• 23.1. SE xizmatning vazifasi
  • Kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti




    Download 11,41 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet131/209
    Sana25.12.2023
    Hajmi11,41 Mb.
    #128215
    1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   209
    Bog'liq
    Internet tarmoqlari va xizmatlari (1)

     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     


    305 
     
    23-BOB. SE XIZMATI – QIDIRUV TIZIMLARI 
     
    SE (Search Engine) qidiruv xizmati tizimlari – bu maxsus Web-saytlar
    ularda foydalanuvchi berilgan so’rov bo’yicha shu so’rovga mos keluvchi 
    saytlarga havola (ссылка) olishi mumkin. 85% Internet foydalanuvchilari kerakli 
    mahsulotlar, xizmatlar va axborotlarni topish maqsadida qidiruv tizimlaridan 
    foydalanadilar. 
    23.1. SE xizmatning vazifasi 
    Qidiruv tizimlari tematik kataloglardan farq qiladi. Ular katta bazaga ega 
    URL-adreslarni ifodalaydi, bunda ular avtomatik ravishda bu adreslar bo’yicha 
    Web-sahifalarga murojaat qiladi, sahifalarning mazmunini o’rganib chiqadi, 
    sahifalardan 
    kalit so’zlarni yozib oladi va shakllantiradi (sahifalarni 
    indeksatsiyalaydi). Bundan tashqari bu serverlar sahifalarda barcha uchraydigan 
    havolalarga murojaat qiladi va yangi sahifaga o’tayotib xuddi shunday ishni 
    bajaradi. Ixtiyoriy Web-sahifa boshqa sahifalarga bir necha havolaga egadir, ya’ni 
    bunday ishda qidiruv tizimi natijada Internet barcha saytlarini “aylanib” chiqadi. 
    Qidiruv tizimi quyidagi asosiy komponentlardan iborat: 
    O’rgimchak (spider) – Web-sahifalarni, foydalanuvchi brauzeri usulida 
    yuklab oluvchi dastur. Ularning farqli tomoni shundaki, brauzer sahifada bo’lgan 
    axborotlarni aks ettiradi (matnli, grafikli), o’rgimchak esa vizual komponentlarga 
    ega emas va to’g’ridan-to’g’ri sahifaning html-matni bilan ishlaydi (ko’rish uchun 
    brauzerda «просмотр html-кода» qilish mumkin). 
    Sayohat qiluvchi o’rgimchak (crawler) – sahifada mavjud bo’lgan barcha 
    havolalarni aks ettiruvchi dastur. Uning vazifasi – havolalarga asoslanib yoki 
    oldindan berilgan adreslar ro’yxatidan kelib chiqib, o’rgimchak qayerga borishini 


    306 
    aniqlab beradi. Krauler topilgan havolalar bo’yicha qidiruv tizimida noma’lum 
    bo’lgan yangi hujjatlar qidiruvini amalga oshiradi. 
    Indeksator (indexer) – sahifani tarkibiy qismlarga bo’lib, ularni tahlil 
    qiluvchi dastur. Sahifaning turli elementlari, ya’ni tekst, sarlavha, tarkibiy va 
    uslubiy o’ziga xosliklari, maxsus xizmat html-teglari va b. ajratib olinib tahlil 
    qilinadi. Index-fayl tahlil natijasi hisoblanadi. 
    Ma’lumotlar bazasi (database) – bu yuklab olish jarayonida qidiruv 
    tizimidan olingan barcha index-fayllar va Web- sahifalar tahlili ombori. Ba’zida 
    ma’lumotlar bazasini qidiruv tizimi indeksi deyiladi. 
    Natijalarni berish tizimi (search engine results engine) – sahifalarni 
    darajalash bilan shug’ullanadi. U foydalanuvchilar so’rovi asosida shakllangan 
    sahifalarni taqdim etadi va ular qanday tartibda saralanishini belgilaydi. Bu 
    qidiruv tizimini darajalash algoritmi asosida amalga oshiriladi. Qidiruv tizimining 
    bu komponenti bilan optimizator aloqada bo’ladi, u chiqarish paytida sayt holatini 
    darajalash natijalariga ta’sir ko’rsatuvchi ma’lum bir faktorlar yordamida 
    yaxshilashga harakat qiladi. 
    Web-server (Web-server) – foydalanuvchi va qidiruv tizimining boshqa 
    komponentlari orasidagi o’zaro munosabatni amalga oshiruvchi server. Odatda, 
    serverda kirish maydonli html-sahifa mavjud bo’ladi, unda foydalanuvchi o’zini 
    qiziqtirgan qidiruv terminini berishi mumkin. Web-server ham foydalanuvchiga 
    html- sahifa ko’rinishida natijalarni chiqarib berishga javob beradi. 
    Qidiruv mexanizmlarini batafsil amalga oshirish bir-biridan farq qilishi 
    mumkin. Masalan, spider+crawler+indexer bog’lami qidiruv roboti deb nomlangan 
    yagona dastur ko’rinishida bajarilishi mumkin. U taniqli Web-sahifalarni yuklab 
    oladi, ularni tahlil qiladi, havolalar orqali yangi resurslarni izlaydi, ularni 
    indekslaydi va ma’lumotlar bazasiga index-fayl ko’rinishida kiritadi. 
    Foydalanuvchi tomonidan so’ralayotgan ma’lumotlarni index-fayllardan chiqarib 
    oluvchi boshqa dastur orqali qidiruv amalga oshiriladi. Biroq barcha qidiruv 
    tizimlariga ko’rsatib o’tilgan tomonlar tegishlidir. 


    307 

    Download 11,41 Mb.
    1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   209




    Download 11,41 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti

    Download 11,41 Mb.
    Pdf ko'rish