Qidiruv tizimi
Server
Auditoriya hissasi
Yandex
http://www.yandex.ru
67 % gacha
Google
http://www.google.com
33 % gacha
Rambler
http://search.rambler.ru
20 % gacha
Poisk@Mail.ru
http://go.mail.ru
15 % gacha
APORT
http://www.aport.ru
10 % gacha
MSN
http://search.msn.com
3 % gacha
Nigma
http://nigma.ru/
3 % gacha
Yahoo!
http://search.yahoo.com
1 % dan kam
bo’lmagan
Altavista
http://www.altavista.com
1 % dan kam
bo’lmagan
WebAlta
http://webalta.ru/
1 % dan kam
bo’lmagan
Barcha qidiruv tizimlari so’rovlar tilining o’xshash prinsiplarini
(tamoyillari) qo’llaydilar. Har bir qidiruv tizimi uchun so’rovlar tilining to’liq
yozib berilganiga havolalarni bosh sahifadan topishi mumkin. So’rovlar tilining
ko’pchiligida oddiy so’rovdan tashqari quyidagi operatorlarni berishi mumkin –
VA (AND), YOKI (OR), YO’Q (NOT), metasimvol *, 5 tagacha erkin simvollarni
almashtiradi, koeffitsient simvollar + va –, so’rovda kiritilayotgan so’zlarning
ahamiyatini oshirib yoki kamaytirishga xizmat qiladi.
23.3.1. Google qidiruv tizimi
Google qidiruv tizimi (http://www.google.com) 1999 yil sentabr oyida
yaratilgan. Bugungi kunda baza hajmi 1 milliarddan oshiq hujjatdan iborat. Tizim
foydalanuvchiga oddiy va kengaytirilgan qidiruv interfeyslari va qidiruvni
oldindan o’rnatish sahifasini yaratishni taklif qiladi (24.5-rasm).
Google – qidiruv tizimiga oid sayt hisoblanadi.
Quyida GOOGLE qidiruv tizimi va bu nomdagi kompaniya faoliyatiga oid
faktlar keltirilgan:
312
1. Google kompaniyasini asoschilari Larry Page va Sergey Brin hisoblanadi;
2. Larry Page va Sergey Brin PageRank texnologiyasiga patent olgach, o’z
kompaniyalarini AltaVista kompaniyasiga 1 mln dollarga sotib yubormoqchi
bo’lishdi, lekin AltaVista bu taklifni qabul qilmaydi va o’ziga kuchli raqobatchi
yaratib oladi;
3. PageRank texnologiyasi kodlarida 500 mln ga yaqin o’zgaruvchilar va 2
mlrd ga yaqin mantiqiy elementlar mavjud;
4. Dastlabki Google kompaniyasining serverlari Linux operatsion tizimida
ishlagan;
5. The Grateful Dead gruppasi oshpazi hozirgi kunda Google kompaniyasining
bosh oshpazi hisoblanadi;
6. Boshqa korxonalardan farqli ravishda Google kompaniyasi iqtisodiy krizis
paytida ham o’z shtatini kengaytirishga erishgan (2000 yil);
7. Google kompaniyasida 3000 ga yaqin ishchi ishlaydi;
8. Kompaniyaning 450000 ga yaqin serverlari mavjud bo’lib, ular butun dunyo
bo’ylab tarqalgan;
9. Google saytining oddiyligi (asosan oq fon), dastlab bu korxonada yaxshi
dizaynerlar yo’qligi bilan tushuntirilgan. Sayt yaratuvchilari bilimi sust bo’lib,
hattoki “Submit” tugmasini ham qilisha olmagan. Klaviaturadagi Enter tugmasi
submit tugmasini o’rnini bosgan;
10.
Google kompaniyasida ish shunday yo’lga qo’yilganki, ishchilar ish
vaqtining 20% ni, o’zlarining shaxsiy dasturlari (loyihalari) ustida ishlashga
sarflashadi. Shu sababli hozirgi kunda Google ning kichik xizmatlari ko’payib
ketmoqda (Orkut, Google news va h.k.). Lekin bu xizmatlar foydalanuvchilarga
e’lon qilinmaydi;
11.
Kompaniyani to’g’ri nomlanishi GOOGOL edi, lekin kompaniyani
tasdiqlatish davomida xatolikga yo’l qo’yilib, Google nomi yozib yuborilgan. Bu
xatolik to’g’irlanmasdan qolgan. O’ylangan kompaniya nomi Googol – katta
o’lchamdagi raqamlar deganidir (10 darajasi 100);
313
12.
2004 yilda kompaniya dastlabki aksiyalarini birjaga qo’yadi va o’z
aksiyalarini donasini 85$ qilib belgilaydi. Bir yil ichida bu aksiya 317,8$ ga
ko’tariladi. Hech qachon aksiya narxi dastlabki (85$) narxidan pastga tushmagan;
13.
