286
uzatilganidan keyin har bir marta server ularni o‘chirsa, u holda xabarlarning qismi
personal kompyuterda,
qismi ofis kompyuterida, qismi esa portativ kompyuterda
qoladi. Shunday qilib, Bob barcha olingan xabarlarga
bir vaqtda ulanish
imkoniyatidan mahrum bo‘ladi. Agar Bobning kompyuteridagi foydalanuvchi
agentlari xabarlarni o‘chirilishlarsiz yuklanishga sozlasa,
barcha kirish
xabarlarining nusxalari pochta qutisida qoladi, bu istalgan kompyuterdan unga
ulanishni ta’minlaydi.
Pochta serveri va foydalanuvchi agenti orasidagi POP3-seans vaqtida pochta
serveri holat haqidagi ma’lum ma’lumotlarni saqlaydi (asosan bu o‘chirish uchun
mo‘ljallangan xabarlar ro‘yxatiga kiradi), seans haqida to‘liq ma’lumotlarni
saqlash talab qilinmaydi. Bu pochta POP3-serverini ishlashini soddalashtiradi.