369
Real vaqt aloqalari uchun talablar:
-
Past jitter;
-
Past kechikish;
-
Real vaqt xizmatlari va real vaqtda bo‘lmagan xizmatlarni oson integratsiya
qilish imkoniyligi;
-
Tarmoq va oqim holatlarining dinamik o‘zgarishiga moslashuvchanligi;
-
Ko‘p sonli bog‘lanishlar va katta tarmoqlar
uchun yaxshi ish bajarish
qobiliyati;
-
Yuqori samarali sig‘imdan foydalanish;
Yuqoridagi talablar IP asosidagi WAN tarmoqlari yoki internet uchun mos
kelishi murakkab. Ham TCP ham UDP bu talablarga mos kelmaydi.
370
27-BOB. OVOZNI PAKETLI UZATISH TAMOYILLARI. XIZMAT
KO’RSATISH SIFATINI BAHOLASH VA UNING PARAMETRLARI
27.1. IP-paket xizmati tipining maydonida razryadlarni taqsimlash
Ushbu bobda dunyoda ommaviy bo‘lgan yangi texnologiya – Voice over IP
(VoIP) yoki IP-telefoniya paketlarini marshrutlash tarmoqlari bo‘ylab
nutqli
axborotni uzatish texnologiyalari ko‘rib chiqiladi.
Ushbu texnologiya IP protokoldan foydalanib ma’lumotlarni uzatishning
raqamli kanallari bo‘yicha, keyinchalik uzatish bilan ovoz signalining
kompressiyasini o‘z ichiga oladi. Odatda IP-telefoniya Internet-telefoniya bo‘lib
hisoblanadi, bunda uzatuvchi tarmoq sifatida Internet tarmog‘idan foydalaniladi.
IP-telefoniya –
yangi texnologiyadir, u istiqbolliligi va hayotiyligi bilan o‘zini
ko‘rsata oldi. Tahlilchilarning taxminlariga ko‘ra, dunyoda paketlar
marshrutizatsiyasi bilan tarmoqlar bo‘ylab uzatiladigan nutqli trafiklarning
ahamiyatli tarzda keskin o‘sishi (yaqin yillarda o‘nlab martagacha) kutilmoqda.
Nutqni paketli uzatish xizmatlari bozorining hajmi
bugungi kunda milliard
dollarni tashkil etadi, turli taxminlar bo‘yicha yaqin yillar davomida 8,5-24 mlrd.
dollargacha oshadi. Ko‘pgina tahlilchilar bozor kattaligini baholash nutqni paketli
uzatish bo‘lib telekommunikatsion industriyasi rivojlantirishning magistral yo‘li
hisoblanishi
bilan
o‘xshashdir.
IP-telefoniya
qo‘shimcha
tarzda
telekommunikatsiya sohasida yangi xizmatlarni: nutq va videokonferensiya,
ilovalarga bir vaqtda ulana olish, abonentni tez topish va boshqalarni o‘z
ichiga
oladi.
IP – elektron axborotning aniq hajmidagi «paketlar»da raqamlangan va
qisilgan Internet tarmog‘i bo‘ylab uzatish uchun foydalaniladigan protokoldir.
Internet to‘ri uchun istalgan masofada bunday usul bilan tegishlicha qayta
371
ishlangandan keyin, telefoniya umumiy jarayonni
tashkil etuvchisidan biri
hisoblanganligi uchun axborotning istalgan turi (ovoz, video, kompyuter
ma’lumotlari) uzatiladi, ushbu malaka ishi materiali u bilan cheklanadi.