336
1988 yilda fin talabasi Yarko Oykarinen tomonidan yaratilgan.
Rus kompyuter
slengida IRC “mirk” (
mIRC dasturi – eng mashhur mijoz nomidan kalkaga
ko’chirma) deyiladi.
IRC serverlardan tashkil topadi. Server boshqa serverlar bilan ulanishi mumkin.
Bir-birlari bilan bog’langan serverlar majmui IRC tarmog’ini tashkil etadi. Dunyoda
ko’plab bunday tarmoqlar mavjud. An’anaviy va anchayin ommalashgan birinchi
IRC-tarmoqlaridan hosil bo’lgan IRCNet va EfNet tarmoqlari hisoblanadi.
IRC-tarmoq bilan ishlash uchun maxsus mijoz-dastur zarur. Windows tizimlar
uchun mijoz sozlashda va o’rnatishda oddiy bo’lgan
mIRC dastur hisoblanadi va
shuning uchun 90 % foydalanuvchilar bu dasturni qo’llaydi.
IRC
tarmoq ham guruhi, ham xususiy muloqot qilish imkoniyatini taqdim
etadi. Guruhli chat uchun IRC tarmoqda foydalanuvchilar to’planishi va muloqot
qilishi mumkin bo’lgan kanallar mo’ljallangan. Muloqot qilish xonadagi
kishilarning muloqot qilishini eslatadi, kimdir gapiradi va barcha uni eshitadi. Har
bir kanalda so’zlashuvning umumiy mavzuga oidligini aks ettiradigan nomi
mavjud. Bu ham
barcha qiziqtiradigan mavzu, ham barchani birlashtiradigan
qandaydir oddiy nom bo’lishi mumkin. Agar birinchi holda so’zlashuvlar odatda
ko’rsatilgan mavzu atrofida borsa, u holda ikkinchi holda so’zlashuvlar mutlaqo
turli xil mavzularda olib boriladi.
IRC tarmog’ining oddiy foydalanuvchilaridan tashqari,
kanallar
operatorlari va
tarmoq operatorlari mavjud. Kanallar
operatori bu tartibni
kuzatib boradigan
moderatorlar hisoblanadi. U kanalga taklif etishsiz ulanishni
yopishi, kanaldan foydalanuvchini chiqarishi, unga kanalga kirishga ta’qiqlashni
qo’yishi mumkin va h.k. Klassik holda, kim birinchi bo’lib
kanalga kirsa va bu
bilan uni yaratsa kanal operatori bo’lib qoladi. Bunday kanallarda doimiy
operatorlar mavjud. Ular kanalga kirishda operator statusini (maqomini) olishi
uchun odatda doimo kanalda o’tiradigan, operator statusiga ega bo’lgan va
ma’lum foydalanuvchilarga uni tarqatishi mumkin bo’lgan
botlar (robotlar)
ishlatiladi.
337
IRC-botlar bu – IRC-serverga ulanadigan va maxsus operatsiyalarni bajara
oladigan dasturlar hisoblanadi. Operatorning statusini qo’llab-quvvatlashdan
tashqari botlar e’lonlar taxtasi funksiyalarini bajaradi,
kanalga kirgan
foydalanuvchi haqidagi ma’lumotlarni chiqarishi mumkin va h.k.
IRC-tarmoqlar
operatorlari
bu
– umuman tarmoqni ishlashini
boshqaradigan ma’murlar hisoblanadi. Ular vakolatida serverdan foydalanuvchini
chiqarish va uni alohida serverga yoki umuman tarmoqning barcha serverlariga
kirishini ta’qiqlash kiradi. Lekin IRC-tarmoqlarda operatorlar uchun odatda
tarmoq
qoidalari, tarmoq madaniyati darajasida yoki hatto IRC-xizmatlar(
IRC-
xizmatlar) darajasida cheklashlar o’rnatiladi.
IRC-xizmatlar bu – IRC-tarmoqlardagi yordamchi botlar bo’lib, ular odatda
quyidagilarni o’z ichiga oladi:
NickServ – foydalanuvchilarni boshqaradigan xizmat;
ChanServ – kanallarni boshqaradigan xizmat;
MemoServ – foydalanuvchi tarmoqda bo’lmaganida qaydlarni
jo’natishga imkon beradigan xizmat;
Oper Serv
(Root Serv) – tarmoq operatorlariga uni boshqarishga
imkon beradigan xizmat;
Global – hodisalar haqida serverni ogohlantirish uchun xizmat qiladi;
HelpServ – IRC xizmatlari bo’yicha ma’lumotlarni taqdim etadi. Shuning
xizmatlarning ayrim versiyalari quyidagilarga ega bo’ladi:
BotServ – kanallar egalariga kanalga botlarni
taklif etish imkoniyatini
beradi;
HostServ (ba’zan NickServga kiritilgan) – foydalanuvchining real IP-
manzilini ma’lum niqobga o’zgartirishga imkon beradigan xizmat;
StatServ – statistika xizmati;
DevNull – barcha jo’natiladigan ma’lumotlarni inkor qiladi;
SeenServ – foydalanuvchi qachon oxirgi marta serverda paydo
338
bo’lganligi haqida ma’lumotlarni chiqaradi.