Kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti




Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/209
Sana25.12.2023
Hajmi11,41 Mb.
#128215
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   209
Bog'liq
Internet tarmoqlari va xizmatlari (1)

Spacing-SIFS), keyin esa tasdiq kadrini jo’natadi. Agar uzatuvchi stansiya 
belgilangan vaqt oralig’ida tasdiqni olmasa, qandaydir xatolik ro’y bergan deb 
hisoblaydi va CSMA/CA protokolini qo’llab, kadrni qayta jo’natadi. Agarda yana 
bir nechta urinishdan so’ng ham tasdiq kelmasa, stansiya urinishlarni to’xtatadi va 
kadrni tashlab yuboradi. 
802.11 tarmoqlarda kanal pog’onasi tasdig’ini muhokama qilib bo’ldik. Biz 
802.11 CSMA/CA protokolini tushuntirishga tayyormiz. Tassavvur qilaylik 
stansiya (simsiz yoki AP bo’lishi mumkin) kadr uzatishga tayyor:
1. Agar birinchi tekshiruvda stansiya kanalning bo’shligini aniqlasa, kadr 
uzatish qisqa oraliq vaqtdan –taqsimlangan kadrlararo vaqtdan (Distributed 
Inter-frame Space-DIFS) so’ng boshlanadi (17.3-rasm).
2. Boshqa holda stansiya ixtiyoriy vaqt oralig’ini binar eksponensial algoritm 
qo’llagan holda belgilaydi. Kanal band bo’lsa, hisob yuritilmaydi. 
3. Hisob nolga teng bo’lsa (bu hol faqatgina kanal bo’sh bo’lgandagina ro’y 
berishi mumkin), stansiya kadrni butunligicha uzatadi va tasdiqni kutish 
rejimiga o’tadi.
4. Agar tasdiq yetib kelsa, uzatuvchi stansiya yuborilgan ma’lumotlar kadri 
to’g’ri yetib borganligini “biladi”. Yana kadr uzatish kerak bo’lsa, bunda 
uzatish ikkinchi kadrdan boshlab, CSMA/CA protokoli orqali amalga 
oshiriladi. Agar tasdiq qabul qilinmasa, unda stansiya ma’lumot uzatishni 
kechiktirish (2-qadam) rejimiga qaytadi va yana ixtiyoriy vaqt oralig’ini 
tanlaydi, lekin bunda ko’proq vaqt tanlanadi.


215 
 
17.3-rasm. 802.11 protokolida kanal pog’onasi tasdig’ini qo’llash 
Ethernet texnologiyasida ko’p kirishli CSMA/CD protokolini eslaydigan 
stansiya kanal bo’shagani bilan ma’lumot uzatishni boshlaydi. Lekin CSMA/CA 
protokolida esa kanal bo’sh bo’lganligi aniqlansa ham taymer hisobi nolga 
yetmaguncha ma’lumot uzatish boshlanmaydi. Nima sababdan CSMA/CD va 
CSMA/CA protokollarida turli xil usullar qo’llaniladi? 
Bu savolga javob berish uchun quyidagi holatni tasavvur qilaylik. Bunda 
ikkita stansiya kadr uzatishi kerak, lekin ikkalasi ham uchinchi stansiya ma’lumot 
uzatayotganligini bilganligi uchun ma’lumot uzatishni kechiktirib turibdi. Ethernet 
texnologiyasida CSMA/CD protokolida uchinchi stansiya ma’lumot uzatishni 
to’xtatishi bilan ikkala stansiya birgalikda ma’lumot uzatishni boshlab yuboradi. 
Bu holat to’qnashuvlarga olib keladi, lekin CSMA/CD protokoli uchun bu katta 
muammo emas. Chunki ikkala stansiya ham kadrlani foydasiz uzatishdan qochish 
uchun ma’lumot uzatishni to’xtatadi. Biroq 802.11 tarmoqda bu holat biroz 
boshqacharoq. 802.11 texnologiyasi to’qnashuvlarni aniqlamaydi va ma’lumot 


216 
uzatishni to’xtatmaydi. Shu sababli to’qnashuvga uchragan kadrlar uzatilaveradi. 
802.11 protokolida iloji boricha to’qnashuvlarni oldini olishga harakat qilish kerak. 
802.11 tarmoqdagi ikki stansiya kanal bo’shligini aniqlasa, ma’lumot uzatishni 
kechiktirish rejimiga o’tadi va turli xil vaqt oraliqlarini belgilab oladi. Bunda bir 
stansiya boshqasidan oldin ma’lumot uzatishni boshlaydi. Shundan keyin 
stansiyalar bir biridan yashirinmagan bo’lsa, “yutqizgan stansiya” “yutgan 
stansiya” ning signalini ushlab oladi va hisoblagichni muzlatib qo’yadi va “yutgan 
stansiya” ma’lumot uzatib bo’lmaguncha hisoblagichni yurgizmaydi. Shunday 
qilib, qimmatga tushadigan to’qnashuvlarni oldini olsa bo’ladi. Ammo 802.11 
tarmoqda ham to’qnashuvlar ba’zan bo’lib turadi. Bu holatlar stansiyalar bir 
biridan yashiringan bo’lsa yoki ikkala stansiya ham bir xil vaqt oralig’ini 
tanlaganda ro’y beradi. 
802.11 tarmoqlarning MAC protokoli yashirin stansiyalar o’rtasida 
to’qnashuvlarni oldini olish maqsadida funksional (lekin ixtiyoriy) rezervlash 
sxemasini qo’llaydi. Ikkita simsiz stansiya va kirish nuqtasi berilgan 17.4-rasmni 
ko’raylik. Ikkala stansiya ham kirish nuqtasining xizmat ko’rsatish doirasida 
(to’qroq rangli doira) joylashgan va ikkala stansiya ham kirish nuqtasiga ulangan. 
Signalning so’nishi sababli simsiz stansiyaning ximat ko’rsatish doirasi 17.4-
rasmda ochroq doira bilan ko’rsatilgan. Bundan ko’rinib turibdiki, ikkala stansiya 
bir biridan yashiringan, lekin kirish nuqtasida n yashirinmagan.
17.4-rasm. Yashirin terminallarga misol: X1 xost X2 xostdan yashiringan,
X2 ham X1 dan yashiringan 


