Nutqni paketli uzatishning afzallik va kamchiliklari




Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/209
Sana25.12.2023
Hajmi11,41 Mb.
#128215
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   209
Bog'liq
Internet tarmoqlari va xizmatlari (1)

 
27.2.2. Nutqni paketli uzatishning afzallik va kamchiliklari 
 
IP telefoniyaning yakuniy foydalanuvchisi umumiy foydalanuvdagi telefon 
tarmog‘ining keng ko‘lamdagi xizmatlar va qo‘llanishning oddiyligi kabi 
afzalliklarini saqlab qolib, quyidagi qo‘shimcha afzalliklarga ega bo‘ladi: 
- telefon aloqasining an’anaviy xizmatlar uchun past narxlari; 
- bir vaqtning o‘zida ovoz va ma’lumotlarni saqlanishi (bu esa mijozga 
qo‘shimcha afzalliklarni yaratadi, ya’ni yagona tarmoqdan foydalanish hisobiga 
hamda jo‘natma va andozalar hajmi ma’lumotlardan ovozlarga va aksiga tez 
aylanishi hisobiga yuzaga keladi, mijozni esa himoya qiladi); 
- foydalanuvchilar uchun tarmoqqa qayerda va qanday ulanishdan qat’iy nazar 
bir xildagi xizmatlardan foydalinish imkoni (bunday taqsimlangan tuzilish o‘ta 
yuqori moslanuvchanlikni va xizmat ko‘rsatiladigan joyga bog‘lanib qolmaslik 
imkonini beradi); 
- ulanish jihozlarning yangi turkumlari: telefonlar, fakslar, kompyuterlar; 
- IP asosida keng turkumdagi ilova ishlab chiqaruvchilar mosligini 
ta’minlovchi ochiq interfeys arxitekturasi orqali yangi xizmatlarga (ovoz pochtasi, 
konferens aloqa, faks jo‘natmalari va boshqalar) ulanish; 


379 
- xizmatlar turkumini sozlash imkoniyati; 
- IP-telefoniya xizmatlari uchun sodda to‘lovlar (asosan oldindan to‘lanadigan 
telefon kartochkalari yordamida); 
- foydalanuvchi tomonidan o‘zining hisob raqamlari holatini oson nazorat 
etish; 
- IP telefoniya provayderlari bilan bir qatorda internet provayderlari ham IP 
telefoniyani xizmatlari bozorida o‘z o‘rniga ega bo‘lishi mumkin, chunki ularda 
mavjud bo‘lgan IP infratuzulma ovoz aloqalari xizmatlarini joriy etilishi uchun 
yaxshi imkoniyat beradi. Buning uchun apparat-dastur vositalari bosqichma-
bosqich o‘rnatilishi mumkin. 
Internet provayderlari uchun internet telefoniya xizmatlari quyidagi: 
- ochiq kompyuter platformalaridan foydalanish hisobiga mablag‘larni tejash; 
- yagona tarmoqda turli xildagi xizmatlarni ko‘rsatish natijasida foydalanish 
xarajatlarini qisqartirish; 
- xizmat ko‘rsatuvchilar muhitining ochiqligi raqobatni belgilaydi, o‘z 
navbatida qimmat bo‘lmagan yangi xizmatlarni keltirib chiqarish; 
- ko‘pgina xizmatlarni foydalanuvchi bilan yagona kanal orqali amalga 
oshirish, ya’ni bitta foydalanuvchi hisobidan ko‘proq xizmatlarga ega bo‘lish kabi 
afzalliklarni taminlaydi. 

Download 11,41 Mb.
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   209




Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Nutqni paketli uzatishning afzallik va kamchiliklari

Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish