381
qismiga paketlar ketma-ketligining navbatini tiklaydigan statistik yoki dinamik
xotira buferining shlyuzini ulash yo‘li bilan bostiriladi. Bufer xotirasida paketlarni
«ushlab turish» vaqti oshadigan djitter paketlarni
qabul qurilmasi bilan qabul
qilmaydi.
27.3.3. Nutqli paketlar yo‘qotilishi
Ovozli paketlar takrorlanmaganligi sababli ularning qabul qilish tomonidagi
tarmoqda yo‘qolishi (yoki buzilishi)da nutqda qisqa to‘xtalish yuzaga keladi.
Aloqa kanallarining yomon sifati bilan yuzaga keladigan ovozli paketlarning tez-
tez yo‘qolishi nutqning tiniqligi yo‘qolishiga, ayrim hollarda muloqotning to‘liq
amalga oshmasligiga olib kelishi mumkin. Paketlarning yo‘qolishidan
buzilishi
shlyuzlarda qo‘llaniladigan kodeklar tipiga bog‘liq. Nutq sifati G729 va G726.1
tipdagi kodeklardan foydalanganda, G711 tipdagi yuqori
tezlikdagi kodeklarga
nisbatan paketlar yo‘qolishiga ko‘proq bog‘liq. Paketlar yo‘qolishining yo‘l
qo‘yilgan darajasining yaxshi sifatdagi IP-telefoniyada 1-3 %ni tashkil etishi kerak
deb hisoblash mumkin, bunda kichik kattalik
past tezlikli kodeklarga, kattasi
yuqori tezlikli kodeklarga kiradi.
Yuqorida keltirilgan parametrlarni o‘lchash vaqtning aniq intervalida amalga
oshiriladi. Ushbu vaqt intervali qancha kichik bo‘lsa,
shunchalik tarmoqqa,
xususan, uning barcha elementlariga qat’iy talablar qo‘yiladi, QoS ta’minoti
«uchdan uchga» trafikning butun yo‘lida barcha uzellarning o‘zaro ishlashini talab
etadi va «bo‘sh bo‘g‘in»ning o‘zining ishonchliligi,
funksionalligi va
unumdorligini aniqlaydi.