388
Bobning ham shaxsiy kompyuterlari qo‘g‘iroq qilish
va qabul qilish uchun SIP
instruksiyalar bilan ta’minlangan. Bu misolda Alice Bobning shaxsiy kompyuteri
manzilini biladi. 26.1 rasm o‘rnatilgan SIP qo‘ng‘roqlar ketma-ketlik jarayonini
ko‘rsatadi.
26.1-rasmda
biz SIP aloqa tashkil qilish, Alice Bobga kiruvchi xatni
jo‘natganda boshlanganini ko‘ramiz va u HTTP taklif xatiga o‘xshaydi.
26.1-rasm. SIP asosida aloqani tashkil etish namunasi.
26.3. SIP komponentlari va protokollari
389
SIP tarmog‘i ikki turli komponentlardan tashkil topishi mumkin:
klient/server va individual tarmoq elementi. Klient
va server komponentlari
RFC3261 (Request for Comment) qoidalari to‘plamiga muvofiq quyidagicha
tavsiflanadi:
Klient: Klient istalgan tarmoq elementi bo‘lib, SIP so‘rovlarini jo‘natishi
hamda SIP javoblarini qabul qilishi mumkin. Klientlar
foydalanuvchi bilan
to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zaro muloqotga kirishishi yoki kirishmasligi mumkin.
Foydalanuvchi agent klientlari va proksilar klientlar hisoblanadi;
Server: Server ham tarmoq elementi bo‘lib, xizmatdan foydalanish haqidagi
so‘rovlarni qabul qilishi hamda so‘rovlarga mos javob qaytarishi mumkin.
Serverlarga proksi, foydalanuvchi agent serveri, yo‘naltiruvchi hamda ro‘yxatga
oluvchi serverlar misol bo‘la oladi.
Standart SIP tarmog‘ining individual elementlari quyidagilar: