• Audio ma’lumotlarini siqish
  •  Real vaqt masshtabida ovoz va tasvirni uzatish




    Download 11,41 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet153/209
    Sana25.12.2023
    Hajmi11,41 Mb.
    #128215
    1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   209
    Bog'liq
    Internet tarmoqlari va xizmatlari (1)

     
    26.2. Real vaqt masshtabida ovoz va tasvirni uzatish 
     
    Mul’timedia ilovalari uchun imkon qadar samarali uzatish qobiliyatidan 
    foydalanish juda muhim hisoblanadi. Audio va tasvirni uzatish uchun siqish 
    algoritmlarini ishlab chiqishga e’tibor qaratish zarur. MPEG (Moving Picture 
    Experts Group) standarti CD-ROM, kasata, turli optik disklarda hamda ISDN 
    (Integrated Service Digital Network) va LAN (Local Area Network) kabi aloqa 
    kanallarida raqamli formadagi audio va video ma’lumotlarni saqlash hamda tashish 
    uchun ISO (International Standartition of Organization) tomonidan ishlab 
    chiqilgan. Tizimning xususiyatlariga bog‘liq ravishda, MPEG faqat tasvirni emas 
    balki audio raqamli formatga siqish uchun mo‘ljallangan. MPEG tasvirni 1.5 
    Mbit/s bit tezligida sifatli ko‘rinishda zichlashtirishni qo‘llaydi hamda audio 
    xabarlarini uzatish uchun ham aynan video siqishdan foydalanadi. 
    Audio ma’lumotlarini siqish. Audio ma’lumotlarning siqish algoritmini 
    ishlab chiqishni birinchi bosqichi – IKM (Impuls Kodli Modulyatsiya) kabi 
    texnikadan foydalanib audio signalni raqamli ko‘rinishga o‘zgartirishdir. Odatda, 


    365 
    IKM yoki shunga o‘xshash texnikalar orqali siqish jarayoni amalga oshiriladi. 
    Kotel’nikov teoremasiga asosan, agar uzluksiz f(t) signalni eng yuqori chastotasiga 
    qaraganda ikki marta katta tezlikda hamda bir xil vaqt intervallarida diskretlansa, 
    diskret signal qiymatlari original signalning barcha axborotlarini o‘z ichiga oladi. 
    f(t) funksiyasi past chastotali fil’trlaridan foydalanish orqali diskret qiymatlarni 
    qayta haqiqiy signal shakliga tiklanishi mumkin. 
    Shuni ta’kidlash kerakki, audio signallarni siqish uchun MPEG standarti 
    juda murakkab hisoblanadi. Quyidagi rasmda 26.1 (b), audio signallarini kodlash 
    uchun fil’trlash jarayoni holati tasvirlangan. Ko‘rsatilganidek, kiruvchi signal 2 ms 
    va 50 ms davomiyligida vaqt kadrlariga joylashtiriladi hamda har bir kadr vaqt-
    chastotasi tahlil moduli orqali qayta tiklanadi. Har bir tor polosali signal chastotasi 
    bu modul orqali aniqlanadi. Istalgan holatda, modulning chiqishida (rasmda 
    keltirilganidek) parametrlar to‘plami bo‘lib, kadrdagi akustik signalni izohlaydi 
    hamda kvantlanadi. Paralel ravishda psevdoakustik modul ham muvafaqqiyatli 
    siqishni amalga oshirish uchun kadrlarni tahlil qiladi. Bu tahlil asosida, bit 
    tekshirish moduli kodli bitlarning umumiy sonini aniqlab oladi. 
    26.1-rasm. MPEG audio kompressiya (siqish) va dekompressiya. 


