242
u ko’p sonli simsiz ulanish nuqtalari oldidan o’tadi va butun yo’l davomida
olisdagi ilovaga o’rnatilgan TCP ulanish saqlanishini xohlaydi. Bunday
foydalanuvchilar
xaqiqatdan ham mobildir! Lekin bunday qarama-qarshiliklar
orasida portativ kompyuterni bitta joydan (masalan, ish xonasi yoki yotoqxona)
boshqa joyga (masalan, kofe ichadigan xona yoki o’quv auditoriyasi) olib
yuradigan va yangi joylashgan joyda tarmoqqa ulanishni xoxlovchi foydalanuvchi
bor. Bunday foydalanuvchi ham mobil xisoblanadi (garchi, uning mobilligi BMW
xaydovchisiga qaraganda, ancha kam), lekin unda tarmoqqa ulanish nuqtalari
orasida harakatlanish davomida joriy ulanishni saqlashga extiyoj yo’q.
19.1-
rasmda
tarmoq darajasi nuqtai nazaridan foydalanuvchilar mobilligining
kategoriyalari spektri tasvirlangan.
19.1-rasm.Tarmoq darajasi nuqtai nazaridan mobillik
tasniflarining turlari
Mobil telefoniya bilan ishlaganinizda, sizning telefon raqamingiz, aslida bu
sizning mobil telefoningizning tarmoq satxidagi manzili bo’lib, bitta operator
tarmog’idan boshqasining tarmog’iga o’tishingizda o’zgarmasdan qoladi. Noutbuk
IP tarmoqlari orasida biridan ikkinchisiga o’tganida
IP manzilini saqlab qolishi
shartmi?
Bu savolga javob ko’p jixatdan shu vaqt momentida ishga tushirilgan
ilovalarga bog’liqdir. Endi, olis ilovaga joriy TCP-ulanishni saqlashni xohlagan,
avtobanda tezkor ketayotgan sport mashinasi BMW ning xaydovchisiga o’zgarmas
243
IP-manzil bo’lishi juda ham qulaydir. 3 bob matnidan eslaylik, Internet-ilovaga,
ulanish o’rnatilgan qurilmaning IP-manzilinii va port raqamini bilish talab qilinadi.
Agar mobil qurilma harakatda bo’lganida IP-manzilini saqlab qolsa, olisdagi ilova
nuqtai nazaridan mobillik ko’rinmas bo’lib qoladi. Bunday ko’rinmaslik katta
foyda keltiradi, axir ilovaga istalgan vaqt momentida IP-manzil o’zgarishi mumkin
deb ovora bo’lishi kerak emas, shunday qilib, yagona dasturiy kod ham mobil ham
mobil bo’lmagan ulanishlarga xizmat ko’rsatishi uchun qo’llanishi mumkin.
Keyingi qismda biz mobil IP zaruriy oydinlikni ta’minlashiga,
bu tarmoqlar
orasida harakatlanganda mobil uzelga qaydlangan IP-manzil saqlab qolishiga
ishonch xosil qilamiz.
•
Qanday yordamchi simli infratuzilmaga erishish mumkin? Barcha yuqorida
tavsiflangan vaziyatlarda biz hamma vaqt bosh asos qilib qandaydir doimiy
infratuzilma mavjud deb farazlaymiz, unga mobil foydalanuvchi ulanishi mumkin,
masalan, bu uy ISP tarmog’i, ofisdagi simsiz kirish tarmog’i, shuningdek avtoban
bo’yicha tashkil etilgan simsiz kirish tarmoqlaridir. Agar sanab o’tilgan
infratuzilmaning birontasi mavjud bo’lmasa, nima bo’ladi? Agar ikkita
foydalanuvchi ulanish o’rnatish uchun bir-biriga yaqin masofada bo’lsa, tarmoq
satxida xech qanday infratuzilma bo’lmasa, ular tarmoqli ulanish o’rnatishlari
mumkinmi? Markazlashmagan (ad hoc) tarmoqlar xuddi
shunday imkoniyatlarni
ta’minlaydi. Bu tezkor rivojlanayotgan soha xozirgi vaqtda mobil tarmoqlarni
tadqiqlashda oldingi tomonini ifodalaydi, lekin bizning kitobimizning nuqtai
nazaridan tashqarida qolgan. Perkinsning kitobi va IETF Mobile Ad Hoc Network
ishchi guruhining veb-saytilarida ushbu muammoni detalli o’ta batafsil tavsiflari
mavjud.
Mobil
foydalanuvchilarga tarmoqlar
orasida joyini o’zgartirishida
o’rnatilgan ulanishlarni saqlashga berilgan ruxsat bilan bog’liq
muammolarni
illustrasiyalash uchun, keling inson xayotidan misolga o’xshashlikni o’tkazamiz.
Yigirmadan sal oshgan yosh yigit, ota-ona uyini tark etarkan “mobilli” bo’lib
qoladi, yotoqxona, ijara uylarda yashab, bunda ko’pincha o’z manzilini
244
o’zgartiradi. Agar eskidan tanish dugonasi u bilan ko’rishishni xohlasa, u qanday
qilib o’zining mobil do’stining yangi manzilini olishi mumkin? Eng keng tarqalgan
usullardan biri uning oilasi bilan bog’lanishdir,
chunki mobil yosh yigit, ko’p
xollarda, oila a’zolari orasida o’zining yangi manzilini “qaydlaydi” (minimum
sifatida, zarurat bo’lganda ota-ona ijara xaqini to’lash uchun moddiy yordam
berish imkoniyati bo’lishi uchun). Shunday qilib, mobil yosh yigit bilan kontaktga
kirishni xoxlovchilar, birinchi navbatda murojaat qiladigan joy, o’zgarmas manzilli
ota-ona uyi, yagona joy bo’lib qoladi. Keyinchalik do’stlar orasida muloqat yoki
bilvosita (masalan, xabar avval ota-ona uyiga yuboriladi, u yerdan xabar mobil
yosh yigitga jo’natiladi) yoki bevosita (masalan, xabar ota-ona uyidan olingan
manzil bo’yicha to’g’ridan-to’g’ri mobil yosh yigitga jo’natiladi) bo’lishi mumkin.
Tarmoq texnologiyalarida mobil uzelning (masalan, noutbuk yoki smartfon)
doimiy uyi
uy tarmog’i deb ataladi, uy tarmog’i tarkibiga kiruvchi va mobillikni
boshqarish bo’yicha
vazifalarni bajaruvchi, mobil qurilma
uy agenti deb ataladi.
Mobil uzel xozirgi vaqt momentida joylashgan tarmoq,
begona (yoki