380
Kechikish deganda paketning jo‘natuvchidan oluvchigacha IP-telefoniya tarmog‘i
kesishadigan vaqt oralig‘i tushuniladi.
Kechikishning miqdoriy kattaligining quyidagi
gradiatsiyasi eksperimental
tarzda o‘rnatilgan:
- 1-daraja – 200 ms gacha – aloqaning sifati a’lo hisoblanadi. Taqqoslash
uchun, UFTTda 150-200 ms gacha kechikishga yo‘l qo‘yilgan.
- 2-daraja – 400 ms gacha aloqaning sifati yaxshi hisoblanadi. UFTT bo‘ylab
aloqa
sifati bilan taqqoslansa, farq ko‘rinadi. Kechikish 2-darajaning yuqori
chegarasida doimo ushlab turilsa (400 ms da), xizmatga doir so‘zlashuvlar uchun
ushbu aloqadan foydalanishga tavsiya etilmaydi.
3-daraja – 700 ms gacha xizmatga doir bo‘lmagan so‘zlashuvlarni olib
borish uchun aloqaning maqbul sifati hisoblanadi.
Aloqaning bunday sifati
yo‘ldosh aloqa bo‘yicha paketlarni uzatishda kuzatilishi mumkin.
IP-telefoniya tarmog‘idagi umumiy kechikish ovozli paketni raqamlash,
siqish, shakllantirish uchun kechikishlarni, shuningdek, oraliq uzellarda paketlarni
kanallar bo‘ylab uzatishda, qayta ishlashda va kommutatsiya qilishda, qabul qilish
uzelida
lokal kommutatsiya qilishda, analogli ko‘rinishga dekompressiyalash va
o‘zgartirishda jamlaydi. Kechikishlarni kamaytirish uchun asosiy vositalar bo‘lib
tarmoqda yuqori samaradorlik ovozli kommutatorlardan
foydalanish va
ma’lumotlar trafigi ustidan ovozli trafikni prioritezatsiyalash hisoblanadi.