205
17.1. 802.11 arxitekturasi
Simsiz lokal tarmoqlar ish joylarimizda, uyimizda, ta’lim
muassasalarida,
qahvaxona, aeroportlarda va chorrahalarda o’rnatilib, internetga imkon beruvchi
eng kerakli texnologiyalardan biriga aylandi. 1990 yillarda simsiz lokal tarmoqlar
uchun ko’p miqdorda texnologiyalar va standartlar ishlab chiqilganiga qaramasdan
bu musobaqada yoxud simsiz tarmoqlar standartlarining bir sinfi g’olib bo’ldi:
simsiz lokal tarmoq (IEEE 802.11 wireless LAN) yoki oddiy qilib Wi-Fi tarmog’i
deb ataladi. Ushbu bo’limda biz 802.11 simsiz lokal tarmoq bilan to’liqroq
tanishamiz, kadrlar strukturasini ma’lumotlar uzatish muhitiga kirish
protokollarini, hamda 802.11 lokal tarmoqlar va Ethernet simli lokal tarmoqlarning
o’zaro harakatini tashkil etishni o’rganamiz.
802.11 oilasi uchta standartlari orasida juda ko’p umumiylik bor.
Misol
uchun ularda ma’lumotlar uzatish muhitiga kirish uchun bir xil protokol ishlatiladi,
ya’ni CSMA/CA. Kanal sathida kadrlar strukturasi hamma uchta standartlarda ham
bir xil. Barcha, uch standart, uzoqroq masofaga yetishish maqsadida ma’lumotlarni
uzatish tezligini kamaytirish imkoniyatiga ega. Barcha, uch standart, ham
“infrastrukturalar” rejimida, ham “markazlashmagan bir rangli tarmoq”
rejimida
ishlatilishi mumkin. Lekin 17.1-jadvalda ko’ratilganidek uchta standart o’rtasida
fizik sathda bir qancha tafovutlar mavjuddir.
802.11 standarti 11 Mbit/s ma’lumotlar uzatish tezligiga ega va 2400,0-
2483,5 MGs litsenziyasiz chastota diapozonida ishlaydi, u 24 GGs chastotada
ishlaydigan telefon va mikroto’lqinli pech bilan birgalikda bo’ladi. 802.11a simsiz
tarmog’ining ma’lumotlar
uzatish tezligi ancha yuqori, lekin ishchi chastota
diapozoni singari, balandroq chastota diapozonida ishlab, 802.11a lokal tarmoqlar
kichik maydon xududini qoplay oladi va ko’proq ko’p nurli to’lqin tarqalish
effektidan aziyat chekadi. 802.11d turidagi tarmoq o’sha
kichik diapozonda
ishlaydi, xuddi 802.11 v tarmoqdek va u bilan birgalikda ishlashi bir-biriga zid
206
bo’ladi, shuning uchun ko’p foydalanuvchilar o’zlarining 802.11v klient
qurilmalarini 802.11d standartigacha o’zgartirishadi.
Bundan tashqari, 802.11a
standarti bilan solishtirganda, 802.11d standarti ma’lumotlar uzatish tezligini
yuqoriroq ta’minlaydi.