270
20.5. Telnet protokoli va uning tuzilishi
Telnet
xizmati – Internet texnologiyalarining an’anaviy xizmatlar turidan
biridir. Hozirgi kunda bu xizmat amalda qo‘llanilmaydi.
Shuning uchun bu
xizmatning asosiy, umumiy tamoyillarini ifodalash bilan chegaralanamiz.
Telnet xizmatining asosiy vazifasi – uzoqdagi kompyuter resurslariga
ulanish uchun tarmoq terminalini qo‘llash hisoblanadi. U ikki tomonlama
ma’lumotlarni uzatish kanalini ta’minlaydi (20.3-rasm).
20.3-rasm. Telnet xizmati uchun mijoz-server sxemasi.
Telnet xizmatida ma’lumotlarni uzatish va boshqaruvchi
axborotlar uchun
TCP-ulanish qo‘llaniladi. Bunda Telnet protokoli uzoqdagi terminalni serverga
ulanishini ta’minlash uchun 23-portni zahiralaydi.
U uchta bazaviy funksiyalarni bajaradi:
uzoqdagi tizimga standart interfeysni ta’minlovchi tarmoqning virtual
terminali (NVT- network virtual terminal) ni aniqlaydi;
mijoz va serverga almashinish opsiyasi moslashtirish
imkonini beruvchi
mexanizmni ulaydi;
serverning har qanday dasturini yaratgan holda, mijoz sifatida qatnashish
imkonini beruvchi ulanish simmetriyasini ta’minlaydi.
ASCII kodida ishlovchi Telnet protokoli
serverga uzoqdagi barcha
terminallarni, standart qator turidagi (20.4-rasm) “tarmoqning virtual terminallari”
kabi qarash, shuningdek, ancha murakkab funksiyalarni (masalan lokal yoki
271
uzoqdagi
exo-nazorat, varaqlash rejimi va h.k.) moslashtirish imkonini
ta’minlaydi.
20.4-rasm. NVT tarmoq virtual terminalining sxemasi.