290
6. FTP protokoli qanday maqsadlarda qo‘llaniladi va u bo‘yicha fayllar
qanday uzatiladi?
7. HTTP va FTP protokollarining qanday umumiylik jihatlari mavjud?
8. Elektron pochta xizmatining vazifasini ayting.
9. SMTP protokolining vazifalariga nimalar kiradi?
10. SMTP va HTTP protokollarini o’zaro taqqosllang:
farqli va umimiy
tavsiflarini keltiring.
11. Elektron pochta xabarlarining formatlari to’g’risida nimalarni bilasiz?
12. MIME xabarlarining formatlari.
13. POP3 protokolining vazifasi nima?
14. IMAP protokolining vazifasi va uning tuzilishi.
15. Web-interfeysli elektron pochtani izohlang.
11-BO’LIM. INTERNET XIZMATLARI, TASNIFI, ASOSIY TAVSIFLARI.
ONLAYN, CHAT, QIDIRUV, KONFERENS ALOQA, USENET
XIZMATLARI
22-bob. WORLD WIDE WEB (WWW) XIZMATI – YAGONA AXBOROT
MUHITIDA TARMOQ RESURSLARINING GIPERMATNLI TIZIMI
INTEGRATSIYASI
291
22.1. HTTP haqida tushuncha
Web «yuragi» da gipertekstni uzatish protokoli (HTTP) hisoblanadi. U
amaliy sath protokoli bo’lib, HTTP haqidagi tushunchani RFC 1945 va RFC 2616
da topish mumkin. HTTP protokoli ikki dastur yordamida amalga oshiriladi: klient
va server. Ular turli
oxirgi stansiyalar joylashib, HTTP-xabarlari bilan
almashinadi.
Klient va serverni o’zaro ta’sirlashish g’oyasini 25.1-rasmdan tushunish
mumkin. Qachon foydalanuvchi web-sahifani so’rasa (masalan,
giper murojatga
kursor bilan bosilsa), brauzer HTTP-serverga web-sahifalarning tashkil
topuvchilari – ob’yektlar so’rovini jo’natadi. Server so’rovni qabul qiladi va talab
etiladigan ob’yektlardan tarkib topuvchi xabarlarni jo’natadi.
Klient so’rovlarni o’zining soket interfeyslari orqali javoblarni qabul qiladi,
server esa so’rovlarni qabul qilish va ularni bajarish uchun soket interfeysini
ishlatadi. web-so’rov klient soketini aniqlagandan so’ng
shu zahoti u TCP
protokoli «qo’li»da bo’ladi. TCP protokolining vazifalaridan biri – ma’lumotlarni
ishonchli uzatishni ta’minlashdir. Bu shuni anglatadiki, har bir so’rov klient
tomonidan uzatiladigan va serverning har bir javobi jo’natilganda
aniq mos
keluvchi ko’rinishga yetkaziladi. Bu yerda ko’p sathli kommunikatsion model
afzalliklaridan biri namoyon bo’ladi: HTTP protokoliga uzatish ishonchliligini
nazorat qilish va buzilishlarda paketlarni qayta uzatishni ta’minlash kerak emas.
292
25.1-rasm. HTTP so’rov va javoblarini uzatish.
Belgilab o’tish kerakki, klientlarga xizmat ko’rsatish
tugagach, server ular
haqida hech qanday axborot saqlamaydi. Agar, masalan, qandaydir klient o’sha
resursni ketma-ket 2 marta so’rov bersa, server takrorlovchi so’rov haqida klientni
hech qanday ogohlantirmay uni bajaradi. HTTP protokoli ulanish holatini eslab
qolmaydigan protokol (stateless protocol) hisoblanadi.