Kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti




Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/209
Sana25.12.2023
Hajmi11,41 Mb.
#128215
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   209
Bog'liq
Internet tarmoqlari va xizmatlari (1)

 
 
17.1- jadval. IEEE 802.11 oilasi standartlarining tavsiflari 
Standart 
Chastota diapozoni, GGs 
Ma’lumotlar uzatish 
tezligi, Mbit/s 
802.11b 
2.4-2.485 
11 gacha 
802.11a 
5.1-5.8 
54 gacha 
802.11g 
2.4-2.485 
54 gacha 
 
Wi-Fi tarmog’ining nisbatan yangi standarti 802.11n
ko’p-kirish va ko’p-
chiqish antennasini ishlatishni tahmin qiladi. Bu jo’natuvchi va qabul qiluvchi 
tomonidan ikki va undan ko’proq antenna, signallarni uzatuvchi va qabul qiluvchi 
borligini anglatadi. Qo’llaniladigan signalni modulyatsiyalash turiga qarab, 
802.11n
standarti ma’lumotlar uzatish tezligini bir necha yuz megabit sekundgacha 
yetkazish imkonini beradi.
17.1-rasmda
802.11 simsiz lokal tarmoq arxitekturasining asosiy 
komponentlari ko’rsatilgan. 802.11 tarmoqlar arxitekturasining fundamental bloki 
xizmatlarning asosiy yig’indisi (XAY) hisoblanadi. XAY bir yoki bir nechta 
simsiz stansiyalar va markaziy bazaviy stansiyalar, ushbu holat uchun kirish 
nuqtasi (KN) deb ataladigan stansiyalardan tashkil topgan, 17.1-rasmda ikki kirish 
nuqtasi KN, xizmatlar asosiy yig’indisidan XAY tarmoqda o’zaro ta’sir etuvchi 
ma’lum qurilmalariga ulanadi, masalan kommutator yoki marshrutizator. 
An’anaviy uy tarmog’ida bitta kirish nuqtasi va bitta marshrutizator mavjud 
(odatda bitta qurilmaga birlashtirilgan), ular XAY ni internetga ulaydi.


207 
Xuddi shunday Ethernet qurilmalari bilan bo’lganidek har bir 802.11 simsiz 
stansiyasiga 6-baytlik o’zining shaxsiy MAC adresini taqdim etiladi, stansiyaning 
adapteriga yozilgan holatda saqlanadi (boshqa so’z bilan aytganda, 802.11 ning 
tarmoq interfeys kartasiga). Har bir kirish nuqtasi,KN simsiz interfeysning shaxsiy 
MAC adresiga ega. Internet texnologiyasi kabi bu MAC adreslar IEEE 
(Elektronika va elektrotexnika bo’yicha muhandislik instituti, AQSh) tashkiloti 
tomonidan boshqariladi va bu yirik tashkilot hisoblanadi.
Ulanish nuqtasi ishlatiladigan, simsiz lokal tarmoq infrastrukturali simsiz 
lokal tarmoq deyiladi, bunda “infrastruktura” deganda ulanich nuqtasini KN o’zi 
ham, ularni marshrutizatorga ulab beruvchi Ethernet infrastrukturasi ham 
tushuniladi.
 
17.1-rasm

IEEE 802.11 lokal tarmoq arxitekturasi 
17.1-rasmda ko’rsatilganidek, IEEE 802.11 stansiya ham bir xil tartibdagi 
tarmoqqa o’zgartirilishi mumkin, ya’ni tarmoqda qandaydir markaziy boshqaruv 
va “tashqi dunyo” bilan aloqa bo’lmasligi mumkin. Ushbu holatda tarmoq mobil 
qurilmalaridan, ya’ni bir-biriga yaqin turganlaridan, bir-biri bilan aloqa qila 


208 
oladiganlaridan va ishlab turgan tarmoq infrastrukturasida ta’sir doirasida 
bo’lmaganlaridan tuzilgan. 
17.2-rasm. IEEE 802.11 bir xil tartibdagi tarmoq 
Bir xil tartibdagi tarmoqni, agarda bir nechta noutbuk egalari birgalikda 
(masalan, konferens-zalda, poezdda yoki mashinada), markazlashgan kirish nuqtasi 
bo’lmaganda, ma’lumotlar almashish istagi bo’lganda yaratish mumkin. Portativ 
qurilmalarning doimiy ko’payishi hisobiga hamda ularning tarmoqda o’zaro 
muloqot qilish imkoniyatiga ega ekanligidan, bir xil tartibdagi tarmoqga bugungi 
kunda dunyoda juda katta qiziqish bo’lmoqda. Ammo bu bo’limda biz 
infrastrukturali simsiz lokal tarmoqlarga e’tiborimizni qaratamiz.
802.11 tarmoq bilan ma’lumotlarni uzatish yoki qabul qilishdan oldin simsiz 
tarmoqlarning har biri birlashgan bo’lishi kerak, yoki qandaydir kirish nuqtasiga 
ulangan bo’lishi kerak. 802.11 oilasiga hamma standartlarni ishlatilishida 
birlashish talab qilinishiga qaramasdan, biz bu mavzuni tarmoq kontekstida IEEE 
802.11 v/d turi uchun mulohaza yuritamiz.
Kirish nuqtasini qo’yishda hisoblash tarmog’ining administratori unga 
xizmatlar turlari identifikatorini beradi (Servise Set Identifier, SSID), u bir-ikki 
so’zdan iborat bo’ladi. (Masalan, Microsoft Windows XP operatsion tizimida 
“imkonli tarmoqlar” ni ko’rishda siz 1 xizmat zonasida joylashgan kirish nuqtasida
SSID identifikatorlar ro’yxatini ko’rasiz). Administrator ham kirish nuqtasida