Google kompaniyasi o’z emblemasini har bayramda, shu bayramga
mos holda o’zgartirib turadi va shu tariqa eski bayramlarni yuzaga chiqarishga
harakat qiladi;
14.
Google sayti 100 ga yaqin tillarni tushuna oladi, undan tashqari har xil
mul’tfilmdagi qahramonlarni tilini ham (misol uchun Bugs Bunny);
15.
Google kompaniyasi 20 %/5 % degan qoidaga amal qiladi. Agar 20%
foydalanuvchi yangi yaratilgan funksiyadan foydalansa, bu funksiya saytning
asosiy interfeysida qolar ekan. Agar 5% foydalanuvchilar bu funksiyadan
foydalansa, bu funksiya saytning “расширенные настройки” degan qismiga
joylashtirilar ekan;
16.
Google kompaniyasi ishchilarida qat’i o’rnatilgan ish soati mavjud
emas. Kim qachon ishlashni foydali deb topsa o’sha vaqtda ishlaydi. Asosiysi ish
rejasi bajarilsa bo’ldi;
17.
Google kompaniyasi yangi kadr olishda quyidagicha yo’l tutadi: HR
xizmat orqali jo’natilgan 10 ta shaxsiy varaqadan 1 tasiga telefon qiladi, 10 ta
telefon qilganlardan 1 tasini suhbatga taklif etadi, 10 ta suhbatga kelgan odamdan 1
tasini ishga oladi. Demak Google kompaniyasiga kirish tanlovi 1:1000;
18.
Google kompaniyasiga ishga kirish qiyin ekanini ko’rdik, shu bilan
birga ishdan haydalish ham qiyin ekan. Ishlashni hohlamagan ishchi bilan suhbat
uyishtiriladi hamda boshqa ish taklif etiladi, yana ishlamasa, yoniga bitta ishchi
berib ishni o’rgatib nazorat qilish so’raladi, shunda ham ishlamasa yana bir bor
jiddiy suhbat uyishtirilar ekan, va nihoyat yarim yil deganda ishdan bo’shatilar
ekan. Bu albatta kamdan kam bo’ladigan holat, chunki kompaniya, ishga kirishda
xodimlarni chertib-chertib ishga qabul qiladi;
314
19.
Google-shaharchada ya’ni Google kompaniyasi hududida 20 ta
restoran xodimlar uchun xizmat qiladi, eng qizig’i barcha restoranlar mutlaqo
bepul;
20.
Google kompaniyasi joylashgan ko’cha “Google street” deb
nomlanadi.
23.1-rasm. Google va shu nomli kompaniya ramziy belgisi
23.2-rasm. Google qidiruv tizimining uy sahifasi.
Google ning afzallik jihati – hujjatning relevantlik darajasini aniqlovchi
texnologiya ushbu resursga boshqa manbalardan havolalar tahlili yo’li bilan
aniqlanishidir. Bu texnologiya PageRankTM deb nomlanadi. Qandaydir Web-
sahifaga boshqa sahifalardan havolalar ko’p bo’lsa, uning Google bazasida reytingi
315
shuncha yuqori bo’ladi. Qidiruv natijalarini berishda ro’yxat boshida yuqori
reytingga ega sahifalar bo’ladi (boshqa teng tashkil etuvchilar).
Asosiy bazadan tashqari so’rov BD Real Names va Internet resurs Google
Web Directory singari informatsion massivlar katalogini qo’llab qayta ishlanadi.
Google o’zining bazasiga boshqa qidiruv tizimlariga kirishga ruxsat beradi,
ular orasida mashhurlari Netscape’s Search hamda Yahoo lardir.
Tizimning asosiy afzalligi bu – bazaning hajmi, stop-so’zlar kichik ro’yxati
va agar u asosiy adresdan o’chirilgan bo’lsa Google bazasidan hujjatlar nusxasini
olish imkoniyati hisoblanadi.
Google qidiruv tizimi oddiy va kengaytirilgan qidiruv ni amalga oshiradi.
So’rovni qayta ishlashda tizim so’zlar orasidagi probelni mantiqiy operator AND
singari interpretatsiya qiladi, biroq operatorning o’zi kiritganini qo’llab-
quvvatlamaydi. So’rov qidiruv maydoniga kiritiladi. O’ng tomonda
«kengaytirilgan qidiruv» sahifasiga havolalar va qidiruvni oldindan o’rnatishni
yaratuvchi
sahifa
joylashgan:
«Настройки»(sozlash)
va
«Языковые
инструменты» (til instrumenti).
Agarda stop-so’zlarni qo’llab qidiruv olib borish kerak bo’lsa, uning oldida
«+» belgisi qo’yiladi. Tizim mantiqiy operator OR ni qo’llab-quvvatlaydi. NOT
operatori probelsiz so’z oldida «–» belgisiga o’zgartiriladi. Ibora oldida «+» va «–»
belgilarini qo’yish mumkin.
|