287
IMAP protokoli RFC 2060 hujjatida tavsiflangan. U POP3 protokoli bilan
ko‘p umumiylikka ega, lekin uning tuzilmasi sezilarli murakkabroq, IMAP mijoz
va server tomonlarining ishlatilishi ham murakkabroq.
IMAR-server har bir xabarni ayrim foydalanuvchilar
papkasi bilan
bog‘laydi. Dastlab har bir qabul qilingan xabar INBOX papakaga tushadi,bu yerda
foydalanuvchi uni o‘qishi, keyin esa boshqa papkaga o‘tkazishi, o‘chirishi mumkin
va h.k. Barcha bunday amallar uchun IMAP protokoli orqali maxsus buyruqlar
ko‘zda tutilgan. Berilgan mezonlarni qanoatlantiradigan
xatlarni har bir
papkalardan qidirish imkoniyati qulay funksiya hisoblanadi. POP3dan farqli
ravishda IMAP-server IMAP-seans borishi haqida, shu jumladan papkalar nomlari,
qanaqa xabarlar qaysi papkalarda joylashganligi haqidagi ma’lumotlarni
saqlashiga va boshqalarga e’tibor bering
IMAPning yana bir muhim afzalliklaridan biri –
foydalanuvchiga
xabarlarning alohida komponentlari – sarlavhalar,
tarkibiy MIME-xabarlar
qismlari va boshqalarni olishga imkon beradigan buyruqlarning mavjudligidir. Bu
imkoniyat foydalanuvchi va Internet provayder orasidagi past tezlikli
bog‘lanishlarda qulay bo‘ladi. Ayrim foydalanuvchilar
bir necha katta hajmli
qo‘yilmalarga (masalan, audio yoki videokliplar) ega bo‘lgan uzun xabarlarni
yuklashdan qochishni va ular uchun juda kerakli bo‘lgan
fragmentlarni tanlash
imkoniyatini afzal ko‘rishadi.