362
Nazorat uchun savollar:
1. RTVC xizmatining vazifasi, ishlash asosiy tamoyillari.
2. Personal hamda studiyali videokonferensiyalari turlari, ularning vazifalari,
farqli va o’xshash jihatlarini ayting.
3. Ko’pnuqtali aloqa seanslarining o’tkazish
rejimlari haqida nimalarni
bilasiz?
4. H.32x standartining protokollari.
5. H.323 tavsifnomasi nimani anglatadi hamda uning bazaviy arxitekturasini
izohlang.
6. H.323 tavsifnomalarining rivojlanish istiqbollari haqida nimalar deya
olasiz?
7. Usenet xizmatining vazifasini ayting.
8. Konferensiyaga obunani tashkil etish qanday amalga oshiriladi?
9. Usenet xizmatining ishlashini tashkil etish mexanizmlarini yoriting.
10. IRC xizmatining vazifasi hamda uning ishlashi qanday amalga
oshiriladi?
11. mIRCga ulanish va sozlashni tushuntiring.
12. SE xizmatining vazifasi nimalardan iborat?
13. Qanday mashhur xalqaro qidiruv tizimlarini bilasiz?
14.
www.uz
milliy qidiruv tizimining
kontentini tushuntiring, tizimda
qidiruv xizmatlaridan tashqari qanday imkoniyatlar mavjud?
363
12-BO’LIM. REAL VAQT REJIMI UCHUN MUL’TIMEDIA
XIZMATLARI. XIZMATLARNI BAHOLASH VA SIFAT
KO’RSATKICHLARINI ANIQLASH
26-bob. IP-TELEFONIYA – REAL VAQT MASSHTABIDA OVOZ VA
TASVIRNI UZATISH
26.1. Internet bo‘ylab ovozni uzatish
IP tarmoqlari bo‘ylab foydalanuvchilar o‘rtasida seansni o‘rnatish,
o‘zgartirish va seansni tugatish uchun ilova pog‘onasi boshqaruv protokollaridan
foydalaniladi. Masalan, SIP (Session Initiation Protocol) protokolidan. SIP
protokoli RFC 3261 qoidalari to‘plamiga asosan yaratilgan ilova pog‘onasi
boshqaruv protokoli hisoblanadi. SIP protokoli
asosida internet telefoniya
jarayonlari amalga oshiriladi, shuningdek, u IP tarmoqlari bo‘ylab ovozli (Voice
over IP, VoIP) ma’lumotlarni uzatish uchun eng asosiy protokollardan biridir. SIP
protokoli istalgan turdagi bitta media yoki mul’timedia seansini qo‘llab-
quvvatlaydi, shulardan telekonferensiyani ham.
SIP besh turli mul’timedia aloqalarni o‘rnatish
hamda tugatish jarayonini
qo‘llab-quvvatlaydi:
-
Foydalanuvchi manzili: Foydalanuvchi bir muhitdan boshqasiga ko‘chib
o‘tishi va uzoqlashtirilgan muhitdan turib qo‘shimcha ilovalarni yoki telefon
xizmatlaridan foydalanishi imkoniyatiga ega;
-
Foydalanuvchi imkoniyatlari: Tayyorlik holatini aniqlash;
-
Foydalanuvchi qobiliyati: Media va media parametrlardan foydalanish
holatini aniqlash;
364
-
Seansni o‘rnatish: Seans parametrlarining imkoniyatidan kelib chiqib nuqta-
nuqta hamda ko‘p nuqtali qo‘ng‘iroqlarni o‘rnatishni amalga
oshirish;
-
Seansni boshqarish: boshqaruv holati uzatish va seanslarni tugatish, seans
parametrlarini o‘zgartirish hamda chaqiruv xizmatlarini o‘z ichiga oladi.
SIP dastlabki protokollar uchun ishlab chiqilgan elementlardan foydalanadi.
Shuningdek, SIP, HTTP kabi so‘rov/javob transaksiya modeliga asoslangan. Har
bir transaksiya klient so‘rovidan tashkil topadi.
SIP sarlavha, kodlash qoidalari
hamda HTTP status kodlaridan foydalanadi. Shuning uchun ham ma’lumotlar
ekranda tasvirlanganida tekst asosidagi ma’lumot formatini o‘qish imkoniyati
mavjud bo‘ladi. SIP da shu bilan birga DNS (Domain Name System) ning rekursiv
va iterativ qidiruviga o‘xshash konsepsiyadan foydalaniladi.
SIP ning tarkibiga
SDP (Session Description Protocol) protokoli ham kiradi.