288
o’qishi yoki uni o’chirishi mumkin bo’ladi. IMAP
protokoli foydalanuvchiga
papkalar yaratish va xabarni bir papkadan boshqasiga ko’chirish hamda
masofadagi papkalarni qidirish imkoniyatlarni beruvchi buyruqlarni taqdim etadi.
IMAP seansida IMAP serveri foydalanuvchining vaziyat ma’lumotlarini qo’llab-
quvvatlaydi, masalan, papkalar nomi va qaysi xabar qaysi papka bilan birlashgan
kabilar.
IMAP ning yana bir imkoniyatlaridan biri bu –foydalanuvchiga
xabarlar
komponentlariga erishish imkoniyatini beruvchi buyruqlar to’plamiga ega
ekanligidir. Masalan, foydalanuvchi agenti xabarning sarlavhasiga yoki ko’p
qismli MIME xabarining bir qismiga erishishi mumkin. IMAP ning ushbu
imkoniyati past tezlikli bog’lanishlarda foydali hisoblanadi. Past tezlikli
bog’lanishda foydalanuvchi barcha xabarlarni
yuklashni xohlamaydi, ayniqsa,
xabarlar audio yoki video klip ko’rinishida bo’lsa.
21.6. Web interfeysli elektron pochta
Hotmail kompaniyasi o‘tgan o‘n yillikning o‘rtalarida birinchi bo‘lib
elektron pochta bilan ishlash uchun web-texnologiyalarni qo‘lladi. Hozirgi vaqtda
bu xizmat deyarli har bir Internet portali, shuningdek ko‘plab Internet-provayderlar
tomonidan taqdim etilmoqda. Web-interfeys orqali elektron pochtaga ulanishda
foydalanuvchi agenti rolini web-brauzer o‘ynaydi, u uzoqdagi
pochta qutisi bilan
NTTR protokoli bo‘yicha o‘zaro ta’sirlashadi. Bob yangi xabarni olishni
istaganida o‘z pochta serveriga ulanadi, u Bobga xabarni HTTP (SMTP yoki
IMAP emas) protokoli bo‘yicha yuboradi. Shunga o‘xshash
Alisa yangi xabarni
o‘z pochta serveriga brauzer orqali HTTP protokoli bo‘yicha uzatadi. Shunga
e’tibor berish kerakki, Alisa va Bobning pochta serverlari orasida ma’lumotlarni
almashinish, oldingidek, SMTP protokoli ssenariysi bo‘yicha amalga oshadi.
Web-interfeys
orqali
pochtaga
ulanish
mexanizmi
bir
necha
kompyuterlardan muntazam foydalanadiganlar uchun juda qulay hisoblanadi.
289
Xabarlarni o‘qish va jo‘natish uchun
foydalanuvchiga faqat uyda, ofisda,
mehmonxonada Internet kafelarda bo‘lishi mumkin bo‘lgan kompyuterga yoki
brauzerli raqamli organayzerga ulanish zarur bo‘ladi. IMAP protokolidagi kabi
foydalanuvchilar o‘z pochta qutisida papkalarning iyerarxik
tuzilmasini tashkil
etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shu bilan birga, buning uchun IMAP-serverlari
ishlatiladi. Odatda papkalar va xabarlarga ulanish
HTTP-serverda bajariladigan
skriptlar yordamida amalga oshiriladi. Bu skriptlar IMAP-serverga ulanish uchun
IMAP protokolini ishlatadi.