275
TFTP protokoli tarkibida paket turlari (tftpd foydalanuvchi uchun
/usr/TFTPRoot):
Read Request (RRQ, #1) – faylni o’qish uchun so’rov;
Write Request (WRQ, #2) – faylni yozish uchun so’rov;
Data (DATA, #3) – ma’lumot, TFTPorqali uzatish uchun;
Acknowledgment (ACK, #4) – paketni tasdiqlash;
Error (ERR, #5) – xatolik.
20.8-rasm. TFTP
protokolining xabar formati
276
21-BOB. ELEKTRON POCHTA (E-MAIL) XIZMATI. ELEKTRON
POCHTA PROTOKOLLARI
Elektron
pochta
Internetdan
oldin
paydo
bo‘lgan.
Internet
texnologiyalarining paydo bo‘lish davrida u mavjud ilovalardan eng ommalashgani
hisoblangan. Rivojlanishi yillarida esa ko‘plab o‘zgartirishlarga uchradi va
hozirgacha o‘zgarishda davom etmoqda.
Oddiy pochta kabi elektron pochta asinxron aloqa vositasi hisoblanadi.
Kishilar bir-birlariga ularga qulay vaqtlarda yo‘llanadigan manzillar
bilan oldindan
kelishmasdan xabarlarni yuboradi. Elektron pochtaning oddiy pochtaga qaraganda
afzalligi yetkazishning yuqori tezligi, ishlatilishidagi
oddiylik va past xizmat
ko‘rsatish narxi hisoblanadi. Manzillarni tarqatish ro‘yxati yordamida jo‘natuvchi
o‘sha bir xabarni bir vaqtda yuzlab oluvchilarga qayta uzatishi mumkin. Bundan
tashqari, zamonaviy elektron pochta xatlar bilan birga giperko‘rsatmalarni, HTML
formatdagi
matnlarni, tasvirni,
audio va videofayllarni, Java-appletlarni va
boshqalarni tarqatishga imkon beradi.