382
28-BOB. REAL VAQT MASSHTABIDA MULTIMEDIYA
PROTOKOLLARI
Real-vaqt aloqa ilovasi VoIP va video konferensiyani qo‘shib hisoblaganda
takrorlanmas va juda ham mashhurdir. Buning hayratlanarli joyi yo‘q, chunki IETF
va ITU kabi standartlashtirish uyushmalari shu klass ilovalari uchun standartlar
ishlab chiqishda ko‘p yillar davomida band bo‘lishdi (hozir ham band bo‘lishda
davom etishmoqda). Turli joylarda mustaqil kompaniyalar Real-vaqt aloqa ilovasi
standartlariga mos keluvchi va o‘zaro birgalikda
ishlay oluvchi ilovalarni
yaratishmoqda.
28.1. Real vaqt protokoli (RTP)
VoIP ilovasining jo‘natuvchi qismi audio qismlarini transport pog‘onasiga
jo‘natishdan oldin ularga sarlavha maydonini qo‘shishini bildik. Bu sarlavha
qismlari o‘zida tartib raqami va vaqtni bildiruvchi belgini mujassam etadi. Ko‘p
mul’timediya tarmoq ilovalari tartib raqami va vaqtni
bildiruvchi belgini ishlata
boshlagandan so‘ng o‘zida audio/video ma’lumotlari tartib raqami va vaqtni
bildiruvchi belgini mujassam etgan maydonni o‘z
ichiga oluvchi
standartlashtirilgan paketlarga ega bo‘lish juda qulay. RTP standart sifatida RFC
3550 da aniqlangan. RTP ovoz uchun PCM, ACC va MP3 va video uchun MPEG
va H.263 kabi odatiy formatdagi ma’lumotlarni jo‘nata oladi.
Shu bilan birga u
patentlangan ovoz va video formatlarini jo‘natishi ham mumkin.
383
RTP ni, ovozni jo‘natish misolida ko‘rib chiqamiz. Ovoz chiqaruvchi manba
64 Kb/s lik IKM (Impuls Kodli Modulyatsiya) – kodlovchi deb tasavvur qilamiz
(kavantlash va raqamliga o‘tkazishning namunasi). Ilova 20 ms va 160 bayt
hajmda kodlangan bo‘lakli ma’lumotlarni qabul qiladi deb faraz qilamiz.
Jo‘natuvchi qism har bir audio bo‘lagidan oldin audioni kodlash tipni o‘zida
mujassam etgan RTP sarlavhasini qo‘shib jo‘natadi, tartib raqami va vaqt belgisi.
RTP sarlavhasi odatda 12 bayt bo‘ladi. Qabul qilish
qismida ilova RTP paketni
inetrfeys uyasidan qabul qiladi. Ilova RTP paketdan ovoz bo‘lagini ajratib olib
RTP paket sarlavha maydoni ozov bo‘lagini dekoderlash va ovozni o‘qish uchun
ishlatadi. Foydali qo‘shimcha yuklamalar sxemasi – ketma-ketlik yoki vaqt belgisi
o‘rniga ilova RTP ni yaxlitligicha o‘z ichiga olganda
ilovani boshqa tarmoq
multimedia ilovalari bilan birgalikda ishlatish osonroq bo‘lardi.