327
boshqa qidiruv tizimlariga havolalar (23.10-rasm). Bundan
tashqari, ushbu saytda
qancha topilgan hujjatlar mavjudligi haqidagi ma’lumot ko’rsatiladi.
23.10-rasm. Rambler tizimini qidiruv natijalarini berish formati.
23.3.4. www.uz – milliy qidiruv tizimi sifatida
WWW.UZ milliy axborot-qidiruv tizimi – bu Internet tarmog’i milliy
segmentining axborotidan tez foydalana olish mexanizmi. WWW.UZ tizimining
asosiy xususiyatlari axborotning ko’p tilli (o’zbek, rus) qidiruvi va boshqa milliy
axborot tizimlari hamda ma’lumotlar bazalari
bilan uzviy integratsiyasi
hisoblanadi.
WWW.UZ axborot-qidiruv tizimi quyidagilar orqali veb-sayt qidiruvini
amalga oshiradi:
• Manzil bo’yicha
Mazmuni bo’yicha WWW.UZ xizmatlariga quyidagi bo’limlar kiradi:
• Katalog;
328
• Top-reyting;
• Jamlama statistika;
• Yangiliklar.
WWW.UZ ning «Katalog» bo’limi – bu Internet tarmog’ida ochiq
foydalanish mumkin bo’lgan mavzu kataloglari bo’yicha ro’yxatga
olingan va
tartibga solingan, O’zbekiston Respublikasi saytlarining tavsiflari.
Katalog qidiruv ruknini taklif qilib, resurs qidiruvini yengillashtiradi (fan,
madaniyat, sport, jamiyat, biznes, yangiliklar va h.k.). Katalog qidiruv tizimining
faol foydalanuvchilari va WWW.UZ moderatorlari tufayli har kuni yangi resurslar
bilan to’ldiriladi. ID.UZ tizimida ro’yxatga olingan
har bir foydalanuvchi yangi
saytning manzilini katalogga qo’shish mumkin.
23.11-rasm.
www.uz
milliy qidiruv tizimining bosh sahifasi
WWW.UZ ni kengaytirish va modernizatsiya qilish bo’yicha ishlarni
UZINFOCOM Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy
qilish markazi amalga oshiradi.
Mavzular bo’yicha ruknlarga qo’shimcha ravishda foydalanuvchiga ulardagi
axborotning tipi bo’yicha saytlarning tasnifi taklif qilinadi (konferensiyalar va
329
seminarlar,
kutubxona, muzeylar, hodisalar,
forumlar va chatlar, tashkilotlar va
h.k.).
WWW.UZ bu ko’rib chiqish uchun ochiq va hamma foydalana oladigan top-
reyting va saytlarning jamlama statistikasi hamdir. WWW.UZ tizimi O’zbekiston
saytlarining ochiq statistikasini yuritadi. Bu bilan resursning ommaviyligi
belgilanadi va baholanadi. Reytingda ishtirok etuvchi barcha saytlarda WWW.UZ
tizimining hisoblagichlari o’rnatilgan.
WWW.UZ dan har bir foydalanuvchi resurslarning
reytingi va statistikasi
bilan tanishishi mumkin.