|
Internet madaniyatini rivojlantirishning o’rni va ahamiyati
|
bet | 1/3 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 2,56 Mb. | | #250854 |
Bog'liq Internet madaniyatini rivojlantirishning o\'rni va ahamiyati Reja
Internet madaniyatini rivojlantirishning o’rni va ahamiyati
- Internetdan to`g`ri foydalanish.
- Internetda ko`p o`tirishning inson organizmiga salbiy ta`sir.
- Internetning salbiy va ijobiy tomonlari.
"Internetni biz do‘konga o‘xshatishimiz mumkin, u yerda hamma narsani topa olamiz. U yerdan har bir inson o‘ziga kerakli narsalarni oladi. Agar biz ham internetda kerakli narsalarni olishni o‘rgana olsak, bizning yuksak ma’naviyatli yoshlarimiz ongiga hech qanday xurujlar ta’sir eta olmaydi“
I.A.Karimov
"Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch" asaridan
O’zbekiston rasmiy matbuoti xabarlariga ko’ra,
O’zbekiston Jinoyat
kodeksining 130-moddasiga munosabati bilan 1-iyuldan
kiritilgan o’zgarishlar boshlab ijtimoiy
tarmoqlarda
buzuq va axloqsiz
ma’lumotlarni qo’yish
ta’qiqlanadi.
Javobgarlarni
topish va jazolash ishlariga esa Milliy Xavfsizlik
Xizmatining maxsus guruh jalb qilinishi mumkin.
Internetning salbiy ta'siri:
Yot, buzg'unchi g'oyalarning kirib kelishi (diniy ekstremizm, millatchilik, irqchilik, sadizm misolida);
G'arbona yashash tarziga xos, lekin o'zbek mentalitetiga zid g'oyalar, qarashlarning yoshlarga ta'siri (kiyinish, chekish, pirsing, tatuirovkalar va hokazo);
Pornografik axborotlarning yoshlar tarbiyasiga ta'siri; Tekshirilmagan axborotlar (bo'xtonlar).
Internetning ijobiy tomonlari:
Dunyoqarashning kengayishi;
Obyektiv va negativ axborotlarni qabul qilib, ularni tahlil qilish imkoniyati (bunda foydalanuvchining axborotga "to'q bo'lishi" va ularni saralay olish qobiliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Agar unda axborotga bo'lgan "did" bo'lmasa, u axborot oqimida "cho'kib" ketishi mumkin ya'ni, ta'siriga berilib ketishi);
Masofaviy o'qishlarda ishtirok etish imkoniyati; Axborotlarni tanlash imkoniyati borligi.
Amerika Qo'shma Shtatlarida "axborot quroli"ga qarshi maxsus davlat
dasturini amalga oshirish uchun yiliga 137 mln. dollar sarf qilinadi.
|
| |