Kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti




Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/209
Sana25.12.2023
Hajmi11,41 Mb.
#128215
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   209
Bog'liq
Internet tarmoqlari va xizmatlari (1)

Razryadlar 
Vazifasi 
0-2 
Mavqe (prioritet) 

Kutish davomiyligi 

O‘tkazish qobiliyati (Thoughput) 

Ishonchlilik (Reliability) 
6-7 
Rezervlashtirilgan 
 
27.2. Nutqni paketli uzatish tamoyillari va ularni tashkil etish 
 
IP-telefoniya ajratilgan virtual kanal bo‘yicha IP-tarmoq orqali telefon 
aloqasini o‘rnatish imkonini beradi. Ko‘pincha IP-tarmoq sifatida Internetdan 
foydalaniladi. IP-telefoniyaning asosiy prinsipi IP-tarmoq bo‘ylab keyinchalik 
paketlashtirish va uzatish bilan ovozni raqamlash va kompressiyalashni (odatda 
G711, G729, G729a yoki G726.1) o‘z ichiga oladi. 
Aloqani tashkil etish uchun IP-telefon yoki oddiy telefonli maxsus dasturiy 
ta’minotli kompyuterdan foydalanish mumkin.


373 
IP (Internet Protocol) tarmoqning barcha qismlarida qo‘llaniladi. U past 
tezlikdagi kirish kanallari va yuqori tezlikdagi liniyalar uchun ham moslashgan. IP 
texnologiyalari 
barcha 
turdagi 
jo‘natmalarni bir qatorga birlashtiradi. 
Ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari orqali telefon so‘zlashuvlarini tashkil etishning 
samarali usuli, IP texnologiyasining ilovalaridan biri bo‘lgan IP telefoniya 
hisoblanadi. U iqtisodiy tomondan eng foydali usul bo‘lib, uning asosida 
foydalanuvchiga telefon so‘zlashuvlar uchun sezilarli kam bo‘lgan xarajatlarni 
talab etuvchi telefon xizmatlari taklif etiladi. 
IP ga asoslangan tarmoqlarda barcha ma’lumotlar: ovoz, matn, video, 
kompyuter dasturlari yoki boshqa turdagi barcha axborotlar paketlar ko‘rinishida 
uzatiladi. Ushbu tarmoqdagi barcha kompyuter va terminallar o‘zining noyob 
manziliga ega. Uzatiladigan paketlar mazkur sarlavhada ko‘rsatilgan manzil 
asosida qabul qiluvchiga jo‘natiladi. Ma’lumotlar bir vaqtning o‘zida ko‘pgina 
foydalanuvchilarga bitta shu tarmoq orqali uzatilishi mumkin. IP tarmoqda 
muammolar yuzaga kelsa, shikastlangan joyni ma’lumotlar aylanib o‘tishi 
mumkin. Bunda IP protokoli signalizatsiya uchun kanal ajratilishini talab etmaydi.
IP tarmoq orqali ovozlarni uzatish jarayoni bir necha bosqichdan iborat: 
Birinchi bosqichda ovoz raqamlanadi. Keyin raqamlangan ma’lumotlar 
ma’lumotlarning fizik hajmini kamaytirish maqsadida tahlil etiladi va qayta 
ishlanadi. Odatda shu bosqichda ortiqcha tanaffuslar va tovush shovqinlari 
yo‘qotiladi hamda jipslashtiriladi.
Navbatdagi bosqichda qabul qilingan ma’lumotlar ketma-ketligi paketlarga 
bo‘linadi va unga qabul qiluvchining manzil-axborot protokoli hamda xatolarni 
tuzatishga doir qo‘shimcha ma’lumotlar qo‘shiladi. Shu vaqtda paketni bevosita 
tarmoqqa uzatilishidan avval uning tashkil topishi uchun kerakli miqdordagi 
ma’lumotlarni vaqtincha to‘planishi yuz beradi. 
Qabul qilingan paketlardan axborotlarni ajratib olish ham bir necha 
bosqichlardan iborat. 


