25.3. H.323 standartning bazali arxitekturasi




Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/209
Sana25.12.2023
Hajmi11,41 Mb.
#128215
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   209
Bog'liq
Internet tarmoqlari va xizmatlari (1)

 


355 
25.3. H.323 standartning bazali arxitekturasi 
 
Standartda ko’rsatilgan H.323 «ob’yektlari»ga terminallar, mul’timedia 
shlyuzlari, ko’p nuqtali konferensiyalarni boshqarish qurilmalari va zona 
nazoratchilari kiradilar (25.4 rasm). 
Terminal (Terminal) – konferensiyada qatnashish uchun mo’ljallangan 
oxirgi mul’timedia qurilmasi (ovoz, video, ma’lumotlar). 
Multimediali shlyuz (Gateway) – har xil turdagi tarmoqlarni birlashish 
uchun mul’timedia va boshqarish axborotlarni o’zgartirish uchun mo’ljallangan 
qurilma. 
Ko’p nuqtali konferensiyalarni boshqarish (Multipoint Control Unit – 
MCU) – uchta va undan ortiq qatnashuvchilar bilan konferensiyani tashkil qilish 
uchun mo’ljallangan terminal. 
Zona nazoratchisi (Gatekeeper, Privratnik, Konferens-menedjer) – tarmoqni 
boshqarishni ta’minlab beradigan va virtual telefon stansiya vazifasini bajarish 
tavsiya qilinadigan qurilma.
Terminal tushunchada (25.5 rasm) standart real vaqtda bir-biri bilan 
muloqotda bo’lgan foydalanuvchilarga ruxsat beradigan tarmoqning oxirgi 
nuqtalar qurilmasi deb tushunadi. 


356 
25.4 rasm. H.323 standartning bazali arxitekturasi. 


357 
25.5-rasm. H.323 terminalning strukturasi. 
25.6 rasm. H.323/PSTN multimedia shlyuzi. 
25.7-rasm. Zona nazoratchisi (Gatekeeper). 
Zona nazoratchining asosiy funksiyalari: 

Chaqiruvlarni boshqarish va adresatsiyalash; 

UATS uchun mo’ljallangan telefon ma’lumotnomasi va xizmatlar asosiy 
xizmat turlarini ta’minlab berish (chaqiruvlarni uzatish va yo’naltirish va h.k.); 

Xizmat ko’rsatish sifatini (QoS) ta’minlab berish uchun H.323 ilovalarning 
o’tkazish polosani ishlatishni boshqarish; 

Tarmoq resurslarni umumiy foydalanishni boshqarish; 

Tizimli administratsiyalash va xavfsizligini ta’minlash. 
H.323 tavsifnomasi zona nazoratchini shart emas komponent deb aniqlaydi, 
shunga qaramasdan bu qurilma bo’lmasa IP-telefoniya va mul’timediyali 
telekonferensiya ilovalari uchun H.323 standart yaratuvchilari tomonidan nazarga 
olingan har xil xizmatlardan foydalanish imkoniyat bo’lmaydi. 


358 
Ko’pnuqtali 
konferensiyaning 
konfiguratsiyasi 
markazlashgan, 
markazlashmagan (25.8-rasm), gibridli va aralash bo’lishi mumkin (25.9-rasm). 
Markazlashgan ko’pnuqtali konferensiya MCU qurilmani borligini talab 
qiladi. Har bitta terminal MCU bilan audio, video, ma’lumotlar oqimlari va 
“nuqta- nuqta” sxema bo’yicha boshqarish komandalari bilan almashadi. 
Nazoratchi MCU H.245 protokolidan foydalanib har bitta terminal imkoniyatlarni 
aniqlaydi. Protsessor MP har bitta terminal uchun kerak bo’lgan mul’timediyali 
oqimlarni shakllantiradi va ularni yuboradi. Bundan tashqari, protsessor 
axborotlarning har xil tezligi bilan har xil kodeklardan oqimlarni o’zgartirishni 
ta’minlab berish mumkin. 
 
25.8 rasm. H.323da konferensiyalarni markazlashgan va markazlashmagan tashkil 
qilishning sxemalari. 
Videokonferensaloqani tashkil qilishning gibridli sxemasi ikkita tarmoqlar 
asosida ular kombinatsiyasi hisoblanadi. Konferensiyada qatnashganlar H.323 
terminallari MCUga yubormasdan hamma qolgan qatnashuvchilarga faqat audio yoki 
faqat video oqimlarni ko’p adresli uzatishni amalga oshiradi. Qolgan oqimlarni 
uzatishi terminallar va MCU o’rtasida “nuqta -nuqta” sxema bo’yicha amalga oshiradi. 
Bu holatda ham nazoratchi, ham MCU protsessori ishga tushadi. 


359 
25.9 rasm. H.323da konferensiyalarni markazlashmagan va aralash tashkil qilinish 
sxemalari. 
Videokonferensiyani tashkil qilishning aralash sxemasida terminallarning 
bitta guruhi markazlashgan, boshqa guruhi esa markazlashmagan sxema bo’yicha 
ishlashi mumkin. 
Markazlashmagan ko’p nuqtali konferensiya guruhli adresatsiya 
texnologiyasini ishlatadi. Konferensiyada qatnashadiganlar H.323 terminallari 
MCUga yubormasdan qolgan qatnashuvchilarga mul’timedia oqimlarni ko’p 
adresli uzatishni amalga oshiradi. Nazorat va boshqaruv ma’lumotlarni uzatishi 
terminallar va MCU o’rtasida “nuqta-nuqta” sxema bo’yicha amalga oshiradi. Shu 
holatda ko’p nuqtali uzatish nazorati MCU nazoratchi tomonidan amalga 
oshiriladi.

Download 11,41 Mb.
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   209




Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



  25.3. H.323 standartning bazali arxitekturasi

Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish