324
Rambler portal bo’lib,
qidiruv tizimi, reyting-klassifikator Rambler’s
Top100, shuningdek bir qator bepul xizmatlar va axborot loyihalarni birlashtiradi.
Portal resurslari bir sutkada 3,5 mln. kirishlarni ro’yxatga oladi. Eng qiziqarli
loyihalardan «Rambler-Ilm-fan», «Interfaol xaritalar» va «Lug’atlar» lar sanaladi.
Bundan
tashqari, foydalanuvchilarga ftp-serverlarda axborot qidirish imkoniyati
beriladi (http://ftpsearch.rambler.ru:8101/).
Axborot qidirish uchun kalit so’zlardan iborat so’rovlar
uy sahifasining
yuqori qismida joylashgan qidiruv oynasiga kiritiladi (23.7-rasm). Sukut bo’yicha
mantiqiy operator «AND» qo’llaniladi.
23.7-rasm. Rambler qidiruv tizimining uy sahifasi.
Tizim mantiqiy operator «AND» («&») va «OR» («|») lardan foydalanib
so’rov tuzishni qo’llab-quvvatlaydi. Murakkab
qidiruv gapini tuzish uchun
operator harakatini tartibga soluvchi yarim dumaloq qavslar ishlatiladi. Rambler
ibora (fraza) bo’yicha qidiruvni qo’llaydi. Ibora qo’shtirnoq ichiga olinadi.
325
Morfologik shakllarni qidirish operator «#»dan, bir ildizlilar esa «@»operatori
bilan beriladi. O’ngdan va so’zning o’rtasidan kesib
tashlash qidiruv funksiyasi
qo’llab-quvvatlanadi. «*» simvoli istalgan miqdordagi harflar o’rnida qo’llanadi;
«?»simvolibir noma’lum simvol o’rnida qo’llanadi.
So’rovni tuzishda quyidagi maxsus operatorlardan foydalanish mumkin: