354
Platformali mustaqillik. H.323 qurilmalar yoki dasturiy ta’minoti bilan
bog’liq hech qanday texnologik yechimlarga ulanmagan. Bir-biri bilan bog’liq
ilovalar har xil platformalar, har xil operatsion tizimlari bilan yaratilishi mumkin.
Ko’p nuqtali konferensiyalarni qo’llab-quvvatlash. H.323
tavsifnomalari
uchta va undan oshiq qatnashuvchilari bilan konferensiyani tashkil qilish mumkin.
Ko’pnuqtali konferensiyalar markaziy MCU (ko’pnuqtali konferensiya qurilmasi)
ishlatilishi yoki ishlatmasligi bilan o’tkazilishi mumkin.
Ko’p adresli uzatishni quvvatlash. H.323 agar tarmoq guruhli adresatsiya
boshqarish protokolini quvvatlasa (masalan, IGMP) ko’p
nuqtali konferensiyada
ko’p adresli uzatishni quvvatlaydi. Ko’padresli uzatish paytida axborotning bitta
paketi ortiqcha dubllashtirishmasdan kerak bo’lgan manzillarga yuboriladi. Ko’p
adresli uzatish o’tkazish
polosani effektiv ishlatadi, chunki hamma qatnashuvchi
manzillarga bitta oqim yuboriladi.
Kodeklar uchun standartlar. H323 har xil ishlab chiqaruvchilar qurilmalarni
moslashishni ta’minlab berish maqsadida audio va
videooqimlarni kodlash va
dekodlash uchun standartlarni o’rnatadi. Bu standart juda ixcham hisoblanadi.
Bajarishni talab qiladigan talablar mavjud va opsial imkoniyatlar ham bor. Bundan
tashqari, agar ular standart talablarga mos bo’lsa ishlab chiqaruvchi mul’timedia
mahsulotlarga va ilovalarga qo’shimcha imkonyatlarni kiritish mumkin.
Moslashish. H323 tavsifnomalari oxirgi foydalanuvchilar qurilmalarning
umumiy
imkoniyatlarni aniqlashni qo’llab-quvvatlaydi
va konferensiya
qatnashuvchilari uchun eng yaxshi kodlash, chaqiruv
va boshqarish protokollarni
o’rnatadi.
Ixchamligi. H323 konferensiyasi har xil imkoniyatli oxirgi qurilmalarga ega
bo’lgan qatnashuvchilarni o’z ichiga olishi mumkin. Masalan,
qatnashuvchilarning
bittasi faqat audio imkoniyatlari bilan terminalni ishlatish mumkin, konferensiyaning
boshqa qatnashuvchilari esa ham video ham ma’lumotlarni qabul qilish/uzatish
imkoniyatlarga ega bo’lishi mumkin.