293
22.3. Doimiy va doimiy bo’lmagan ulanishlar
HTTP protokoli doimiy va doimiy bo’lmagan ulanishlarga ega bo’lishi
mumkin. Doimiy bo’lmagan ulanishlarda TCP protokol faqat bita ob’yektni,
doimiy ulanishda – hamma ob’yektlarni qabul qilib oladi.
22.3.1. Doimiy ulanishlar
Doimiy ulanishda server so’rovga xizmat ko’rsatilgach, TCP ulanishni
yopmaydi, bu bir ulanishda bir necha so’rovlarga xizmat qilishga imkon beradi.
Agar bizning misolimizda doimiy
ulanish mexanizmi ishlatilsa, u holda bazaviy
HTML-fayl va 10 ta tasvirdan iborat klientga bitta TCP ulanish orqali uzatiladi. Bu
agar hamma ob’yektlar bir xil va o’sha xostda joylashgan
holatlardagina amalga
oshiriladi. TCP ulanishni o’chirilishi, agar u belgilangan vaqt davomida
ishlatilmasa ro’y beradi.