217 
Endi yashirin stansiyalar qanday qilib muammoga sabab bo’lishi 
mumkinligini ko’rib chiqamiz. Tasavvur qilaylik H1 stansiya kirish nuqtasiga 
ma’lumotlar uzatayapti. H2 stansiya ham kirish nuqtasiga ma’lumot uzatishga 
tayyor. Stansiya X2 stansiya X1 ning signalini qabul qilmasdan, DIFS vaqt 
oraliqda kutib turadi. So’ngra esa ma’lumot uzatishni boshlaydi, bu esa o’z-o’zidan 
to’qnashuvga olib keladi. Bunda kanal X1 ma’lumot uzatayotganda va X2 
ma’lumot uzatayotganda foydasiz bo’lib qoladi. IEEE 802.11 protokolida uzatish 
uchun so’rov (Request to Send-RTS) va uzatishga ruxsat (Clear to Send-CTS) 
boshqaruv kadrlari kanalni oldindan rezervlash uchun ishlatiladi.
Uzatuvchi DATA kadrini jo’natmoqchi bo’lsa, u dastlab kirish nuqtasiga 
RTS kadrini uzatadi, bunda DATA kadrini uzatish uchun kerak bo’ladigan vaqt 
ishora qilingan bo’ladi va ACK kadrini uzatadi. Kirish nuqtasi RTS kadrini qabul 
qilsa, CTS kadrini broadcast qilib uzatadi. CTS kadri 2 maqsadga xizmat qiladi: 
uzatuvchiga kadr jo’natishga ruxsat beradi va boshqa xostlarga belgilangan vaqt 
oralig’ida ma’lumot uzatmaslik xabarini yetkazadi.
Shuning uchun, 17.5-rasmda ko’rsatilganidek, uzatuvchi DATA kadrini 
uzatishdan oldin, doiradagi barcha stansiyalar va kirish nuqtasi qabul qiladigan 
RTS signalini jo’natadi. Shundan keyin kirish nuqtasi CTS kadri bilan javob 
beradi. CTS kadri barcha stansiyalar, X1 va X2 stansiyalar ham qabul qiladi. CTS 
kadrini qabul qilgan X2 stansiya kadrda berilgan vaqt oralig’ida kutib turadi. RTS, 
CTS, ACK va DATA kadrlari 17.5-rasmda berilgan. 


218 
17.5-rasm. RTS va CTS kadrlarini qo’llab, to’qnashuvlarni
oldini olish sxemasi 
RTS va CTS kadrlarini jo’natish mahsuldorlikni 2 xil yo’l bilan oshiradi: 

Uzun DATA kadri uzatish rezervlash bilan amalga oshirilganligi uchun 
yashirin stansiyalar muammosi hal bo’ladi. 

RTS va CTS lar qisqa kadrlar bo’lganligi uchun to’qnashuv faqatgina RTS 
yoki CTS kadrlari uzatilayotgan vaqtdagina bo’lishi mumkin. RTS va CTS 
kadrlari muvaffaqiyatli uzatilganidan keyin DATA va ACK kadrlarni 
uzatishda muammo bo’lmaydi.
Biz sizga veb-saytdagi interaktiv dasturlarni ko’rib chiqishni maslahat 
beramiz. Bu interaktiv dasturlar CSMA/CA protokolining ishlash prinsipini, RTS 
va CTS kadrlari almashish ketma-ketligini ko’rsatib beradi.
RTS/CTS kadrlar almashinuvi to’qnashuvlarni kamaytirishi bilan bir qatorda kanal 
resurslarini band qiladi va ma’lum bir kechikishga sabab bo’ladi. Shu sababdan 
RTS/CTS kadrlari faqatgina hajmi katta bo’lgan kadr DATA ni uzatishda kanalni 


219 
band qilish uchun ishlatiladi. Amalda simsiz stansiyalarda RTS/CTS texnologiyasi 
qo’llanilishi uchun ma’lum bir limit belgilangan bo’ladi. Agar kadr o’lchami 
belgilangan limitdan katta bo’lsa, texnologiya qo’llaniladi. Ko’p miqdordagi 
stansiyalarni o’rnatganda RTS qiymati maksimal kadr o’lchamidan oshib ketadi, 
RTS/CTS uzatilayotgan DATA kadrlari uchun qo’llanilmaydi 

Download 11,41 Mb.
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   209




Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti

Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish