299
misolda holat qatori, server HTTP/1.1 spesifikasiyani ishlatilishini talab etiladigan
ob’yekt topilgan va uni jo’natish amalga oshirilganligini bildiradi.
Endi sarlavha qatorlariga e’tibor beramiz. Server “Connection” qatorini
ishlatadi: close ob’yektini jo’natish tugagach TCP-ulanish yopilishi haqida klientni
xabardor qiladi. The Date qatori: javobni yaratilish sanasi va vaqtidan iborat. Bu
sana ob’yektini yaratilish yoki oxirgi o’zgartirishga taalluqli emas, balki ob’yektni
uni saqlash va xabar tanasiga kiritish joyidan o’chirish momentini bildiradi. Server
qatori: xabar Apache serveri tomonidan yaratilganligi va so’rov-xabarda User-
agent qatoriga o’xshashligini bildiradi. Last-Modified qatori sana, yaratilish vaqti
va ob’yektini oxirgi o’zgartirish vaqtidan iborat. Last-Modified
qatori tarkibi
ob’yektlarni keshlash lokal klientlar uchun ham, shuningdek tarmoq kesh-serverlar
uchun ham muhim (odatda proksi server deyiladi).
Content-Length qatori: uzatilgan ob’yektning baytlardagi o’lchamidan
iborat, Content-Type qatori: ob’yekt HTML formatda tekst hisoblanadi (e’tibor
bering, ob’yekt turi Content-Type qatorining: tarkibi bilan aniqlanadi va faylning
kengayishiga bog’liq emas).
Agar server HTTP/1.0 versiyasi ko’rsatilgan so’rov qabul qilsa,
hattoki
server HTTP/1.1 protokolini qo’llab-quvvatlaganda ham doimiy ulanish
ishlatilmaydi. Bu HTTP/1.0 spesifikatsiya
doimiy ulanishlarni nazarda
tutmaganligi uchun zarur.
Odatda holatni ko’rib chiqqach, javob xabarining umumiy formatiga e’tibor
qaratamiz (22.4-rasm).
300
22.4-rasm. Javob-xabarning umumiy formati.
Ko’rinib turibdiki, yuqoridagi misolda keltirilgan formatga to’liq mos
keladi. Endi holat kodining maydoni va holat haqidagi axborot nimani bildirishini
ko’rib chiqamiz. Bu ikki maydon o’zaro bog’langan va so’rovni
qayta ishlash
natijalarini aks ettiradi. Quyida kod holati va bu holat haqida axborotdan tarkib
topgan, eng ko’p uchraydigan bir necha holat kodlari keltirilgan.
200 OK: So’rov samarali qayta ishlangan, ob’yekt qabul qilingan va javobga
keltirilgan;
301 Moved Permanently: Ob’yekt ko’chirilgan;
yangi URL-adres Location
javob qatorida ko’rsatilgan: Klient dasturi yangi adres bo’yicha so’rovni avtomatik
bajaradi;
400 Bad Request: Umumiy xatolik, so’rovni server
orqali interpretatsiya
qilish imkoniyatining mavjud emasligidan yuzaga keladi.
404 Not Found: so’ralayotgan hujjat serverda topilmagan;
505 HTTP Version Not Supported: So’rovda ko’rsatilgan
HTTP versiyasi
server orqali qo’llab-quvvaatlanmaydi.