiya texnikalaridan foydalanib
kam bit xatoliklar bilan yuqori uzatish tezligiga erishishi mumkin. Tasuvvur 
qilaylik, foydalanuvchi uzoqlasha boshladi, bunda signal-shovqin (SNR) 
ko’rsatkichi tusha boshlaydi. Bunday holatda 802.11 texnologiyasida signal 


225 
modulyatsiya texnikasi o’zgarmaydi, signal-shovqin ko’rsatkichining o’zgarishi 
hisobiga bit xatoliklar ko’payadi, kadrlar noto’g’ri qabul qilishni boshlaydi.
Shu sababdan 802.11 texnologiyasida kanalning holatiga bo’gliq ravishda 
modulyatsiya turini o’zgartirib, tezlikni moslashtirish funksiyasi qo’shilgan. Agar 
uzel ikkita kadrni ketma-ket uzatib tasdiq olmasa, bunda tezlik keyingi quyi 
ko’rsatgichgacha pasaytiriladi. Agar oxirgi 10 ta kadr uzatilganligi to’grisida tasdiq 
kelsa, bu holatda taymerda belgilangan pasaytirish vaqti tugatiladi va tezlik 
keyinggi yuqori ko’rsatgichgacha oshiriladi.Tezlikni moslashtirish texnikasi TCP 
ning yuklama nazorati (congestion control) prinsipi bilan bir xil. Tezlikni 
moslashtirishning boshqa bir necha usullari ham keltirib o’tilgan. 
Manbani boshqarish. Mobil qurilmalar uchun elektr ta’minoti juda muhim 
resurs hisoblanadi. Shu sababdan 802.11 protokoli elektr manbani boshqarish 
imkoniyatini beradi. Bunda kanalni tekshiruvchi funksiyalar, ma’lumotlar uzatish 
va qabul qilish, boshqa elektr qurilmalarning yonish vaqti minimal darajada 
kamaytirilgan. Manbani boshqarish quyidagicha amalga oshiriladi. Uzel uyqu va 
ish rejimiga o’tishi mumkin. Uzel o’zining uyqu rejimiga o’tishi haqidagi xabar 
kadrning mos sarlavhasiga 1 ni yozib ma’lum qiladi. Shundan keyin taymer kirish 
nuqtasi unga rejlashtirilgan kadrni uzatishdan (kirish nuqtasi har 100 mks da kadr 
uzatadi) oldin uyg’otadigan qilib vaqt belgilaydi. Kadrda yozilgan bit sababli
kirish nuqtasi uzel uyqu rejimiga o’tganligini biladi va unga kadr jo’natmaydi. 
Buning o’rniga kadrlarni buferlaydi va keyinroq unga uzatadi.
Uzel kirish nuqtasi unga kadr jo’natmasdan oldin uyg’onadi va juda tez (250 
mks) ish rejimiga o’tadi. Kirish nuqtasida n uzatilgan signal kadri buferdan 
kadrlari saqlangan uzellar ro’yxatini olib keladi. Agar uzelning buferda kadrlari 
bo’lmasa, uzel yana uyqu rejimiga qaytadi. Boshqa holatda uzel so’rov xabarini 
(polling message) yuborib, buferlangan kadrlarni so’raydi. Signal kadrlarini 
uzatish uchun 100 mks, uyg’onishga 250 mks, xuddi shuncha vaqt buferdagi 
kadrlarni tekshirishga ketadigan bo’lsa, uzel ish vaqtining 99 foizida uyqu rejimida 
qolishi mumkin. Bu esa o’z navbatida energiya sarfini anchagina kamaytiradi. 


226 

Download 11,41 Mb.
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   209




Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish