Kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti




Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/209
Sana25.12.2023
Hajmi11,41 Mb.
#128215
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   209
Bog'liq
Internet tarmoqlari va xizmatlari (1)

 
23.3.2. Yandex qidiruv tizimi 
 
Yandex qidiruv tizimiga kirish (http://www.yandex.ru) 1997 yil 
yaratilgan. Qidiruv nafaqat Web-sahifalar bo’yicha, balki ma’lumotlarning 
maxsus massivlari bo’yicha ham, ya’ni ular orasida yetakchi axborot agentliklari 
yangiliklari, Internet-magazin mahsulotlari, WAP –server resurslari orqali amalga 
oshiriladi. 


316 
«Yandex» – tarmoqda shu nomdagi qidiruv tizimi va internet-portaliga ega 
Rossiya AT-kompaniyasidir. 
1988-yilda shaxsiy kompyuterlar sotish hamda ish joylarini avtomatlshtirish 
bilan shug’ullanuvchi tadbirkor va dasturchiArkadiy Voloj, CompTek firmasiga 
asos soldi. «Yandex» so’zini – kompaniyaning texnologiyalar bo’yicha direktori 
Ilya Segalovich va Yandex kompaniyasining bosh direktori – Arkadiy Volojlar 
o’ylab topdilar. Ilya texnologiya mazmun-mohiyatini beruvchi so’zni shakllantirdi. 
Natijada «yandex» varianti paydo bo’ldi. Hozirda «yandex» so’zi rus tili lug’atiga 
kiritilgan, millionlab insonlar internetdan axborot qidiruvda uni qo’llaydilar. 
Yandex.ru qidiruv tizimi 1997-yil 23-sentabrda rasman taqdim etilgan edi va 
dastavval CompTek International kompaniyasi doirasida rivojlandi. 2000-yilda 
«Yandex» alohida kompaniya sifatida tashkil etildi. 
Qidiruv mexanizmini ishlab chiqish kompaniyaning asosiy va ustivor 
yo’nalishlaridan hisoblanadi, ammo faoliyat yillari davomida «Yandex» 
multiportal bo’lib oldi. «Yandex» 2011-yilda 30 dan ortiq xizmatlarni taqdim etdi. 
Ulardan 
eng 
mashhurlari: 
«Яндекс.Картинки», 
«Яндекс.Почта», 
«Яндекс.Карты», «Яндекс.Новости», «Яндекс.Погода» va boshqalardan iborat. 
Kompaniyaning bosh ofisi Moskva shahrida joylashgan. Kompaniyaning 
Sankt-Peterburg, Yekaterinburg, Novosibirsk, Odessa, Simferopol, Kiyev, Qozon, 
Rostov-na-Donu, Istambul hamda Minsk shaharlarida ofislari mavjud. 2008-yil 
iyun oyida kompaniya AQSh ning Kaliforniya shtatida Yandex Labs – ofislarini 
ochdi. 
Yandex qidiruv tizimi rus, tatar, ukrain, belorus, qozoq, turk, ingliz, nemis 
va fransuz tillarida, ushbu tillar morfologiyasini va gap-so’zlari yaqinligini hisobga 
olib, hujjatlarni qidiruvga imkon beradi. 
Kompaniya xodimlarining soni 3500 kishidan ortiq. Kompaniya 2002-yilda 
xarajatlarini qoplash darajasiga chiqdi. 2011-yilda «Yandex» daromadi US GAAP 
bo’yicha $622,2 mln. (2010-yilda – $439,7 mln.), operatsion daromadi – $218,5 


317 
mln. ($169,7 mln.), sof foydasi – $179,3 millionni ($134,3 mln.) tashkil etdi. 
Kompaniya daromadining ko’p qismi kontekstli reklamadan tushadi. 
«Yandex» nomi «Yet another indexer» («yana bir indeksator») yoki «Tilga 
oid INDEX» iboralarining qisqartmasidir. 
«Yandex» tomonidan e’lon qilingan keng miqyosli birinchi shior «Hammasi 
topiladi!» (Найдётся всё – slogani) – iborasidir. 
1995-yilda Internet tarmog’i uchun qidiruv ilovasidan foydalanish 
to’g’risida qaror qabul qilindi. Avvaliga u cheklangan sonli resurslar bilan ishladi, 
keyinchalik esa Internet butun rus tili segmenti bilan ishladi. 
Yandex.ru 
qidiruv 
mashinasi 
1997-yil 
23-sentabr 
oyida 
Softool 
ko’rgazmasida rasman taqdim etildi. O’sha davrda Yandex.ru asosiy ajralib 
turuvchi xususiyatlari quyidagilar edi: Hujjatning aslligini tekshirish (turli 
kodlashtirilgan nusxalariga yo’l qo’ymaslik). Rus tili morfologiyasini hisobga 
olish (shu jumladan, aniq so’z shakli bo’yicha qidiruv). Masofani (shu jumladan, 
abzas, aniq so’z birikmasi doirasida) hisobga olib qidiruv. Faqat matnda topilgan 
so’rov so’zlari sonini, balki so’zning «kontrastligini» (ushbu hujjat uchun uning 
nisbatan ko’p uchrashi), hujjatda so’zlar orasidagi masofa va so’zning holatini 
hisobga oluvchi relevantlikni baholash puxta ishlab chiqilgan algoritmi. Ikki oydan 
keyin 1997-yil noyabr oyida tabiiy tilda so’rovlar berish imkoniyati amalga 
oshirildi. 
1998-yil yilda Internet rus tili «hajmi» ikki barobarga ortdi, bu holat qidiruv 
mexanizmlarini muvofiqlashtirish zaruratiga olib keldi. Quyidagi imkoniyatlar 
paydo bo’ldi: 
• o’xshash hujjatni topish; 
• topilgan serverlar ro’yxati; 
• sanalar berilgan chegarasida qidiruv; 
• oxirgi o’zgarish vaqti boyicha qidiruv natijalarini saralash. 


318 
1999-yil davomida Runet matnlari hajmida ham va foydalanuvchilari soni 
bo’yicha ham ko’p marta o’sdi. Yandex yangi qidiruv robotini yaratdi, u Runet 
saytlarini aylanib chiqishni yaxshilash va tezlashtirishga imkon berdi. 
1999- yil foydalanuvchilarda quyidagi yangi imkoniyatlar paydo bo’ldi: 
Matn turli zonalari bo’yicha qidiruv (sarlavhalar, ilovalar, annotasiyalar, manzillar, 
suratlarga imzolar); Qidiruvni saytlar guruhi bilan chegaralash, ilovalar va tasvirlar 
bo’yicha qidiruv; Rus tilidagi hujjatlarni ajratish. 
Katalog kategoriyalarida qidiruv paydo bo’ldi va birinchi bor Runetda 
«индекс цитирования» – resurslar soni, ma’lumotlarga izohlar berish tushunchasi 
kiritildi. 
2001-yil Яндекс.Почта, Яндекс.Новости, Яндекс.Гуру, Яндекс.Товары, 
Яндекс.Открытки, Яндекс.Закладки, hamda – «аскетический Яндекс» (ya.ru) 
ochildi. 
2010-yil Runet qidiruv so’rovlarida Yandex ulushi to’rt yil ichida birinchi 
bor 60 foizdan oshdi. 
2010-yil 19-may kuni kompaniya yandex.com domenida o’zining qidiruv 
tizimi ingliz tilidagi versiyasini ishga tushirdi va shunday qilib xalqaro miqyosga 
chiqdi. Belarusiya uchun portal (yandex.by) va tatar tilida qidiruv ochildi, Ukraina 
uchun 
mintaqaviy 
qidiruv, 
qator 
ixtisoslashtirilgan 
xizmatlar 
– 
«Яндекс.Недвижимость», 
«Яндекс.Работа», 
«Яндекс.Музыка», 
«Яндекс.Услуги» yo’lga qo’yildi. 
Bundan tashqari, 2010-yilda Yandex «ГИС Технологии» kartografik 
kompaniyasini sotib oldi, ushbu kompaniya 2008-yildan Yandexning asosiy 
xizmatlaridan biri – «Яндекс.Карты» xizmatiga ma’lumotlar yetkazib bergan. 
2010-yil iyun oyida startaplar bilan ishlash dasturi ishga tushirildi. 
2011-yil Yandex georeklama «Яндекс.Карты» spravochnikida qidiruvda 
tashkilotlarni imtiyozli joylashtirishni sota boshladi. «Яндекс.Фабрика» – Rossiya 
va chet ellar startaplariga investisiyalar dasturi yo’lga qo’yildi. 


