239
imkoniyati saqlanishi kerak.
Undan tashqari, EPC texnologiyasi tarmoqni
boshqarish va foydalanuvchi ma’lumotlarini uzatish tekisliklarini aniq ajratish
imkonini beradi, bu xolda mobillikning ko’p sonli funksiyalarini qo’llab-
quvvatlanadi, ularning qo’llanishini biz 6.7-bo’limda nazorat tekisligida
o’rganamiz. EPC texnologiyasi turli xildagi radio kirish tarmoqlaridan foydalanish
imkoniyatini beradi, jumladan eskirgan 2G tarmoqning Motorola 2007 va 3G
avlod radio kirish tarmoqlari, ular bazaviy tarmoqqa ulanishi mumkin.
Biz sizga
ikkita juda foydali manbalarga
www. motorola.com va
lightreading.com
saytlariga murojaat qilishingizni tavsiyalaymiz.
•
LTE radio kirish tarmog’i. LTE tarmoqlarida chiquvchi kanalni
chastotaviy va vaqtli multipleksorlash, shuningdek chastotalar ortogonal ajratilgan
multipleksorlash (Orthogonal Frequency Division Vultiplexing - OFDV) deb
ataladigan, birikmalari qo’llanadi. Bu xolatda “ortogonal” atamasi, turli
chastotaviy kanallarga yuborilgan signallar, xatto kanal
chastotalari juda yaqin
masofada bo’lgan xolatlarida ham, amalda bir-biriga xalaqit bermasligini namoyon
etadi. LTE tarmog’ida har bir mobil uzelga kanalning bitta yoki bir nechta
chastotalarida uzunligi 0,5 ms bo’lgan bitta yoki bir nechta vaqt oraliqlari taqdim
etiladi. 6.20-rasmda, to’rtta chastotada sakkizta vaqtli oraliqlarni ajratish
tasvirlangan. Mobil uzelga nisbatan ko’p sondagi vaqtli oraliqlarni (bitta yoki bir
nechta chastotalarda) taqdim etish ma’lumotlar uzatishda yanada yuqoriroq
tezliklariga erishish imkonini beradi. Mobil uzellar uchun vaqtli oraliqlarni ajratish
va
qayta ajratish, diqqat, millisekunda bir marta amalga oshirilishi mumkin!
Bundan tashqari, ma’lumotlar uzatish tezligini o’zgartirish uchun signal
modulyatsiyasining turli sxemalaridan foydalanish mumkin (avvalgi 6.3-rasm
bo’yicha va Wi-Fi tarmoqlaridagi modulyatsiya sxemalari muxokamasini ko’rib
chiqing). LTE radio kirish tarmoqlaridagi yana bitta innovatsiya ko’p kanalli kirish
va ko’p kanalli chiqishda (MIMO) murakkab antennalarni qo’llashdir. LTE
tarmoqlarining chiqish kanallarida foydalanuvchi qurilmasining ma’lumotlar
240
uzatish maksimal tezligi 100 Mbit/s va 20 MGs simsiz spektrning foydali
ishlatilishida kirish kanali bo’yicha 50 Mbit/s bo’ladi.
LTE standarti mobil uzellarga konkret vaqtli oraliqlarni ajratishni majbur
qilmaydi. Buning o’rniga, berilgan chastotada, berilgan vaqtli oraliqda qaysi mobil
uzellar ma’lumotlar uzatishni
amalga oshirish qarorini, LTE tarmoq uskunalari
ishlab chiqaruvchisining va/yoki mazkur tarmoq operatorining vaqtdan foydalanish
algoritmlari-rejalashtiruvchilari tomonidan qabul qilinadi. “Yurish vaqtida”
rejalashtirish (yoki opportunistik rejalashtirish), yuboruvchi va qabul qiluvchi
orasidagi aloqa kanali xolatiga bog’liq xolda fizik satx protokolini tanlovchi,
shuningdek aloqa kanali xolatiga bog’liq xolda ma’lumotlar paketi uzatilganda
qabul qiluvchilarni tanlashni amalga
oshirish imkoniyati, radio tarmoq kontrolleri
simsiz muxitdan samaraliroq foydalanishga imkon beradi. Bundan tashqari,
foydalanuvchilar imtiyozlarini va chiqish kanali bo’yicha ma’lumotlar paketlarini
uzatishda xizmat ko’rsatish darajasi shartnomalarini (masalan, kumush, oltin yoki
platinali) qo’llash imkoniyatini berishi mumkin. Yuqoridagi tavsiflangan LTE
tarmoqlari imkoniyatlariga qo’shimcha sifatida, LTE-Advanced (kengaytirilgan
LTE) texnologiyasi mobil uzellarga chiqish yo’nalishlarida, bunday uzellarga
agregatlangan aloqa
kanallarini ajratish yordamida, ma’lumotlar uzatish tezligini
bir necha yuz megabit sekundga oshirish imkonini beradi.
241
18.3-rasm.
Kanalning barcha chastotalarida freymning 10 ms yigirma sakkizta 0.5
ms vaqtli oraliqlar tashkil etilgan. Ajratilgan sakkizta vaqtli oraliqlar qoraytirilgan
To’rtinchi avlodning yana bitta simsiz texnologiyasi - WiMAX (World
Interoperability for Microwave Access – mikroto’lqinli kirish uchun global
birgalik) - LTE dan ancha farqlanuvchi, IEEE 802.16 standartlar oilasidir. To’rtichi
avlod texnologiyalaridan – LTE yoki WiMAX – qaysi
birining foydasiga tanlov
bo’lishi xozircha noma’lum.