220
da, simli LAN ga qaraganda ko’proq bit xatoliklar yuzaga keladi. Shu bois CRC bu
yerda ko’proq foyda beradi.
Har biri 6 baytli MAC adreslarni o’z ichiga olgan
to’rtta adres maydoni
borligi balki bu texnologiyaning eng katta farqi bo’lishi mumkin. Nima uchun
to’rtta adres maydoni kerak? Nahotki uzatuvchining va qabul qiluvchining MAC
adreslarining o’zi yetarli bo’lmasa? Axir Ethernet texnologiyasida shuning o’zi
yetarli ediku! Bu yerda uchta adres maydoni tarmoqlararo moslashuv uchun,
aniqroq qilib aytganda tarmoq pog’onasidagi datagrammani simsiz stansiyadan
kirish nuqtasi orqali marshrutizator interfeysiga uzatish uchun kerak bo’ladi.
To’rtinchi adres kirish nuqtasi kadrlarni bir xil turdagi tarmoq rejimida uzatganda
kerak bo’ladi. Biz infrastrukturali tarmoqlarni
muhokama qilayotgan ekanmiz,
faqat dastlabki uchta adres maydonlarini ko’rib chiqamiz. 802.11 standartida bu
uchta adres maydoni quyidagicha aniqlangan:
Adres 2 – ma’lumotlar kadrini uzatayotgan stansiyaning MAC adresi.
Shuning uchun biror stansiya ma’lumot uzatayotgan bo’lsa, uning adresi 2
maydonga yoziladi. Agar kirish nuqtasi kadrni uzatayotgan bo’lsa, demak
kirish nuqtasining MAC adresi 2-maydonga yoziladi.
Adres 1 – bu ma’lumot yetib borishi kerak bo’lgan stansiya
ning MAC
adresi. Shuning uchun simsiz stansiya kadrni uzatayotgan bo’lsa, adres 1
maydonida qabul qiluvchining kirish nuqtasi MAC adresi yoziladi. Mos
ravishda kirish nuqtasi ma’lumotni uzatayotgan bo’lsa, adres 1
da qabul
qiluvchi stansiyaning MAC adresi yozilgan bo’ladi.
Adres 3 ni tushunish uchun asosiy ximatlar yig’indisi (BSS) nima ekanligini
esga olaylik. Bunda kirish nuqtasi va simsiz stansiyalardan stansiyalardan
tashkil topgan podset boshqa podsetga biror marshrutizator orqali ulangan.
Adres 3 da shu marshrutizatorning MAC adresi yoziladi.
Adres 3 ning nimaga kerakligini yaxshiroq tushunish uchun 17.7-rasmda
keltirilgan tarmoqlarni ko’rib chiqsak. Bu rasmda biz bir nechta simsiz
221
stansiyalarga xizmat ko’rsatuvchi ikkita kirish nuqtasi berilgan. Ikkala kirish
nuqtasi ham marshrutizator orqali internetga ulangan.
Biz bir narsani yodda
saqlashimiz kerak, kirish nuqtasi kanal pog’onasi elementi bo’lganligi uchun IP
adres bilan ishlamaydi. Endi tasavvur qilib ko’raylik, M1 marshrutizator
interfeysidan
X1
simsiz
stansiyaga
datagrammani
uzatishi
kerak.
Marshrutizator bu oraliqda kirish nuqtasi borligini bilmaydi. Marshrutizator
tomonidan qaraydigan bo’lsak, X1 bu to’g’ridan-to’g’ri marshrutizatorga
ulangan xost.
Lokal Ethernet tarmoqda bo’lgani uchun marshrutizator X1 ning MAC
adresini aniqlash uchun ARP protokolini qo’llaydi. X1 ning MAC adresini
olgandan keyin marshrutizatorning M1 interfeysi datagrammani Ethernet
kadrida inkapsulyatsiya qiladi. Bu kadrning uzatuvchi adres maydoni M1
interfeysning MAC adresi, qabul qiluvchi adres maydonida esa X1 xostning
MAC adresi yozilgan bo’ladi.
Ethernet 802.3 kadr kirish nuqtasiga yetib kelganda, simsiz kanaldan
ma’lumot uzatish uchun kirish nuqtasi uni 802.11 kadrga o’zgartiradi. Kirish
nuqtasi adres 1 va 2 ni yuqorida aytib o’tilganidek o’zining va X1 ning
MAC adreslari bilan to’ldiradi. Adres 3 maydoniga
esa kirish nuqtasi
marshrutizatorning M1 interfeysi MAC adresini yozadi.
222
17.7-rasm. 802.11 kadrlarida adres maydoninig qo’llanilishi: X1 dan M1
ga kadrlarni jo’natish
Endi X1 xost marshrutizatorga javob berish holatini ko’rib chiqaylik. Bunda
datagramma X1 dan M1 ga uzatiladi. Stansiya X1 802.11 kadrini hosil qiladi,
adres 1 va 2 ni mos ravishda o’zining va kirish nuqtasining MAC adresi bilan
to’ldiradi. Adres 3 ga marshrutizatorning M1 interfeysi MAC adresi yoziladi.
802.11 kadr kirish nuqtasiga yetib kelganda u Ethernet kadrga o’zgartiriladi.
Uzatuvchi adres maydonida X1 ning MAC adresi,
qabul qiluvchi adres
maydonida esa marshrutizatorning M1 interfeysi MAC adresi yoziladi.
Shunday qilib adres 3 Ethernet kadrini hosil qilishda marshrutizatorning
adresini aniqlashtirib beradi.
Shuni aytib o’tish kerakki, adres 3 maydoni tarmoqlararo aloqani tashkil qilishda
katta ahamiyat kasb etadi.