386
boradi. Session Description Protocol turidagi media tavsifni boshqaruvchi
protokol.
Sessiyalar. RTP-sessiya mul’timedianing
har bir guruhi uchun amalga
oshiriladi. Sessiya IP-adres va RTP va RTCP lar uchun portlarni o‘z ichiga oladi.
Masalan, audio va video guruhlar turlicha RTP-sessiyalarga ega bo‘ladi. Sessiyani
yuzaga keltiruvchi portlar boshqa protokollar vositasida o‘zaro bog‘lanadilar.
Spesifikatsiyasiga binoan RTP standart zahiralangan port tartib raqamiga ega
emas. Yagona
cheklov shundan iboratki, ulanishlar juft nomerni ishlatish orqali
amalga oshadi, navbatdagi toq nomer esa RTCP protokolida
ulanishni amalga
oshirish uchun ishlatiladi. RTP va RTCP imtiyozga ega bo‘lmagan UDP-
portlardan (16-32) foydalanadi. Chunki RTP ning o‘zi transport darajasiga bog‘liq
bo‘lmaydi.
28.4. Paket srukturasi
28.6-rasm. Paket srukturasi.
0-1 - Ver. (2 bit) protokol versiyasini belgilaydi. Joriy versiya – 2.2-P (1 bit)
RTP-paket oxirini bo‘sh baytlar bilan to‘ldirilganda ishlatiladi;
3-X (1 bit) paketda ishlatilgan protokol
kengaytmalarini belgilashda
foydalaniladi;
387
4-7 – CC (4 bit) doimiy sarlavhadan keyin keluvchi CSRC-identifikatorlar
sonini ifodalaydi;
8-M (1 bit) ilova darajasida ishlatiladi hamda profil orqali aniqlanadi. Agar
bundan foydalanilgan bo‘lsa, paketni ichidagi ma’lumotlar
ilova uchun
muhimligini ko‘rsatib turadi;
9-15 – PT (7 bit) foydali yuklama formatini belgilaydi;
64-95 – SSRC sinxronizatsiya manbasini belgilab beradi.