310
Qidiruv tizimi bu – foydalanuvchilar o’ziga kerakli bo’lgan matn (so’z) ni
kiritishadi va shu asosda qidiruv tizimlari foydalanuvchi
matni uchragan saytlar
ro’yxatini chiqarib beradi. Bu juda qulay tizim hisoblanib,
barcha yoshdagi
foydalanuvchilarga tegishli va barcha tillarda kerakli ma’lumotlarni topishga
imkon beradi, albatta bu ma’lumotlar internet tarmog’iga kiritilgan bo’lishi lozim.
Qidiruv tizimlari internet tarmog’iga kiritilgan
va qidiruv tizimlari
ro’yxatidan o’tgan saytlar ichidan kerakli axborotlarni qidiradi. Xalqaro darajadagi
anchayin mashhur qidiruv tizimlariga YANDEX, YAHOO, GOOGLE,
AOL va
hokazolarni misol qilish mumkin.
Bundan tashqari, bugungi kunda
Respublikamizda ham milliy
www.uz
milliy qidiruv tizimi TAS-IX hududida faoliyat yuritadi. Bu haqda keyingi
bandlarda batafsil to’xtalib o’tiladi.
Hozirgi kunda 3 ta asosiy xalqaro qidiruv
tizimlari ancha ommalashgan
bo’lib, ularga quyidagilar kiradi: Google, Yahoo va MSN Search. Ular o’z bazalari
va qidiruv algoritmlariga ega. Qolgan qidiruv tizimining ko’pchiligi u yoki bu
ko’rinishda 3 ta sanab o’tilganlarni qo’llaydilar. Masalan, AOL (search.aol.com)
qidiruv va Mail.ru, Google bazasini, AltaVista, Lycos va AllTheWeb esa –Yahoo
bazasini qo’llaydilar.
Rus tilidagi Internet doirasida o’ttizdan ortiq
qidiruv tizimlari faoliyat
yuritadi. 90% ga yaqin auditoriya 3 ta eng mashhur qidiruv tizimlaridan
foydalanadi: Yandex, Google, Rambler (23.2-jadval).
Kerakli hujjatlarni izlash uchun aniq qidiruv tizimiga murojaat qilish kerak
va bir yoki bir necha so’zdan iborat qidiruv so’rovini tuzish lozim. So’rovda
tinish
belgilari ishlatilishi mumkin. So’rovlar tilining nozik tomonlariga e’tibor bermay,
oddiy so’rovlar tuzish mumkin. Agar qidiruv qatoriga bir nechta so’zlarni tinish
belgilarisiz va mantiqiy operatorlarsiz kiritilsa, bu so’zlar uchragan barcha hujjatlar
topiladi (bir-biridan chegaralangan masofada). Biroq qidiruv tizimining so’rovlar
tilini to’g’ri qo’llash va bilish qidiruvni tez hamda
samarali amalga oshirish
imkonini beradi.
311
23.2- jadval. Rus tilidagi Internet qidiruv tizimlari