209 
kanal raqamini berishi lozim. Kanal raqami nima ekanligini bilish uchun 802.11 
tarmoq 2400,0-2483,5 MGs diapazonda ishlashini ta’kidlangan edi. 85 MGs 
diapazonda 802.11 tarmoq 11 ta qisman kesishayotgan kanallarni aniqlaydi. 
Qachonki ular to’rt va undan ko’p kanallar bilan bo’lingan bo’lsa, faqat shu 
holatdagina hohlagan ikkita kanal bir-biri bilan kesishmaydi. Xususiy holat uchun 
1,6 va 11 raqamlar bilan kanallar birdan bir kesishmaydigan kanallar hisoblanadi. 
Bu degani, administrator 33 Mbit/s maksimal tezlikda ma’lumot uzatish bilan 
simsiz lokal tarmog’ini tuzishi, har bir fizik joylashuviga uchta 802.11 kirish 
nuqtasini qo’yishi, ularga 1,6 va 11 raqamli kanallarni belgilashi va har bir kirish 
nuqtasini kommutator orqali bog’lashi mumkin.
Endi 802.11 tarmoq kanallari haqida umumiy ma’lumotga ega bo’lgan 
holda, keling “Wi-Fi Changalzor” deb nom olgan qiziqarli holatni tushuntirib 
o’tamiz. Hohlagan fizik joylashuv “Wi-Fi Changalzor” deyilib, unda qandaydir 
simsiz stansiya ikki va undan ortiq kirish nuqtasida n keraklicha kuchli signalni 
qabul qiladi. Masalan, bunday holat Nyu-York shahrining ko’pgina kafelarida, 
simsiz stansiya qo’shni joylashgan ko’pgina ulanish nuqtalaridan kelgan signalni 
ushlashi mumkin. Nuqtalardan bittasi kafega tegishli, boshqasi kafedan uzoqda 
bo’lmagan kvartirada bo’lishi mumkin. Bu hamma ulanish nuqtalari har-xil IP-
tizimosti tarmoqda joylashgan va har biriga bir biridan bog’liq bo’lmagan holda 
tarmoq kanali biriktirilgan.
Endi aytaylik, Siz simsiz Internetni izlab o’zingizning portativ 
kompyuteringiz bilan “Wi-Fi Changalzor”ga kirdingiz. Taxminan, bu changalzorda 
bitta kirish nuqtasi mavjud. Internetga kirishga imkon olish uchun Sizning simsiz 
stansiyangiz qandaydir bitta va faqat bitta tarmoq osti bilan ulanishi kerak va 
shuning uchun bitta va faqat bitta kirish nuqtasi bilan assotsiyatsiyalangan bo’lishi 
kerak.
Assotsiyatsiya (birlashma) – bu simsiz stansiya bo’lib, virtual sim hosil 
qiladi va u stansiya bilan kirish nuqtasini ulaydi. Aniq qilib aytganda, faqat bitta 
assotsiyatsiyalangan kirish nuqtasi Sizning stansiyangizga ma’lumotlar kadrlarini 