    366 
    26.1 (b)-rasmda kodlangan audio signalni dekodlash orqali uni dastlabki 
    holatiga tiklash jarayoni ko‘rsatilgan. Ochish modul siqish orqali quantlangan 
    signalni qayta tiklaydi. Natijada, chiqishda audio signal taqdim etiladi. 
    26.2-rasm. MPEG ni blok diagrammasi. 
    Tasvirni siqish. Rasmlarni harakatlantirish bu oddiy rasmni muvaffaqiyatli 
    ketma-ketlikdan foydalanib mustaqil siqishni amalga oshirishdir. Ko‘p harakatlar 
    bilan 
    rasmni 
    harakatlantirishda 
    bitta 
    rasmdagi 
    axborotning 
    miqdoriga 
    taqqoslaganda kichik farqlar bo‘ladi. 26.1-rasmda MPEG tasvirni siqish jarayoni 
    keltirilgan. MPEG siqish moduliga kiruvchi signal tasvir kadrlarining ketmat-
    ketligi hisoblanadi. MPEG koderi intraframe holatida bo‘ladi. 
    Butunjahon telekommunikatsiya tarmoqlarida yuqori tezlikli LAN va WAN 
    (Wide Area Network) tarmoqlarini keng miqyosda qo‘llash, real vaqt oqimlarini 
    uzatish uchun IP asosidagi tarmoqlardan imkon qadar keng foydalanish 
    imkoniyatini yaratib berdi. Biroq, shuni e’tiborga olish kerakki, real vaqt oqimlari 
    uchun yuqori tezlikli ma’lumot uzatish jarayoniga bo‘lgan talab albatta real vaqt 
    bo‘lmagan oqimlaridan farq qiladi. 


    367 
    An’anaviy internetda ishlatilib kelinayotgan ilovalar, masalan, fayllarni 
    uzatish (File Transfer Protocol, FTP), e-mail (Simple Message Transfer Protocol
    SMTP) va klient-server ilovalarida haligacha kechikish hamda o‘tkazuvchanlik 
    muammolari mavjud. Shuningdek, ishonchlilik, ma’lumot yo’qolishi, buzilishlar, 
    uzatish mobaynida ma’lumotlarni tartibsiz yetib borishi kabi holatlar bilan bog‘liq 
    muammolar ham mavjud. Taqqoslanganda, real vaqt ilovalarida vaqt bilan bog‘liq 
    ko‘plab salbiy jarayonlar uchrab turadi. Ko‘pgina holatlarda shunday talablar 
    borki, masalan, ma’lumotning uzatish va yetib borishi tezligini bir xilda bo‘lishini 
    ta’minlash. Boshqa holatlarda esa, uzatilayotgan ma’lumotning belgilangan vaqt 
    oralig‘ida yetib bormagandan keyin ma’lumotdan foydalanilmaydi (tizimdan 
    masalan marshrutizator xotirasidan o‘chirib tashlanadi). 
    Қабул 
    қилувчи 
    Пакетларни ташиш 
    Пакетларни ўзгармас 
    оқими 
    Мултимедиа сервер 
    Пакетларни ташиш 


    368 
    26.3-rasm. Real vaqt oqimlari. 
    Yuqoridagi rasmda real vaqt muhiti ko‘rsatilgan. Bu yerda, server 64 kbit/s 
    da audio signalni uzatishni hosil qilyapti. Raqamli ko‘rinishga o‘zgartirilgan audio 
    160 oktetli ma’lumotdan tashkil topgan paketlarda uzatiladi. Bu paketlar internet 
    orqali mul’timedia foydalanuvchisiga tashiladi hamda mul’timedia PC (Personal 
    Computer) audio signalini yetib kelishi bilan real vaqtda foydalanuvchiga taqdim 
    qiladi. Biroq, internet orqali qandaydir kechikishlar sababli paketlar orasidagi vaqt 
    intervallari turlicha bo‘ladi. Turli kechikish holatlarni tushunish uchun jitter 
    kechikishlar konseptsiyasini bilib olish zarur. Misol uchun, agar ikki oxirgi 
    punktlar orasida istalgan paket kechikishi 1 ms va maksimum 6 ms bo‘lsa, jitter 
    kechikishi 5 ms bo‘ladi. Real vaqt oqimlarining tasnifi shundan iboratki, 
    o‘zgarmas tezlikda bir xil o‘lchamli paketlarni uzatish va qabul qilish tushuniladi. 
    Quyidagi 26.4-rasmda real vaqt rejimida paketlar uzatilish jarayoni keltirilgan. 


    Download 11,41 Mb.
    1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   209




    Download 11,41 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Real vaqt masshtabida ovoz va tasvirni uzatish

    Download 11,41 Mb.
    Pdf ko'rish