330
24-BOB. USENET XIZMATI – TELEKONFERENSIYALAR TIZIMI. IRC
XIZMATI, REAL VAQTLI TELEKONFERENSIYALAR
24.1. Usenet xizmatining vazifasi
Usenet
– bu taqsimlangan axborot tizimidan iborat bo’lgan
telekonferensiyalar (yoki yangiliklar guruhi) hisoblanadi. Usenetda markaziy
saqlash joyi yo’q va ma’lumotlar
tarmoqda serverdan serverga, serverdan
mijozga, mijozdan serverga doimo harakatlarni amalga oshiradi.
Hozirgi vaqtda deyarli butun Usenet-trafik Internet bo’yicha
uzatiladi,
xabarlar formati va ularni uzatish usuli esa elektron pochtaga juda o’xshaydi.
Lekin, agar elektron pochta avvalo «bittaga bitta» muloqot qilish uchun ishlatilsa,
u holda Usenet “bitta hamma uchun” prinsipi bo’yicha ishlaydi.
Foydalanuvchi Usenetda e’lon qiladigan xabarlar konferensiyalar yoki
yangiliklar guruhi deyiladigan mavzuga oid toifalarga tashkil etiladi.
Guruhdagi
xabarlar odatda bir necha kunlardan ortiqqa ushlanmaydi (yashirish bo’yicha
standart qiymat 5).
Yangiliklar guruhi domen nomlari tuzilmasiga o’xshash o’z iyeraxiyasini
hosil qiladi. Masalan,
sci.math va
sci.physics guruhlari
sci (ingl.
science – fan)
ierarxiyasining ichida bo’ladi.
Usenet konferensiyalarining ierarxiyasi «Katta Sakkizlikni» tashkil etadi:
comp.*: kompyuterlarga bog’liq
mavzularni muhokama qilish
(comp.software, comp.sys.amiga);
misc.*: turli xil mavzular (misc.education, misc.forsale,misc.kids);
news.*: Usenet-a yangiliklari (news.groups,news.admin);
rec.*: ko’ngil ochish va hordiq chiqarish (rec.music,rec.arts.movies);
sci.*: ilmiy munozaralar (sci.psychology,sci.research);
soc.*: ijtimoiy mavzular (soc.college.org,soc.culture.african);
331
talk.*: so’zlashuvlar, shujumladan «qaynoq» mavzulardagiso’zlashuvlar
(talk.religion, talk.politics);
humanities.*:
san’at,
adabiyot,
falsafa
(humanities.classics,
humanities.design.misc).
Usenet bilan ishlash uchun ilovalar yordamida foydalanuvchi istalgan
mumkin bo’lgan konferensiyalarga “yozilishi” mumkin. u bir yoki bir necha kichik
guruhlarni tanlanishi va ularga yozilishni amalga oshirishi mumkin. Obuna bo’lish
(yozilish) foydalanuvchini uni qiziqtiradigan mavzu bo’yicha
yangi maqolalarni
paydo bo’lganligi haqida ogohlantirish protsedurasi ko’zda tutadi. Tabiiyki,
foydalanuvchi o’zi ham xabar ko’rinishida rasmiylashtirilgan o’z
fikrini guruhga
jo’natishi mumkin. Xabar Internet pochta xabari standartiga muvofiq
rasmiylashtiriladi. Haqiqatda Usenet davriy nashr funkiyasini bildiradi.