352
Provide a Non-Guaranteed Quality of Service, kafolatlanmagan xizmat ko’rsatish
bilan lokal tarmoqlar uchun videotelefonlar va terminal qurilmalari). 1998 yilda H.323
v.2 (Packet-based multimedia communication systems,
paketlar kommutatsiya bilan
tarmoqlar uchun multimedia aloqa tizimlari) standartning ikkinchi versiyasi ishlab
chiqildi, 1999 yilda tavsifnomalarning uchinchi versiyasi, 2001 yilda H.323
standartning to’rtinchi versiyasi qabul qilindi. Hozir H.323
bu seriyaning muhim
standartlaridan biri hisoblanadi. H.323 – bu kafolatli xizmat ko’rsatishni ta’minlab
bermaydigan (QoS) hisoblash tarmoqlarda mul’timedia ilovalar uchun ITU-T
tavsifnomalari. Bunday tarmoqlar Ethernet, Fast Ethernet va Token Ring bazasida IP
va IPX paketli kommutatsiya tarmoqlar o’z ichiga oladi.
H.323 tavsifnomalari quyidagilarni ta’minlab beradi:
O’tkazish polosani boshqarish;
Tarmoqlararo konferensiyalarni tashkil qilish imkoniyati;
Platformali mustaqillik;
Ko’p nuqtali konferensiyalarni qo’llab-quvvatlash;
Ko’p adresli uzatishni quvvatlash;
Kodeklar uchun standartlar;
Moslashish va ixchamlilik.
O’tkazish polosani boshqarish. Audio va video
axborotlarni uzatish aloqa
kanallarni ko’p yuklatadi, agar yuklama oshirishini kuzatmasa,
muhim tarmoq
xizmatlarning ishi buzilishi mumkin. Shuning uchun H.323 tavsifnomalari
o’tkazish polosasini boshqarishni ta’minlab beradi. H.323 hamma ilovalar uchun
bir vaqtli ulanish sonlarni va umumiy o’tkazish polosani chegaralash mumkin. Bu
chegaralar boshqa tarmoq ilovalar ishi uchun kerak bo’lgan
resurslarni saqlashni
yordam beradi. H.323 har bitta terminali konferensiyaning aniq sessiyada o’zini
o’tkazish polosani boshqarish mumkin.
353
Tarmoqlararo
konferensiyalarni
tashkil
qilish
imkoniyati.
H.323
tavsifnomalari har xil turdagi tarmoqlarda (masalan, IP va ISDN, IP va PSTN)
videokonferensiya qatnashuvchilarni ulash vositasini taqdim etadi.
H.32x standart protokollarning asosiy xarakteristikalari 25.1-jadvalida
keltirilgan.
25.1 jadval. H.32x standart protokollari