277
ikkita foydalanuvchilar bo‘lgan Alisa va Bob misolida komponentlardan har birini
ko‘rib chiqamiz. Foydalanuvchi agentlari elektron xatlarni o‘qish, javob berish,
qayta uzatish, yaratish va saqlashga imkon beradi.
Alisa Bobga yangi xat
yozganida uning agenti xatni pochta serveriga yuboradi,
bu yerda xat serverning
chiquvchi xabarlari navbatiga tushadi. Bob xatni o‘qishni istaganida uning agenti
pochta serveri bilan bog‘lanadi va xatni Bobning shaxsiy kompyuteriga yetkazadi.
1990-yillarning ikkinchi yarmida mul’timediali xabarlarni o‘qishga va yaratishga
imkon beradigan foydalanuvchining grafik interfeysli agentlari (Graphical User
Interface, GUI) keng tarqaldi.
21.1-rasm. Internet elektron pochtasining tuzilmasi
Endi pochta serverlari orasida xabarlarni uzatilishi
qanday tarzda amalga
oshirilishini ko‘rib chiqamiz. Ta’kidlash joizki, SMTP protokoli o‘z ma’nosi
bo‘yicha ikkita foydalanuvchini to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zaro muloqot qilishini
anglatadi. Demak, dastlab SMTP mijoz serverning 25-porti
bilan TCP-
bog‘lanishni amalga oshirishga urinadi. Agar server javob bermasa urinish
278
keyinroq takrorlanadi. Bog‘lanish o‘rnatilganidan keyin
mijoz va server amaliy
darajada muloqot qilishdan oldin bir-birlariga o‘zini tanishtiradigan kishilarga
o‘xshash qo‘l berishlar bilan muloqot qiladi. Qo‘l
berishlar protsedurasining
borishida mijoz xabarni oluvchi va jo‘natuvchining pochta qutilari manzillarini
aniqlaydi. Qo‘l berishlar yakunlanishi bilan mijozdan
serverga xabarni uzatilishi
jarayoni boshlanadi. Modomiki, uzatish TCP protokoli yordamida amalga oshirilar
ekan, ma’lumotlarni ishonchli yetkazilishi ta’minlanadi. Agar mijozning navbatida
bu serverga mo‘ljallangan boshqa xabarlar bo‘lsa, ularning barchasi bitta TCP-
bog‘lanish orqali ketma-ket uzatiladi. Barcha xabarlar
uzatilganidan keyin mijoz
server bilan bog‘lanishni yopadi.
21.2-rasm. Alisa Bobga xabar jo‘natayapti