Cookie – server bilan foydalanuvchining o’zaro faoliyati




Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/209
Sana25.12.2023
Hajmi11,41 Mb.
#128215
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   209
Bog'liq
Internet tarmoqlari va xizmatlari (1)

 
22.5. Cookie – server bilan foydalanuvchining o’zaro faoliyati 


301 
 
Biz HTTP-server ulanish haqidagi axborotni eslab qolmasligini aniqladik. 
Bu serverni ishlab chiqarishni soddalashtiradi va yuzlab TCP-ulanishlarga bir 
vaqtda xizmat ko’rsatish hisobiga ishlab chiqarishni oshirishga erishishga imkon 
beradi. Shunga qaramay, server orqali foydalanuvchilarni tanib olish imkoniyati 
mavjud. Bunga sabab bo’lib, quyidagilar xizmat qilishi mumkin: serverda 
joylashgan axborotlarga ulanish huquqlarining chegaralanishi yoki har bir 
foydalanuvchiga xususiy axborotli xizmatlar majmuasini taqdim etish. Bu 
maqsadlar uchun HTTP protokoli “cookie” ob’yektlarini ishlatadi. 
Cookie ob’yektlari foydalanuvchilarni identifikatsiya vositasi yordamida 
alternativ avtorizatsiyasi hisoblanadi. Cookie tushunchasi RFC 2109 hujjatlarida 
keltirilgan. Odatda cookie ob’yektlari Internet ob’yektlarida, elektron tijorat 
(masalan, Amazon) va reklama (masalan, Double Click) larda qo’llanishdan iborat. 
Cookie texnologiyasi 4 ta asosiy komponentlarni mavjudligini nazarda tutadi 
(25.5-rasm): 

sarlavhali cookie - qator serverning javob xabarida; 

sarlavhali cookie - klient so’rovida; 

cookie-fayl, klient tomonida joylashgan va brauzer bilan qayta ishlanadigan; 

web-saytda joylashgan ma’lumotlarning oxirgi bazasi. 
Cookie ob’yektini ishlatishga tipik misol ko’rib chiqamiz. Taxmin qilamizki, 
foydalanuvchi ulanish uchun webda o’sha brauzerni ishlatsin (bu InternetExplorer 
bo’lsin) va elektron tijorat xizmatlarni taqdim etuvchi, Amazon.com saytida 
birinchi marta bo’lsin. Saytga ulanish cookie texnologiyasi yordamida amalga 
oshiriladi. Birinchi ulanishda Amazon Web-server foydalanuvchi uchun katta 
identifikatsiya nomerini generatsiyalaydi, o’zining ma’lumotlar bazasida 
identifikatsiya nomeriga teng bo’lgan indeksli yozuvni yaratadi va 
foydalanuvchining 
klientiga javob xabarini jo’natadi, uning tarkibida 
identifikatsiya nomeridan iborat sarlavhaning Set-cookie maxsus qatori mavjud.
Set-cookie: 1678


302 
Brauzer javobni qabul qilib, uni tahlil etadi va cookie-faylga Set-cookie 
qatorni qo’shadi. Bu fayl xostlar nom va serverlarning mos keluvchi identifikatsiya 
nomeridan iborat. Har safar web-saytga so’rov shakllanganda brauzer cookie-
faylga murojat qiladi, undan kerakli identifikatsiya nomerini oladi, uni so’rovga 
kiritadi va serverga jo’natadi. Har bir shunday so’rov tarkibida sarlavhaning 
cookie: 1678 ko’rinishdagi qatori mavjud bo’ladi. 
Shu tarzda server o’zida foydalanuvchi faoliyati haqidagi axborotni yig’ishi 
mumkin: ulanish vaqti, sahifalarga kirish va b. Bu o’z navbatida serverga sotib 
olish vaqtida qilingan ro’yxat bilan «foydalanuvchi kartasi» ni tashkil etish 
imkonini beradi va ularni darhol to’lash imkonini beradi. 
Saytga takroriy kirishlarda identifikatsiya nomeri serverga yana uzatiladi. 
Foydalanuvchining oldingi xaridlari haqida axborotga ega bo’lgan server, 
uning asosida yangi xaridlar haqida tavsiyalar tuzishi mumkin. Bunday 
kommersiya saytlari foydalanuvchilarga o’zining ismi, sharifi, pochta adresi, 
kredit karta nomeri, elektron pochta qutisining adresi va boshqalarni ko’rsatgan 
holda ro’yxatdan o’tish imkonini beradi. Kiritilgan ma’lumotlar serverning 
ma’lumotlar bazasiga beriladi. Yoritilgan mexanizm yordamida «sichqonchani bir 
marta bosish bilan xarid qilish» amalga oshiriladi – shaxsiy ma’lumotlarni kiritish 
zarurati yo’qoladi. 


303 
22.5-rasm. Cookie yordamida foydalanuvchi identifikatsiyasi. 
Shunday qilib, cookie ob’yektlari foydalanuvchilarning identifikatsiya 
vositasini namoyon etadi. Birinchi ulanish seansida foydalanuvchi qandaydir 
identifikatsiya parametrini (masalan, o’zining ismini) kiritadi, server esa javob 
xabarida 
foydalanuvchiga 
sarlavhali 
cookie-qatorni 
jo’natadi, 
uni 
identifikatsiyalaydi. Bundan tashqari cookie texnologiyasi ulanish haqida 
axborotni eslab qolmaydigan HTTP protokoli uchun qo’shimcha «seansli sath» 
yaratish imkonini beradi. Misol uchun, qachonki foydalanuvchi elektron 
pochtaning web-ilovasiga ulansa, brauzer cookie-informatsiyani serverga 
jo’natadi, u seans vaqtida foydalanuvchini identifikatsiyalashga imkon yaratadi. 


304 
Bunga qaramay cookie ob’yektlari foydalanuvchilar uchun xaridlar 
jarayonini 
soddalashtirish 
imkonini 
beradi, 
ular 
yuqorida 
keltirilgan 
avtorizatsiyalash sxemasi kabi informatsiya konfidensialligini ta’minlash nuqtai-
nazaridan juda ishonchsiz. Biz ishonch hosil qilganimizdek, ro’yxatdan o’tish 
jarayoni foydalanuvchilarga shaxsiy xarakterdagi ma’lumotlarni taqdim etishga 
olib keladi, ular xavfsiz cookie-ulanish ishlatilganda boshqa imsonlarga ma’lum 
bo’lib qolishi mumkin. Bundan tashqari, cookie ob’yektlari foydalanuvchining 
ko’plab web-saytlardagi faoliyati haqida axborot yig’ish uchun ham qo’llanilishi 
mumkin. 

Download 11,41 Mb.
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   209




Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Cookie – server bilan foydalanuvchining o’zaro faoliyati

Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish