377
tomon esa IP telefoniya yo‘lak orqali ATS yordamida oddiy telefon apparati bilan
ulanadi.
27.4-rasm. «Kompyuter-telefon» aloqa tizimi.
3. «Kompyuterdan-kompyutergacha»(27.5-rasm).
Bunday
holatda
IP
telefoniya bilan ishlovchi apparat va dastur vositalari
bilan jihozlangan ikki
multimedia kompyuterlari orasida IP tarmoq orqali ulanish amalga oshiriladi.
27.5-rasm. «Kompyuter-kompyuter» aloqa tuzilishi.
IP telefoniya bilan ulanish an’anaviy telefonlar singari amalga oshiriladi.
Abonent go‘shakni ko‘tarib, ATS signalini eshitgach, o‘zi
joylashgan yoki unga
378
yaqin bo‘lgan shahardagi yo‘lak raqamini teradi va abonent mahalliy yo‘lak bilan
bog‘langach, ovoz chaqirig‘ini oladi. Telefon apparati klaviaturasida o‘z parolini
ovoz
orqali terib
yuborish bilan avtorizatsiyalashdan o‘tadi, so‘ngra
chaqirilayotgan abonentning davlat kodi va telefoon raqami teriladi. Mahalliy
yo‘lak davlat va shaharning kodiga qarab IP manzillar zahirasi ma’lumotlaridan
abonentga eng yaqin bo‘lgan yo‘lakni aniqlaydi. Mahalliy yo‘lak uzoqdagi yo‘lak
bilan internet orqali ulanishni o‘rnatadi. Uzoqdagi yo‘lak
shahar UFTT orqali
kerakli abonentni chaqiradi. So‘zlashuv yakunida biron-bir abonent go‘shakni
qo‘ysa, mahalliy yo‘lak uzoqdagi yo‘lak bilan ulanishni uzadi va ulanish vaqtini
qayd etadi hamda boshqa kerakli operatsiyalarni amalga oshiradi.