213
pog’onasida tasdiq/qayta uzatish (ARQ) sxemasidan foydalaniladi. Quyida biz
802.11 protokolining to’qnashuvlarni oldini olish va kanal pog’onasidagi
tasdiq
sxemalarini ko’rib chiqamiz.
Ethernet va to’qnashuvlarni aniqlash algoritmi aloqa kanalining parametrlarini
analiz qiladi. Agar bir stansiya ma’lumot uzatayotgan vaqtda boshqa stansiya ham
ma’lumot uzatayotgan bo’lsa bizning stansiya ma’lumot uzatishni to’xtatib turadi
va ixtiyoriy kichik vaqtdan so’ng yana uzatib ko’radi. 802.3 Ethernet protokolidan
farqli ravishda, 802.11 MAC protokoli to’qnashuvlarni
aniqlash algoritmlaridan
foydalanmaydi. Bunga 2 ta asosiy sabab bor:
To’qnashuvlarni aniqlash qobiliyati ma’lumotlarni bir vaqtning o’zida
uzatish hamda qabul qilish imkoniyatini beradi. Qabul qilinuvchi signal
uzatiluvchi
signalga
qaraganda
anchagina
kuchsiz.
Shu
sababli
to’qnashuvlarni aniqlovchi qurilmaning qo’shish iqtisodiy jihatdan
qimmatga tushadi.
Agarda adapter bir vaqtda ma’lumot uzatib
qabul qilgan taqdirda ham,
bunday adapter barcha to’qnashuvlarni yashirin ma’lumot uzatuvchi hamda
signal so’nishi muammolari sababli aniqlay olmagan bo’lar edi.
802.11 simsiz lokal tarmoqlari to’qnashuvlarni aniqlamaganligi uchun
stansiya ma’lumotlar kadrini to’laligicha uzatadi. Boshqacha qilib aytganda
stansiya ishga tushgandan keyin ortga yo’l yo’q. Ko’pchilik
taxmin qilganidek,
kadrlarni uzatishda (asosan uzun bo’lgan kadrlarni) signal buzilish ehtimolligi
oshib, protokol unumdorligi kamayadi. To’qnashuv ehtimolligini kamaytirish
uchun bir nechta texnologiyalar qo’llaniladi. Bularni biz yaqinda ko’rib o’tamiz.
To’qnashuvlarni oldini olishni
muhokama qilishdan oldin, 802.11
tarmoqlarda kanal pog’onasining tasdiqlash sxemasini ko’rib o’tamiz. simsiz lokal
tarmoqqa ulangan stansiya uzatgan kadr bir nechta sabablarga ko’ra manzilga yetib
bormasligi mumkin. Omadsiz uzatishlarni to’g’rilash maqsadida 802.11 MAC
protokoli kanal pog’onasida tasdiqlashni qo’llaydi. 17.-rasmda ko’rsatilganidek,
stansiya signalni qabul qiladi, davriy nazorat kodi bilan uni tekshiradi (CRC),
214
undan so’ng ozgina vaqt –
qisqa kadrlararo oraliq vaqt kutadi
(Short Inter-frame