264
ilovaning «yadrosi» hisoblanadi. Ilovalarning dasturiy ta’minoti ikkita yoki
ko‘pgina yakunlovchi tizimlar (xostlar) orasida taqsimlanadi. Masalan, web-ilova
odatda ikkita o‘zaro bog‘lanuvchi qismdan: foydalanuvchi
tomonda joylashgan
brauzerdan va serverning dasturiy ta’minotidan tashkil topgan. Masalan, Telnet
ilovalari ham shunga o‘xshab lokal kompyuterdagi
dasturda va uzoqdagi
kompyuter dasturidan tashkil topgan. Videokonferensiya o‘tkazishni ta’minlovchi
ilovalar, xost konferensiyalarida ishtirok etuvchilarning barchasida joylashgan juda
ko‘p dasturlardan tashkil topgan.
Operatsion tizim tilida o‘zaro bog‘lanish, dasturlar orasida emas,
balki
jarayonlar orasida amalga oshadi. Jarayonni, yakunlovchi
tizimda bajariladigan
dastur kabi tasavvur qilish mumkin. Agar jarayon bitta xostda bajarilsa,
uning
o‘zaro bog‘lanishini xostning operatsion tizimi ta’minlaydi va kompyuter tarmog‘i
bilan bog‘liq emas. Bizni turli yakunlovchi tizimlarga moyil bo‘lgan jarayonlar
orasidagi ma’lumotlarni almashinish (umumiy holatda qo‘llaniladigan
turli
operatsion tizimlar) qiziqtiradi. Bunday almashinish kompyuter tarmog‘i orqali
uzatiladigan xabarlar yordamida amalga oshadi.
Jo‘natuvchi xabarni generatsiyalaydi va uni tarmoqqa jo‘natadi,
manzil
bo‘yicha talabgorlar xabarni oladi, ma’lum bir harakat qiladi va ba’zida
jo‘natuvchiga javob xabarini yuboradi.