319 
2011-yil 24 may kuni «Yandex» Amerikaning 
NASDAQ
birjasida 
aksiyalarini birlamchi joylashtirishni amalga oshirdi. Joylashtirish davomida 25 
dollar narxda «A» klassidagi 52,2 mln aksiyalar sotildi, buning natijasida $1,3 
mlrd. ga yaqin daromad olindi. 
2011-yil 20-sentabrda «Yandex» Turkiya qidiruv bozoriga chiqdi – tegishli 
portalni ishga tushirdi va Istambulda ofis ochdi. Turkiyalik foydalanuvchilar 
«Yandexning» qidiruv, pochta va boshqa xizmatlaridan foydalanishlari mumkin. 
2011-yil 31-yanvarida Yandex xizmatlaridan kundalik foydalanuvchilar soni 
Turkiyada 100 mingga yetdi. 
26-sentabrdan «Яндекс.Работа» loyihasi doirasida endi turli bo’sh ish 
joylari bo’yicha o’rtacha ish haqini bilib olish mumkin. 
30-sentabrda 
«Яндекс.Карты» loyihasida butun Rossiya bo’ylab 
yo’nalishlarni tanlash mumkin bo’ldi. 
19-oktabrda «Яндекс.Карты» xizmatidan turk portalida foydalanish 
mumkin bo’ldi. Istambul va Anqara ko’rinishlari qo’shimcha qilindi, mamlakat 
bo’ylab ko’chalardagi holatni kuzatish imkoni paydo bo’ldi. 
Turkiya Yandex kompaniyasi uchun umuman rus tilida gaplashmaydigan 
birinchi mamlakat bo’ldi. Shunga qaramay, kompaniya u yerda umuman yangi 
xizmatni tashkil qildi. 
2012-yil fevral oyida Yandex odamlarni qidiruv xizmatini ishga tushirishga 
tayyorlash haqida xabar qildi. Tizim bir vaqtda Rossiyada mashhur bo’lgan barcha 
blogoxostinglar va ijtimoiy tarmoqlarda odamlarni qidiruv imkonini taqdim etadi. 
Yangi xizmat haqida xabar berilishi paytiga kelib, xizmatning beta-versiyasi ishga 
tushirildi. 
Yandex kompaniyasida yandex.uz domeni ro’yxatdan o’tkazilgan, ammo u 
so’rovlarni faqat runetdagi kompaniya asosiy manziliga yo’naltiradi. Uznetning 
rivojlanib borishi bilan «Yandex» o’zbek tilida ham «so’zlay boshlaydi» deb umid 
qilamiz. 


320 
Yandex Internet-resurslarning xususiy katalogini qo’llab-quvvatlaydi, u 
Yandex’a (CY – Citation Yandex) sitatalash indeksi asosida shakllanadi. 
Qandaydir Web-sahifaning CY si bu sahifaga havolalarni o’z ichiga oluvchi 
boshqa sahifalar soni bilan o’lchanadi. Resurslarni baholashning bu usuli tamoman 
oddiy sahifaga kirish sonini hisoblashdan farq qiladi. 
Yandex oddiy va kengaytirilgan qidiruv interfeyslariga ega, shuningdek 
qidiruv natijalarini berish formatini sozlash sahifasiga ega. U xususiy mantiqiy 
operatorlarni belgilash tizimini qo’llaydi, shuningdek ko’p sonli qidiruv 
funksiyalarini ham qo’llab-quvvatlaydi. 
Yandex qidiruv tizimi uy sahifasining yuqori qismida kalit so’zlarni kiritish 
maydoni joylashgan (23.3-rasm). 
23.3-rasm. Yandex qidiruv tizimining uy sahifasi. 
Shuningdek html-hujjatlarining ma’lum doiralarida qidirish uchun quyidagi 
maxsus operatorlar qo’llab-quvvatlanadi: 

Download 11,41 Mb.
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   209




Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti

Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish