385
33
MPEG 2
Misol uchun agar qabul qiluvchi tomon RTP paket oqimini 86 va 89
tartib
raqamlari orasida uzilish bilan qabul qilsa, qabul qiluvchi 87 va 88-paketlar
yo‘qligini biladi.
Vaqt belgisi maydoni. Vaqt belgisi maydoni uzunligi 32 bit.
U RTP
paketning 1-baytini aks ettiradi. Oldingi bo‘limda ko‘rganimizdek, qabul qiluvchi
vaqt belgisini tarmoqdagi paketning shovqin qarshiligi oqibatida faza yoki
amplitudaning qisqa vaqtga o‘zgarishini yo’qotadi
va qabul qiluvchiga sinxron
uzatishni ta’minlaydi. Vaqt belgisi o‘rnatuvchining signalni taktli diskretlashidan
kelib chiqadi. Misol uchun, audio uchun diskretlash davri har bir diskretlash davri
uchun birma-bir ortib boradi (misol uchun har 125
ms da signalni diskretlash
chastotasi 8 kGs); agar audio ilovalari 160 ta kodlangan namunalardan tashkil
topgan qismlarni generatsiya qilsa, vaqt belgisi manba aktiv holatda bo‘lganida har
bir RTP paketi uchun 160 tadan oshiradi. Vaqt
belgisi hattoki manba aktiv
bo‘lmasa ham doimiy miqdorda oshib boradi.
Manbani aniqlashni sinxronlash (SSRC). SSRC maydon uzunligi 32 bit. U
RTP oqimi manbasini aniqlaydi. Odatda har bir RTP seansidagi oqimda maxsus
SSRC bo‘ladi. 2 ta oqimga bir xil SSRC o‘rnatilgan bo‘lish
ehtimoli juda ham
kam. Agar shunday bo‘lsa ikkala manba ham yangi SSRC qiymatni qabul qiladi.