390
Ro‘yxatga oluvchi: Bu server REGISTER so‘rovlarini qabul qiladi
hamda
so‘rovda joylashgan SIP adres va qurilmaning IP adresini xizmat joylashgan
muhitga
uzatadi va qayta ishlaydi;
Xizmat manzili: Xizmat manzili – foydalanuvchining manzili haqidagi
ma’lumotga ega bo‘lish uchun SIP yo‘naltiruvchi hamda proksi server tomonidan
foydalaniladi. Buning uchun, xizmat manzili SIP adres/IP adresning ma’lumotlar
bazasida saqlaydi.
Turli serverlar mantiqiy qurilmalardek RFC 3261 qoidalar to‘plamida
tavsiflangan. Ular internetda ajratilgan serverlardek o‘rnatilgan bo‘lishi yoki ular
bitta ilovaga birlashtirilgan bo‘lishi mumkin va shu bilan birga ular fizik
serverlarda joylashgan bo‘lishi ham mumkin. 26.2-rasmda SIP komponentlarning
bir biri bilan qanday bog‘langani keltirilgan hamda protokoldan foydalanish holati
tasvirlangan. Klient sifatida faoliyat ko‘rsatuvchi foydalanuvchining agenti SIPdan
foydalanib seansni o‘rnatadi. Seans dialogi SIPdan foydalanadi va bitta yoki ko‘p
proksi serverdan foydalanib ikki foydalanuvchi agenti orasida so‘rovlarni hamda
javoblarni uzatadi va qabul qiladi. Shuningdek, foydalanuvchi agentlari media
seansni tasvirlash uchun SDP protokolidan foydalanadi.
Proksi severlar talab qilinganida server yo‘naltiruvchidek faoliyat ko‘rsatishi
mumkin. Agar yo‘naltirish amalga oshirilganida, proksi server xizmat ma’lumotlar
bazasi manzilini e’lon qilish uchun kerak bo‘ladi.
DNS ham SIP jarayonlarining muhim qismi hisoblanadi. Odatda, UAS ning
domen nomidan foydalanib UAS so‘rov ishlab ishlab chiqadi. Proksi server DNS
serveriga maqsadli domen uchun proksi serverni topsih zaruriyati tug‘ulganida
kerak bo‘ladi.
26
26
James F. Kurose, Computer Networking ATop-Down Approach 6
th
Edition// 2013 by Pearson Education
391
26.2-rasm. SIP komponentlari hamda protokollari.
SIP odatda ishonchli mexanizmni ta’minlash uchun UDP protokolining
yuqori qismida ishlaydi, ammo TCP (Transport Control Protocol)dan ham
foydalanishi mumkin. SIP protokolidan bir yoki ber
nechta qatnashuvchilarni
seansga taklif qilish uchun foydalaniladi. SDP asosida kodlangan SIP xabari
qanday media (ovoz, video) kodlanganligi haqidagi axborot tashiydi. Bir marta
shunday axborot almashinishi natijasida barcha qatnashuvchilar bir-birlarining IP
adreslarini, uzatish qobiliyati va media turi haqidagi status bilan ogohlantiriladi.
Keyin mos transport protokolidan foydalanib ma’lumot uzatish jarayoni
boshlanadi. Odatda, real vaqt transport protokollari sifatida
RTP protokollaridan
foydalaniladi.
Seans
davomiyligida,
ishtirokchilar
seans
parametrlarini
o‘zgartirishlari mumkin.
SIP tarmog‘idagi resurs URI (Uniform Resource Indetifier) tomonidan
aniqlanadi. Resurslarga misol qilib quyidagilarni keltirish mumkin:
-
Online xizmatlar foydalanuvchisi;
-
Xabar almashish tizimidagi xabar qutisi;
392
-
Telefon nomerlari;
-
Tashkilotdagi guruhlar masalan sotuvchilar;
URI shuningdek port nomerini, parol va shunga bog‘liq parametrlarni o‘z
ichiga oladi.
Yuqoridagi holat yuzasi bo‘yicha misol ko‘rib chiqamiz.
SIPning tasnifi juda murakkab bo‘lib, 26.3-rasmda ikki foydalanuvchi
o‘rtasida (Bob va Alisa) muvafaqqiyatsiz seans o‘rnatilishi jarayoni keltirilgan.
Bobning
URI adresi bob@biloxi.com. Alisaning UACsi o‘zining domenidagi
proksi server bilan bog‘lanish uchun unga INVITE xabarini jo‘natib Bobni UASni
seans bog‘lanishiga taklif qiladi (1); server so‘rovni tasdiqlaydi (2). Garchi, Bobni
UASsi o‘zining URI orqali aniqlansada, bu holat proksi serverning chiqishida
Bobni harakatlanib boshqa joyga ko‘chganligi yoki Bob mavjud emasligini
muhokama qilishi uchun zarur bo‘ladi.
Proksi server chiqishida biloxi.com uchun
ma’sul bo‘lgan domen proksi serveriga INVITE so‘rovini jo‘natadi. Shuning
uchun, proksi server chiqishida
biloxi.com proksi serverining IP adresiga ega
bo‘lishi uchun mahalliy DNS serveri murojaat qiladi (3).
DNS serveri
biloxi.com proksi serverining IP-adresi bilan javob qaytaradi
(5). Alisani proksi serveri esa qabul qiluvchi proksiga INVITE xabarini
yo‘naltiradi (6). Keyin proksi server Bobni manzilini (7) aniqlash uchun mahalliy
serverga murojaat qiladi hamda mahalliy server so‘rovga javob qaytaradi (8). Bu
axborot chiqish proksisiga (9, 10) hamda Alisaga (11, 12) qayta aloqa o‘rnatish
uchun bog‘lanadi.
394
26.3-rasm. SIP status jarayoniga misol vaziyati.