210 
jo’natadi (deytagrammaga o’xshab, kadrlar qandaydir axborotlardan iborat 
bo’ladi), Sizning simsiz stansiyangiz, o’z navbatida kirish nuqtasi bilan 
assotsiyalashgan sim orqali ma’lumotlar kadrlarini Internetga uzatishi mumkin. 
Qanday qilib Sizning simsiz stansiyangiz kirish nuqtasi bilan assotsiyalashadi. 
Yana bir fundamental savol: qanday qilib Sizning simsiz stansiyangiz, qaysi kirish 
nuqtasi bu changalzorda borligini biladi? 
802.11 standarti kirish nuqtasi davriy ravishda ma’lumotlar signal kadrlarini 
yuborib turishni talab etadi, ulardan har biri SSID identifikatori va kirish 
nuqtasining MAC adresidan iborat bo’lishi kerak. Sizning simsiz stansiyangiz 
ulanish nuqtalar signal kadrlarini uzatayotganligini bilib, qaysi kirish nuqtasida n 
signal kadrlari uzatilayotganligini aniqlash maqsadida hamma 11 kanalni tekshirib 
(skanirovat) chiqadi. Bu bilan u kirish nuqtasi qaysi xizmat zonasida (ba’zi ulanish 
nuqtalar o’zining signallarini bir xil ma’lumot kanallaridan uzatishi mumkin, 
shuni unitmangki, siz changalzordasiz). 
Ma’lumotlar signal kadrlari yordamida yaqinroq bo’lgan kirish nuqtasi 
haqida axborotni olib, Siz (yoki Sizning simsiz xostingiz) ularning bittasini 
tanlaysiz va assotsiyatsiya qilasiz.
802.11 standartida ulanish nuqtalardan ma’lum bir imkonlisini tanlash 
bo’yicha algoritm aniqlanmaydi. Bunday algoritm dasturiy ta’minotni ishlab 
chiquvchilarga havola etilgan. Odatda xost kirish nuqtasini signalning kuchliligiga 
qarab tanlaydi. Biroq, signalning yaxshi bo’lishiga qaramasdan bu birdan bir 
harakteristika emas, qanchalik xost signalni muvaffaqiyatli qabul qilishiga ham 
bog’liq bo’ladi. Xususiy holatda, kirish nuqtasida kuchli signal bo’lishi mumkin, 
biroq xostlarning qo’shilganligi hisobiga ortiqcha yuklama bo’lishi mumkin 
(ularga kirish nuqtasi kanallarining o’tkazuvchanlik qobiliyatini bo’lish talab 
etiladi), ayni vaqtda kam yuklangan kirish nuqtasi kuchsiz signal hisobiga ko’zga 
tashlanmaydi. Shuning uchun kirish nuqtasini tanlashning ko’p alternativ usullari 
taklif etilgan edi.


211 
Ma’lumotlar signal kadrlarini ushlash maqsadi bilan kanallarni eshitish va 
tekshirib ko’rish jarayoni passiv tekshirib qabul qilish dek ma’lum. Simsiz xost
ham aktiv tekshirib qabul qilishi mumkin, ma’lumotlar kadrlari sinov tariqasida 
uzatilib hamma ulanish nuqtalari orqali qabul qilinadi, ulanish nuqtalari xost 
zonasida bo’lishi lozim. Kirish nuqtasi sinov javobining ma’lumotlar kadri 
yordamida sinov so’roviga javob beradi. Shundan keyin simsiz kirish nuqtasi sinov 
so’roviga javob bergan kirish nuqtasini tanlashi mumkin.
Kirish nuqtasini tanlagandan keyin simsiz xost unga assotsiyatsiyaga so’rov 
jo’natadi, u esa o’z navbatida so’rovga javob tariqasida ma’lumotlar kadrlarini 
jo’natadi. Diqqatingizni qarating, aktiv tekshirib qabul qilishda so’rov/javob bu 
ikkinchi “qo’l siqish” kerak hisoblanadi, chunki kirish nuqtasi birinchi sinov 
so’roviga javob berganda keyingi asotsiatsiyada javob bergan kirish nuqtasiga 
xostni tanlashni bilmaydi. Bu jarayon, klient DHCP ko’pgina DHCP serverlar 
ichidan tanlayotganga o’xshaydi. Kirish nuqtasi bilan assotsiatsiya jarayoni 
tugaganidan keyin, unga kirish nuqtasi ulangani singari xost tarmoq ostiga 
ulanishga harakat qiladi. Shuning uchun xost, tarmoq ostidan IP adresni olish 
uchun, odatdagidek kirish nuqtasi yordamida tarmoq osti DHCP ni aniqlovchi 
xabarni jo’natadi. Adresni olish bilan xost tizim ostining IP adresi bilan yana bir 
xostiga aylanadi.
Simsiz stansiyaning kirish nuqtasi bilan assotsiyatsiyalash uchun 
autentifikatsiya qilish talab etilishi mumkin. 802.11 simsiz lokal tarmoq 
imkoniylik olish va autentifikatsiya uchun ko’p miqdorda muqobillarini taklif 
etadi. Ko’pgina kompaniyalar tomonidan ishlatiladigan yondashishlardan biri 
MAC adresga bog’liq bo’lgan holda simsiz bazaviy stansiyaga imkoniylik 
huquqini berish hisoblanadi. Ikkinchi yondashish, ko’pgina Internet kafelar 
ishlatadigan, foydalanuvchilarning ismlari va parollarini ishlatish taklif etiladi. 
Ikkala holatda ham kirish nuqtasi hammasidan ko’proq autentifikatsiya serveri 
bilan bog’lanadi, muhim protokollar, masalan RADIUS yoki DIAMETR 
yordamida simsiz stansiya oxirgi foydalanuvchisi va autentifikatsiya serveri 


212 
o’rtasida axborot uzatadi. Autentifikatsiya serverini kirish nuqtasidan ajratish bitta 
serverni bir nechta kirish nuqtasi uchun xizmat qilishga olib keladi. Hamda bitta 
serverga imkoniyat berish va autentifikatsiya haqida juda muhim yechimlarni 
markazlashtirish, bu kirish nuqtasiga ketadigan harajatlarni kamaytirish, hamda 
ularni tashkillashtirishni soddalashtirishga olib keladi.

Download 11,41 Mb.
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   209




Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti

Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish