349
25.1-rasm. Personal videokonferensiyalarning qurilmalari.
Guruhli
videokonferensiyalari
(25.2-rasm).
Foydalanuvchi
o’zi
qatnashmasdan turib loyiha o’stida ishlash paytida, muloqotlarni va chiqishlarni
tashkil qilishda katta va o’rta guruhdagi foydalanuvchilarni effektiv muloqoti
uchun qo’llaniladi. Signal yuqori sifati bo’lgani uchun hujjatlarni almashish va
ko’rib chiqish, ilovalar bilan guruhli ishlashni amalga oshirish mumkin. Guruhli
videokonferensiyalarni yaratish uchun videoterminallarning
katta turdagi
modellari, guruhli foydalanuvchilarni ulanishni ta’minlab beradigan serveri,
ishchi stansiyalar va server uchun maxsus dasturiy vositalar, ISDN-ulanishi va
lokal tarmoq talab qilinadi.
25.2-rasm. Guruhli videokonferensiyalarininng qurilmalari.
Studiyali videokonferensiyalari (25.3 rasm). Ularni
yaratish uchun yuqori
sinfli maxsus telequrilmalar (studiyali kameralar, ovoz va nazorat qurilmalari,
monitorlar) va aloqa kanallarning maksimal o’tkazish qobiliyati (sun’iy yo’ldosh
va optik tola aloqa kanallarga kirish imkoniyati) talab qilinadi. Bunday
videokonferensiyalari ko’p odamlar tomonidan ma’lumotlarni qayta ishlashni
tashkil qilish nuqtai-nazardan maksimum imkoniyatlarni
talab qilinadigan
masalalarni yechish uchun ishlatiladi. Ular uchun yurituvchi tomonidan
350
tasdiqlangan formal, qattiq reglament stildagi muloqot mos. Shunday
videokonferensiyalarning misoli teleko’priklar hisoblanadi.
Topologiya bo’yicha videokonferensiyalarning ikkita asosiy turlari mavjud:
nuqta-nuqta va ko’p nuqtali. Nuqta nuqta konferensiyalari eng oddiy hisoblanadi.
Ular faqat ikkita ishchi stansiyalarning to’g’ridan-to’g’ri ulanishni ko’rsatadi,
ko’p nuqtali videokonferensiyalari esa bir nechta foydalanuvchi yoki guruh
foydalanuvchilar o’rtasida muloqotni taqdim etish imkoniyatini beradi, lekin ko’p
nuqtali seanslarni boshqarish server maxsus qurilmani o’rnatish va quvvatlashga
qo’shimcha xarajatlarni talab qiladi.
25.3 rasm. Studiyali videokonferensiyalarining qurilmalari.
Konferensiyada qatnashadigan barcha terminallar videokonferensiya
resurslarni boshqaradigan, ovoz va video qayta ishlash bo’yicha terminallar
imkoniyatlarni moslashadigan, ko’p adreslar bo’yicha yo’naltirish kerak bo’lgan
audio va videooqimlarni aniqlaydigan server bilan ulanishni o’rnatadi.
Agar bir nechta filiallar bilan real vaqt rejimida faqat buyruqlarni uzatish va
hisobotlarni qabul qilish uchun videokonferens aloqani ishlatish kerak bo’lsa, bu
maqsad uchun «nuqta-nuqta» turdagi konferensiya mos keladi,
demak har bitta
filial va bosh ofisni maxsus terminal bilan ta’minlab berish yetadi. Hamma
351
filiallarning qatnashuvchilari bilan majlisni tashkil qilish uchun ko’p nuqtali
videokonferensiya talab qilinadi.
Ko’p nuqtali aloqa seanslari ikkita asosiy rejimlarda o’tkazilishi mumkin:
ovoz bo’yicha aktivatsiyasi – bu rejimda seansning hamma qatnashuvchilari
gapiradigan odamni ko’radi, gapiradigan odam esa oldingi odamni ham ko’radi
(kamerani o’tkazishi vaqtning real rejimida gapiradigan odamga amalga
oshiriladi); doimiy borligi – har bitta qatnashuvchiga
ekranga bir nechta
qatnashuvchilardan rasm qabul qilinadi. Bunda ekran bir nechta qismlarga
bo’linadi: 2 dan 16 gacha. Agar qatnashuvchilarga nisbatan qismlar kam bo’lsa,
bulardan bittasi «ovoz bo’yicha» rejimida ishlashi mumkin.
Ikkala rejimlarda ham videokonferensiya administratori tomonidan
terminallarni ulash va uzish, aktiv terminalni tanlash «asosiy nazorati» amalga
oshirilishi mumkin. Zaruriyat paytida shu jarayonga
istalgan paytida kirish
imkoniyati bilan administratsiya avtomatik rejimini ulash mumkin.