374 
Ovoz paketlari qabul qiluvchi terminalga yetib kelgach, avval uning ketma-
ketlik tartibi tekshiriladi. IP tarmoq yetkazish muddatini kafolatlamaydi, tartib 
raqami yuqori bo‘lgan paketlar avvalroq borishi va ular orasidagi intervallar ham 
o‘zgarib turishi mumkin. Dastlabki ketma-ketlikni va sinxronlashtirishni tiklash 
uchun paketlarni vaqtincha to‘planishi yuz beradi. Lekin ba’zi paketlar uzatish 
davrida yo‘qotilishi yoki jo‘natilishiga ajratilgan vaqtdan o‘tishi mumkin. Odatda 
qabul qiluvchi terminali yo‘qolgan yoki kechikkan paketlarni qayta so‘rashi 
mumkin.
IP telefoniya tuzilmasi – paketli kommutatsiya tarmog‘ida mul’timediani 
amalga oshirishga mo‘ljallangan terminal qurilma, jihozlar va tarmoq xizmatlari 
tasvirini o‘z ichiga olgan. H.323 standartidagi terminal qurilmasi va tarmoq 
jihozlari mavjud vaqt ko‘lamida ma’lumotlarni, so‘zlarni va video axborotlarni 
uzatishi mumkin. H.323 terminali shaxsiy kompyuterlar bilan ulanishi yoki 
avtonom qurilma sifatida amalga oshirilishi mumkin. So‘z almashinuv ta’minoti – 
H.323 standartidagi qurilma uchun majburiy vazifadir. 
H.323 tavsiyasida 4 ta birikma keltirilgan: 
- terminal; 
- makon nazoratchisi (Gatekeeper); 
- yo‘lak; 
- ko‘p nuqtali konferensiyalarni boshqarish qurilmasi. 
Sanab o‘tilgan barcha birikmalar H.323 deb nomlanuvchi makonni tashkil 
etgan. Ular bitta makon nazoratchi va bir necha oxirgi qurilmalardan iborat bo‘lib, 
nazoratchi makondagi barcha oxirgi qurilmalarni boshqaradi. H.323 terminali 
boshqa H.323 terminallar, yo‘lak yoki ko‘p nuqtali konferensiyalarning qurilmasi 
bilan birga harakat qilib, mavjud vaqt ko‘lamida jo‘natmalarni uzatishi va qabul 
qilishi mumkin bo‘lgan tarmoqdagi oxirgi nuqtalar sifatida qo’llaniladi. 
Yuqoridagi vazifalarni ta’minlash uchun terminal o‘z ichiga quyidagilarni qamrab 
olgan: 


375 
- audio qurilmalar (mikrofon, akustika tizimi, telefon miksheri, akustik 
exolarni pasaytirish tizimi); 
- video qurilmalar (monitor, videokamera); 
- tarmoq interfeys qurilmasi; 
- foydalanuvchi interfeysi. 
H.323 terminali H.245, Q.931, RAS, RTP va H.450 protokollar oilasini 
ta’minlashi hamda G.711 audio kodlashini qo‘llashi lozim. Ovozlarni an’anaviy 
kommutatsiya kanallari va tarmoqlari o‘rniga IP tarmog‘i orqali uzatish 
texnologiyasi, yo‘laklar o‘rnatish orqali konfiguratsiyasini inobatga oladi. 
TCP/IP tuzilmasi doirasida yo‘lak vazifalarining asosiy qismi qo‘llanish 
o‘lchami jarayonida amalga oshiriladi. Chaqiriqlarni boshqarish vazifasini makon 
nazoratchisi boshqaradi. Makon nazoratchisining vazifalari: 

manzillarni transport manzillariga aylantirish; 

o‘tkazish maydonlarini nazorat qilish; 

makonlarni boshqarishdan iborat. 
Konferensiyalarni boshqarish serveri (MCU – Multipoint Control Unit) uch 
va undan ortiq H.323 terminallari aloqasini ta’minlaydi. Konferensiyada ishtirok 
etayotgan barcha terminallar MCU bilan bog‘lanish o‘rnatadi. Server ko‘pgina 
manzillarga yo‘llanilishi kerak bo‘lgan konferensiya zahiralarini boshqaradi, ovoz, 
videoni ko‘rib chiqadi, audio va video oqimni aniqlaydi. H.323 tuzilmasi doirasida 
ko‘p nuqtali konferensiyalarni boshqarish tizimi o‘rnatilishi bo‘yicha ikkita 
yondoshuv bor: 
1. Ko‘p nuqtali konferensiyani markazlashgan holda boshqarish; 
2. Ko‘p nuqtali konferensiyalarni markazlashmagan holda boshqarish. 
Birinchi guruh konferensiyaning barcha ishtirokchilari boshqalariga ko‘p 
manzilli (guruhli) axborotlarni uzatadilar. Bu tarmoqning ba’zi segmentlarida 
jo‘natmalarni to‘planib qolishining oldini olish imkonini beradi. Lekin bunday 
konferensiyani boshqarish noqulaylik yaratadi. Markazlashgan usul qo‘llanilgan 


376 
yakuniy bo‘g‘inlar signallarni MCU tizimida uzatadi. Bu esa uning uzatilishini 
ta’minlaydi. 

Download 11,41 Mb.
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   209




Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti

Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish