284
Amalda kelishuvli variant ishlatiladi. Foydalanuvchi uning kompyuterida
joylashgan agent yordamida elektron pochtani ko‘rib chiqadi,
lekin kirish
xabarlarini qabul qilish foydalanuvchining pochta qutisi joylashgan umumiy
foydalanishdagi pochta serveri orqali amalga oshiriladi.
Demak, foydalanuvchilar pochta serverlarini faqat pochtani jo‘natish va
olish uchun foydalanish bilan o‘z personal kompyuterlari yordamida elektron
xabarlarni qayta ishlaydi. Tabiiy savol tug‘iladi: foydalanuvchilar
agentlari va
pochta serverlari orasidagi o‘zaro ta’sirlashish qanday amalga oshiriladi? Dastlab
Alisaning xati Bobning pochta serveriga qanday tushishini ko‘rib chiqamiz. Lekin
SMTP protokoli pochta serverlari orasidagi xabarlarni uzatilishini tavsiflaydi,
Alisaning foydalanuvchi agenti esa Bobning pochta serveri bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri
bog‘lanishga ega emas. Dastlab foydalanuvchi agenti Alisaning pochta serveri
bilan SMTP-bog‘lanishni o‘rnatadi va xabarni uzatishni amalga oshiradi, keyin esa
oldin so‘z borgan Alisa va Bobning pochta serverlarini ulanishi bo‘lib o‘tadi.
Endi Bobning foydalanuvchi agenti uning
pochta qutisida joylashgan
xabarni qanday tarzda olishini ko‘rib chiqamiz: SMTP jo‘natish protokoli
ekanligini yodga olamiz, xabarlarni ajratib olish
va yetkazish operatsiyasi esa,
ravshanki, olish protokolini qo‘llanishini talab qiladi. Shunday qilib, biz serverning
pochta qutisida joylashgan elektron pochtani olish maxsus protokolini yaratilishi
zaruratiga kelamiz. Bir necha bunday protokollar mavjud,
ulardan eng keng
tarqalganlari POP3 (Post Office Protocol Version 3 – pochta bo‘limi protokoli, 3-
versiya), IMAP (Internet Mail Access Protocol – Internet pochtasiga ulanish
protokoli) va HTTP hisoblanadi.
21.4-rasmda Internet elektron pochtasi tizimida turli protokollarning
ishlatilishini ko‘rsatadigan sxema tasvirlangan. Ko’rib turibmizki, SMTP protokoli
jo‘natuvchi va oluvchi
pochta serverlari orasida, shuningdek, jo‘natuvchining
agenti va jo‘natuvchining serveri orasida xabarlarni uzatadi. Oluvchi pochta
serveridan oluvchi agentiga xabar POP3 protokoli bo‘yicha yetkaziladi.
285
21.4-rasm. Elektron pochta protokollari va ularning o‘zaro ta’sirlashishi.